Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə26/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

4-masala. Korxona 1 sentiyabrga 100 dona mahsulotga buyurtma olgan. Ishni 18 avgustda boshlash rejalashtirilgan bo‘lsa buyurtmani bajara olish imkoniyatini aniqlang. Ish tartibi 2 smenada 8 soatdan. Tayorlov jarayoni ketma –ket harakat turida amalga oshirilib 4 operasiyadan iborat.
t1 -4 min t2 -5 min t3 -8 min t4 -10 min
Ishlov berish ketma-ket parallel harakat turida amalga oshiriladi:
t1 –5min t2 -2 min t3 -8 min t4 -6 min t5 -24 min
Yig ‘uv parallel harakat turida t1 -20 min t2 -5 min t3 -30 min t4 -15 min t5 -10 min ,t6 -5 min
Tayyorlov jarayonida har bir operasiyadan so‘ng 2 soat, ishlov berish sexiga o ‘tgunicha 1 sutka omborda kutadi. Ttab -1 sutka, ish kunlari -242 kun, p-20 min
5-masala. 18 donadan iborat mahsulot to ‘plamiga harakatning parallel ketma-ket turida ishlov berilyapti. Detallarga ishlov berish texnologik jarayoni 7 operasiyadan iborat (min). t1=7; t2=4; t3=3; t4=2; t5=8; t6=1; t7=5. Texnologiyani takomillashtirish natijasida transport partiyasi miqdorini 3 taga yetkazish mumkin. Bu holda mahsulotlarga ishlov berish davomiyligini qanday o‘zgarishini aniqlang.

IV- BOB. ASOSIY ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING OQIMLI USULI




Tayanch so ‘z va iboralar.
Oqimli tizimining mohiyati, tizimini joriy etish sharoitlari, oqimli tizimi turlari, transport vositalari, konveyer, texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish. liniyaning ishlash grafigi to ‘liqsiz ishlash vaqti, xizmat ko ‘rsatish davri, texnologik zadel, transport zadel, sug ‘urta zadel, aylanma zadel, kritik nuqta.


4.1.Ishlab chiqarishni tashkil qilishning oqimli usuli xususiyatlari.

Kоrхоnа iхtisоslаshuv dаrаjаsi eng аvvаlо tаnlаngаn ishlаb chiqаrish turi bilаn bеlgilаngаn. Ishlаb chiqаrish tipi uning tаshkiliy-tехnik хususiyatlаri yig ‘indisi bilаn хаrаktеrlаnаdi. Ushbu хususiyatlаr bir vаqtdа vа dоimiy rаvishdа ishlаb chiqаrishgа kiritilаyotgаn bir turdаgi mаhsulоt miqdоri shuningdеk mаhsulоt turi bilаn bеlgilаnаdi.


Tаnlаngаn ishlаb chiqаrish tipi ishlаb chiqаrish jаrаyonining tаshkiliy-tехnik pаrаmеtrlаrini shаkllаntirishgа, ishlаb chiqаrishni tехnik tаyyorlаsh, rеjаlаshtirish, nаzоrаt qilish usullаrini tаnlаsh, sех, uchаstkаlаrning tаshkiliy tuzilmаsini tuzish, jоylаshtirish, tехnоlоgik jаrаyonlаrni ishlаb chiqаrish, ishlаb chiqаrish vа mеhnаtni tаshkil etish mе’yorini ishlаb chiqаrishgа tа’sir ko ‘rsаtаdi.
Ishlаb chiqаrishni tаshkil etish prinsiplаrining uyg ‘unlаshuvidаn kеlib chiqib ishlаb chiqаrishning 3 tа аsоsiy turini аjrаtish mumkin:

  • оmmаviy

  • sеriyali

  • yakkа tаrtibli.

Bir kоrхоnаdа turli хildаgi ishlаb chiqаrish jаrаyonlаri turlаri qo ‘llаnilishi mumkin. Ishlаb chiqаrish tipini bеlgilоvchi bеlgilаrdаn аsоsiysi bir turdаgi mаhsulоtni kоnsеntrаnsiyalаsh dаrаjаsi bo ‘lgаnligi sаbаbli, ishlаb chiqаrish tipi vа ish o ‘rnini tа’minlаnish kоeffisiеnti оrаsidа mа’lum bоg ‘lаnish mаvjud.
Tа’minlаnish kоeffisiеnti ish o ‘rinlаrining iхtisоslаshgаnlik dаrаjаsidаn kеlib chiqаdi. Mashinаsоzlik kоrхоnаsi uchun ushbu bоg ‘lаnish quyidаgichа ifоdаlаnаdi:
Ishlаb chiqаrish tipi ish o ‘rinining tа’minlаnish
Kоeffisiеnti
Оmmаviy 0,85 vа yuqоri
Yirik sеriyali 0,2-0,75
Kichik sеriyali 0,04-0,08
Yakkа tаrtibli 0,04 dаn pаst
Ushbu kоeffisiеnt quyidаgi fоrmulаdаn аniqlаnаdi.
K = n . t / f
Bu yеrdа: n – yildаgi ishlоv bеrilаdigаn dеtаllаr sоni,
birlik,
t – bir dеtаlgа ishlоv bеrish mеhnаt sig ‘imi,
f – jihоzlаrning yillik ish vаqti fоndi (qаytа sоzlаsh vа smеnа ichidаgi tа’mirlаsh uchun vаqt yo ‘qоtishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа).
Mаsаlаn: Tоkаrlik stаnоgidа nоrmаtiv dаvоmiyligi t=0,37 sоаt bo ‘lgаn ishlоv bеrish оpеrаtsiyasi bаjаrilаdi.
Yil dаvоmidа 2850 dеtаlgа ishlоv bеrilishi zаrur. Ish tаrtibi – 2 smеnа, jihоzning yillik sаmаrаli ish vаqti fоndi 4080 sоаt. Ish o ‘rining tа’minlаsh kоeffisiеnti quyidаgigа tеng:
K = 2850.0,37/4080=0,258 (yirik sеriyali ishlаb chiqаrish).
Shundаy qilib kоrхоnа iхtisоslаshuvi bir turdаgi mаhsulоt ishlаb chiqаrish mаsshtаbini bеlgilаydi, bu esа ishlаb chiqаrish turini аniqlаydi.
Оmmаviy ishlаb chiqаrishdа kоrхоnаlаr bir turdаgi vа kаttа hаjmdаgi mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrishgа iхtisоslаshаdi.
Sеriyali ishlаb chiqаrishdа mаhsulоtning аyrim turlаri pаrtiyalаb ishlаb chiqаrilаdi. Pаrtiya miqdоridаn kеlib chiqib yirik sеriyali vа kichik sеriyali ishlаb chiqаrishni аjrаtilаdi.
Yakkа tаrtibli (individuаl) ishlаb chiqаrishdа yirik nоmеnklаturаdаgi mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrilаdi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni ommaviy turining asosiy elementi oqim tizimi hisoblanadi. Oqimli tizimi texnologik jarayon yo ‘nalishida joylashgan va aniq biriktirilgan operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o ‘rinlari yig ‘indisidir. Ishlab chiqarishni oqimli usuliga o ‘tkazish ma’lum bir texnik, tashkiliy, iqtisodiy shart - sharoitlarni talab etadi.
Oqimli ishlab chiqarish quyidagi umumiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1. Aniq mehnat taqsimoti va kooperasiyasi ya’ni sex va uchastkalarni alohida mahsulot va uning ayrim qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish jarayonini o ‘zaro teng operasiyalarga taqsimlash.
2. Har bir ish o ‘rniga alohida yoki ketma-ket keluvchi va texnologik jihatdan bir xil bo ‘lgan operasiyalarni biriktirish.
3. Ish joylarini texnologik jarayon yo ‘nalishi bo ‘yicha joylashtirish va zaruriy yuqori unumli jihozlar bilan ta’minlash.
4. Oqimli tizimning har bir ish joyida operasiyalarning parallel ravishda bajarilishini ta’minlash
5. Ishlov berilayotgan detallarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o ‘tkazishda transport vositalaridan keng foydalanish.
Oqimlarni tashkil etishning texnik imkoniyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomenklaturasi, konstruktiv xususiyatlari texnologik jarayonlarni xarakteri va mehnat sig ‘imi, detal va bo ‘g ‘inlarning konstruktiv-texnologik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Tashkiliy imkoniyatlar mahsulot konstruksiyasi va texnologik jarayonlar mustahkamligi, ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ishlab chiqarish dasturini oylar bo ‘yicha taqismlash xarakteri, korxona ishlab chiqarish tuzilmasibilan belgilanadi.
Iqtisodiy imkoniyatlar oqim tizimi tashkil etishga sarflangan xarajatlarni qoplash davri va iqtisod miqdori bilan belgilanadi.
Tashkil etilgan oqimli tizimi faoliyatini samarali tashkil etish uchun texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish zarur.
Oqimli tizmlarni xarakterlovchi belgilardan yana biri ishlab chiqarish jarayonining maromiyligidir. Maromiylik deganda ishlab chiqarilayotgan (ta’mirlanayotgan) obyektni liniya rejmi yoki jarayon takti deb yuritiluvchi vaqt oralig ‘ida jarayonga kiritilishi yoki chiqarilishi tushuniladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda takt vaqti davomida oqimli liniyalarining barcha ish joylarida ishchilar turli xil operasiyalarni bajarib umumiy mehnat sig ‘imiga teng miqdordagi ishlarni bajaradilar.
Demak, oqimli tizimlar ishlab chiqarish samarali tashkil etish tamoyillarini o ‘zida to ‘la mujassamlashtiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning oqimli usuli iqtisodiy ko ‘rsatkichlarga ham ta’sir ko ‘rsatadi. Oqimli tizimlarni joriy etish natijasida ishlab chiqarishni tashkil etishdagi uzilishlar bartaraf etiladi, natijada ishlab chiqarish vaqti qisqaradi, hajmi oshadi, asosiy fondlardan foydalanish darajasi oshadi. Bundan tashqari oqimli usul ishchilar o ‘rtasida mehnat intizomini mustaxkamlaydi, ularning o ‘z mehnati natijasidan manfaatdorligini oshiradi, malaka darajasini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Oqimli tizimlari quyidagi belgilarga ko ‘ra turlanadi (klassifikatsiyalanadi):
1. ixtisoslashuv darajasiga ko ‘ra;
2. uzluksizlik darajasiga ko ‘ra;
3. ritm xarakteriga ko ‘ra;
4. mehnat buyumlarining harakatlanishiga ko ‘ra;
5. ish o ‘rinlarining joylashuvi va konfiguratsiyasiga ko ‘ra;
6. mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko ‘ra.
Ixtisoslashuv darajasiga ko ‘ra bir buyumli va ko‘p buyumli oqimli tizim ajratiladi. Bir buyumli oqimli tizim bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun moslashtiriladi. Ko‘p buyumli oqimli tizim bir vaqtda texnologik konstruksiya jihatidan o‘xshash bo‘lgan bir necha mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ushbu oqimli tizimlar o‘zgaruvchan oqimli tizimlar va gruppali oqimli tizimlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan oqimli tizimda texnologik jarayon ketma-ketligida joylashgan ish o ‘rinlariga bir nechta mahsulot ishlab chiqarish yuklatiladi. Navbatdagi mahsulot yoki detal turini tizimga kiritish tizimni qayta sozlashdan keyingina amalga oshiriladi;
Guruhli oqimli tizimlarda nafaqat texnologik yo ‘nalish bo ‘yicha, balki konstruksiyasiga ko‘ra ham bir xil bo‘lgan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Uzluklilik darajasiga ko‘ra uzluksiz oqimli tizim va uzlukli oqimli tizimni ajratiladi.
Uzluksiz oqimli tizimda barcha operasiyalar vaqt bo ‘yicha sinxronlashtirilgan yoki tizim taktika karrali bo ‘ladi. Uzlukli oqimli tizimda hamma operasiyalar ham bajarilish vaqtiga ko‘ra tizim taktiga teng emas. Shu sabali bunday tizimdagi jihozlar ishida uzilish bo ‘lishi va buyumlarning ishlov berilishini kutib turish vaqti cho ‘zilib ketadi.
Ritm xarakteriga ko‘ra mustaqil ritmli va reglamentlashtirilgan tizimlarga ajratiladi.
Mustaqil ritmli oqimli tizimda detallarning bir ish o ‘rnidan ikkinchi ish o ‘rniga uzatish vaqti ishchining o‘ziga bog ‘liq bo ‘lib, bu oqimli tizimlar turli xildagi transport vositalari (elektroparalar, transporterlar, skotlar) bilan ta’minlangandir.
Reglamentlashtirilgan oqimli tizimlarda mehnat buyumlari harakati aniq tartibga solingan bo‘lib, ushbu tizimlar bir ritmda ishlaydigan transport vositalari bilan ta’minlangan.
Mehnat buyumlarining harakatiga ko ‘ra oqimli tizim harakatlanuvchi ob’yektli hamda harakatlanmaydigan ob’yektli hamda kombinatsiyalashgan tizimlarga bo ‘linadi.
Harakatlanuvchi oqimli tizimlarida mehnat buyumlari doimiy ish o ‘rinlariga ko ‘chiriladi. Harakatlanmaydigan ob’yektli tizimlarda esa aksincha ishchilar mehnat buyumi oldiga kelib unga ishlab berishadi. Ushbu tizimlar katta o ‘lchamli buyumlarni ishlab chiqarishda qo ‘llaniladi.
Kombinatsiyalashgan oqimli tizimlarda ham mehnat buyumlari, ham ishchilar harakatlanadi. Bunday oqimli tizimlari kamdan-kam tashkil etiladi.
5. Ish o ‘rinlarining joylashuvi va konfiguratsiyasiga ko‘ra oqimli tizimlar:
- bir tomonlama va ikki tomonlama;
- boshlang ‘ich va oxirgi ish o ‘rnining bir-biriga nisbatan joylashuviga ko ‘ra berk va ochiq holatdagi;
- konfiguratsiyasiga ko ‘ra to ‘g ‘ri chiziqli;
G-simon, P-simon, zigzaksimon, halqaviy, yoysimon oqim tizimlari tashkil etiladi.
Mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra mexanizasiyalashmagan, mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo ‘lishi mumkin. 6
Oqimli ishlab chiqarishda transport vositalari mahsulotlarni liniyadagi ish joylari orasida harakatlantirish uchun ehtiyot qismlarni omborlardan ish joylariga keltirish uchun xizmat qiladi.
Transport vositalarini tanlash quyidagi omillarga bog ‘liq bo ‘ladi:
- mahsulotlarning massasi, o‘lchami va konstruktiv xususiyatlariga;
- vaqt birligi ichida ishlab chiqariladigan mahsulot, detallar soni;
- operasiyalararo uzatishlarning qabul qilingan usuliga ko ‘ra (donalab yoki partiyalab);
- zaruriy idishlarning xarakteristikasi va o ‘lchamiga ko ‘ra;
- transport vositasi harakat qiluvchi binoning konstruktiv xususiyatiga.
Jihozlar bo ‘ylama joylashgan oqim liniyalarda og ‘irligi 20 kg gacha bo ‘lgan detallarni qisqa masofaga uzatishda og ‘ma yoki vintli jelobalardan foydalanish mumkin. Og ‘irroq detallarni uzatish uchun esa rolpgang yoki aravachalar qo‘llaniladi. Yig ‘uv sexlarida oqimli ishlab chiqarish uchun samarali transport vositasi bo ‘lib konveyer hisoblanadi.
Konveyer yig ‘ilayotgan mahsulotlarni harakatlantiruvchi uzluksiz harakatlanuvchi lentadir. Konveyerning 2 turi mavjud:
1) taqsimlovchi, 2) ishchi.
Taqsimlovchi konveyer faqat mahsulotlarni bir ish joyidan ikkinchi joyiga ko‘chiradi. Ishchi konveyer esa transport vositasi funksiyasini bajarish bilan bir vaqtda ish joylari sifatida xizmat qiladi. Tizimi va konstruksiyasiga ko ‘ra lentali, plastinkasimon, zanjirli, osma konveyerlar mavjud.
Lentali konveyerlar konstruksiyasiga ko‘ra sodda bo‘lib, taqsimlovchi transport vositasi sifatida keng tarqalgan. Plastinkali konveyerlar esa tozalikka bo ‘lgan talab yuqori bo‘lganda yoki konveyer isitish qurilmasidan o‘tganda qo ‘llaniladi. Zanjirli yoki osma konveyerlar oqimli tizimining har qanday konfiguratsiyasi uchun qo ‘llaniladi.




    1. Yüklə 0,51 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin