Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Partiyali usul oldiga quyidagi vazifalar qo ‘yiladi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə32/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi


Partiyali usul oldiga quyidagi vazifalar qo ‘yiladi:

  1. Partiyali usul shartlariga oqimli ishlab chiqarish elementlaridan ko‘proq o‘tkazish.

  2. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishning maromiyligini ta’minlash

  3. Ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish.

Ishlab chiqarishni tashkil qilishning partiyali usuli uchun ishlab chiqarishga kiritilayotgan detallar partiyasi miqdori ya’ni kattaligi va takrorlanishi muhim tashkiliy – iqtisodiy ahamiyatga ega. Aynan detallar partiyasi miqdori sexdagi ishlab chiqarish samaradorligiga hal qiluvchi ta’sir ko ‘rsatadi. Kichik partiyalar qayta sozlash hisobiga jihozlarning ta’minlanishi darajasini pasaytiradi, mehnat unumdorligi, mahsulot tannnarxi ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Lekin, shu bilan birga ular tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi va ularni saqlash uchun qo‘shimcha maydonga talabni kamaytiradi. Yirik partiyali detallar, masalan oylik dasturga teng bo ‘lgan detallar partiyasi, jihozlarning to ‘liq bandligini oshiradi. Ishlab chiqarish maromiyligi ta’minlanadi, qayta sozlash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. Yirik partiyalar tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig ‘ining ko‘payishiga, ishlab chiqarish siklining uzayib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ishlab chiqarishga minimal ham, maksimal ham emas, balki optimal miqdordagi detallar partiyasini kiritish lozim. Detallar partiyasining kattaligini aniq belgilash murakkab texnik iqtisodiy vazifa bo‘lib hisoblanadi, chunki bunda ishlab chiqarish sharoitlari, aynan: detallarning o‘lchami, tugallanmagan ishlab chiqarishni saqlash uchun ishlab chiqarish maydonlarining yetarliligi, jihozlarning to‘liq balandligini ta’minlashga jalb etiladi.
Detallar partiyasining optimal kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil detallar tayyorlash mehnat sig ‘imi hisoblanadi. Mehnat sig ‘imi qanchalik yuqori bo‘lsa, partiya kattaligi shuncha kichik bo ‘lishi lozim, Chunki yirik partiya ishlab chiqarish siklining uzayib ketishiga, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keladi.
Detallar partiyasi miqdori sexdagi ishlab chiqarish maydoni bilan bog ‘langan bo ‘lishi zarur. Ishlab chiqarish maydoni qanchalik kichik bo ‘lsa, ishlab chiqarishga kiritilayotgan detallar partiyasi miqdori shuncha kam bo‘lishi talab etiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarishni saqlash uchun zaruriy maydonning yo‘qligi, detallar sifatining pasayishiga, brakning ko ‘payishiga olib keladi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin