Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə72/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Ko ‘rsatkichlar

Missiya

Maqsad

Vaqt omili

Istiqbolga yo ‘naltirilgan,
lekin aniq vaqti belgilanmagan

Bajarish muddati aniq

Axborotning yo ‘naltirilganligi

Tashqi muhitga – iste’molchilarga, jamiyatga, ularning manfaatlariga, qadriyatlarga yo ‘naltiriladi

Ichki muhitga – korxona resurs va imkoniyatlaridan foydalanishni yaxshilashga yo ‘naltiriladi

Ifodalash xususiyatlari

Umumiy terminlar orqali ifodalanadi va korxona markazi, stili, hulqi, imidji yoritiladi

Korxona faoliyati natijasi aniq ifodalanadi

O ‘lchov

Sifat xarakteristikalari ustun

Miqdor jihatdan
o ‘lchamga ega



12.3-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.


Shunday qilib, uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi, kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o ‘zaro ta’sir mexanizmini ifodalaydi.


Ushbu barcha omillar o ‘zaro bog ‘langan bo ‘lib firmaning aniq reja-boshqaruv natijalariga kompleks ta’sir ko ‘rsatadi. Keltirilgan model strategiya rejalashtirishni ko ‘rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas, balki barcha toifadagi xodimlar o ‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona umumiy maqsadi bilan bog ‘lash asosi sifatida ham bog ‘lagan.
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o ‘lchami va turiga boliq bo ‘ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo ‘llaniladi:

  • yuqoridan pastga;

  • pastdan uqoriga;

  • aylanma usulda.

Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo ‘nalishlari va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. So ‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko ‘rsatkichlar quyi bo ‘inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo ‘linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo ‘yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o ‘zaro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo ‘yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo ‘yicha tashkil etishda rejalashtirish ish o ‘rinlari va bo ‘linmalaridan boshlanib, so ‘ngra umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar bo ‘yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bog ‘inlarda ularni aniqlashtiriladi. So ‘ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq yechimlar qo ‘shib boriladi.
12.2 – jadval.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin