5.1.Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli tavsifi va uning xususiyatlari Ishlab chiqarishni tashkil qilinishning partiyali usuli mahsulot partiyasini tayyorlash jarayonining tizimini ifodalaydi. Ushbu usul asosan seriyali ishlab chiqarish korxonalarda keng nomenklaturadagi mahsulotni kichik miqdorda ishlab chiqarishda qo ‘llaniladi va quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
Mahsulotni seriyalab tayyorlash detallarini ishlab chiqarishga partiyalab kiritish.
Seriya – barcha konstruktiv va texnologik jihatdan o ‘xshash mahsulotlardir.
Partiya – ishlab chiqarishga bir vaqtda kiritiladigan detallar miqdoridir.
Ushbu usulning yuqorida ifodalangan xususiyati ishlab chiqarishdan moslashuvchanlikni talab etadi.
Detallar partiyasi o ‘lchami va ularning takrorlanish tezligiga bog ‘liq holda jihozlarni davriy ravishda qayta sozlash .
Jihozlarni bir turdagi stanok va agregatlar bo‘yicha joylashtirish.
Operasiyadan operasiyaga detallarning partiyalab uzatilishi va operasiyalarni bajarish vaqti reglamentlashtirilmaganligi sababli umumiy transport vositalari (kran, telejka elektronora va hokazo) dan keng foydalanish.
Universal va maxsus jihozlarni qo‘llash.
Korxonada ularning aniq nisbati bir xil turdagi detallar partiyasi miqdori, ularning takrorlanishi tezligiga bog ‘liq bo‘ladi.
6. Ishning bir maromiyligiga operasiyalar davomiyligini taktga moslashtirish orqali emas, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi normativlarni ishlab chiqarish va ularga rioya qilish orqali erishiladi.
Bulardan eng muhimlari: detallar partiyasi kattaligi, ishlab chiqarish sikli davomiyligi, partiyalarga kitirishning takrorlanish davri, zadellar miqdori, detallar partiyasini kiritish - chiqarishning standart grafiklarini ishlab chiqish.
Ish o ‘rinlariga bir nechta davriy takrorlanadigan detalli operasiyalarni biriktirish. Jarayonning seriyaligi darajasi seriyalilik koffitsienti bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish uchastkalari, ish o ‘rinlari orasida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining yuqori bo ‘lishi.7
Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli ishlab chiqarish hajmi va mahsulot nomenklaturasining kengligiga bog ‘liq holda turli ko ‘rinishda bo‘ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usulining 3 xil turi ajratiladi.
Kichik seriyali – o‘z xususiyatiga ko‘ra yakka tartibli usulga yaqinlashgan,
a) o‘rta seriyali – partiyali usulning klassik shakli.
b) yirik seriyali – oqim usuliga yaqin bo ‘lgan usul.
Korxona, sexni u yoki bu usulga tegishli ekanligi mahsulot hajmi va nomenklaturasining kengligiga bog ‘liq bo ‘ladi.