Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


X- BOB. MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə57/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-satx

X- BOB. MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH


Tayanch so‘z va iboralar.
Mahsulot sifati, sifat ko‘rsatkichlari, standartlashtirish, mahsulot sifatini baholash usullari, texnik nazoratni tashkil etish, nazorat turlari.


10.1. Mahsulot sifati va uni oshirishning iqtisodiy ahamiyati.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘z navbatida milliy iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishi turli sohalarni korxonalar va kompaniyalarimizda ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarining sifatini xalqaro talablar darajasida ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu holat shaxsiy va ishlab chiqarishni ehtiyojlarining o‘sib borishi va diversifikatsiyalashuvi, jahon bozorida ish yurutuvchi kompaniyalarini rivojlanishi natijasida raqobatni o‘sib borishi, fan- texnika taraqqiyotining jadallashuvi va boshqa omillar bilan izohlanadi.
Ko‘pgina xalqaro tashkilotlar, xususan Yevropa Sifat Tashkiloti, ISO Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti XXI asrni – sifat asri, deb e’tirof etilishi bejiz emas. Aslida sifat – jamiyatdagi mehnatni yuksak samarasi ko‘rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlardan chiqish omilidir.
“Sifat” tushunchasining o‘zi serqirra va ko‘p o‘lchamlidir. Uning mohiyati haqidagi tassavur esa, inson tafakkuri rivojining turli davrlarida o‘zgarib borgan. Sifatdan foydalanish va uni o‘rganish maqsadiga ko‘ra u falsafiy, ijtimoiy, texnik, iqtisodiy, huquqiy va boshqa aspektlarga ega bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy nuqtai nazardan, “iste’mol qilish natijasi, yoki o‘rganilayotgan ob’ektning iste’mol qiymati - sifatdir. Iqtisodiy tarafdan sifatning ehtiyojga qanchalik mosligini bilish muhimdir. Aks holda har qanday yuqori sifat ham foydali bo‘lavermaydi. Demak, sifatni texnik va iqtisodiy jihatdan tushunish o ‘rtasida ziddiyat mavjud ekan. Sifat dialektik xususiyatga ega bo ‘lib, ob’ektlarning ishlab chiqarish va ise’molchi o ‘rtasidagi bog ‘liqligi bilan shartlanadi ”.
Fan, texnika va umuman jamiyatda sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahmiyatga egadir. Arxeologiya va unga yaqin fanlar, o‘tmishda muxandislik va boshqa faoliyat sohalarida g‘aroyib yutuqlar qo‘lga kiritilgani haqida dalillar topishmoqda. Bu yutuqlarni yuqori darajada sifat va sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi Xamurapi qonunilar majmuini yozib, (arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada (qadimgi Messopotomiya hududi) tahminan tarixi m.a. 1780 yillarda yaratilgan Xammurapi qonunlar qomusi (Xammurapi Kodeksi ) topilgan. Qomusda 282 ta qonun bo‘lib (qora toshli ustunlarga bitilgan), ularda mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda usta uy qursa, ammo uy chidamli bo‘lmay, qulab biror odam halok bo‘lsa, ustaga o‘lim jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar) o‘z ishlab chiqargan mahsulotining sifati uchun javobgarlik tamoyillarini ilk bor ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy jazolash amaliyoti qo ‘llanilganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Pyotr I ning 1723 yil 11 yanvarda imzolangan famoni yorqin misol bo ‘la oladi. Jumadan farmonda shunday deyiladi: “ Buyuraman! Tula fabrikasi egasi Kornil Beloglazov davlat idoralariga yaroqsiz qurol - aslahalar sotganligi uchun cherkovga ishlashga yuborilsin. Ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat tamg‘asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinsin”.
Sifat sohasida ilmiy kurash olib borgan Yaponiya va Amerikaning ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish jarayonilarida muhim rol o‘ynagan olim Uilyam edvard Deming(Willam edwards Deming) ta’biricha, “sifat – bu istemolchining nafaqat istagidagi talablarini qanoatlantiruvchi, balki ushbu mahsulotning istiqboldagi holatini ham tasavvur ettira oladigan ko‘rsatkichdir”. Shuningdek, Edvard Deming sifatni iste’molchilar talablarining qondirilishi bilan bog ‘lab, “iste’molchi – ishlab chiqarish tizimining eng muhim bo‘g ‘ini. Sifat esa bugungi va keyingi ehtiyojlarni qondirilishga qaratilishi lozim”, - deb ta’kidlaydi.
Sifat sohasidagi taniqli amerkalik mutaxassis Jozef Juran ta’kidlashicha, sifat – foydalanishga yaroqlilikdir.Bu tushuncha to‘rt elementdan, ya’ni:
- mahsulot loyihasi (dizayni)ning ise’molchi tomonidan qabul qilinishi;
- mahsulotning loyihaga mos kelish darajasi;
- mahsulotning spetsifikattsiyalarga mos kelish darajasi;
- mahsulotning arzonligi, chidamliligi, ta’mirbopligi hamda arzon servis xizmatidan iborat.11
Sifat sohasidagi yana bir, atoqli yapon mutaxassisi Kaom Ishikavani (1915- 1990) ta’kidlashicha, mahsulot yoki xizmatning sifatini ularning narxidan ayrilgan tarzda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buyum qanchalik oliy sifatli bo‘lmasin, agar qimmat tursa, iste’molchini talabini qondira olmaydi.
Sifat boshqaruvi masalalari bo‘yicha amerkalik yirik mutaxassis J. Xarringtonni fikricha, sifat – bu “iste’molchilar o‘zlari uchun maqbul deb topgan narxda, mahsulot va xizmatingizdan foydalanishni istagan vaqtda, ularning talabini qondirish yoki undan-da qanoatlantirishdir ”.
Sifatni boshqarish borasidagi zamonaviy fan asoschilaridan biri bo‘lgan Val’ter Shuxartning fikricha sifatning ikki jixati mavjud. “Birinchi jixati – buyumlar sifati haqidagi insonning mavjudligiga bog ‘liq bo ‘lmagan ob’ektiv voqealik, deb tasavvur qilishdir. Ikkinchisi esa – ana shu ob’ektiv voqe’likka nisbatan munosabatimiz, fikrimiz va hissiyotimiz bilan bog‘liqdir”. Iste’molchilarning bunday shaxsiy baholari ularning xohishlarini amalda qanoatlantirishini qayd etib, bu muxandislar uchun e’tibor nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki muxandislar bu baho asosida ishlab chiqariladigan mahsulotnining kerakli xususiyatlarini aniqlaydilar.
Sifat masalalari borasidagi yana bir amerkalik yirik mutaxassis, sifatni kompleks boshqarish nazariyasi mualifi Armand V. Feygenbaum sifatni shunday tariflaydi: “Sifatni muxandis yoki marketolog emas, balki iste’molchining qarori aniqlaydi. Raqobatli bozor sharoitida sifat to‘g‘risidagi tasavvur bir joyda to‘xtab qolmay, betinim o‘zgaradi ”.
Sifat – mijozlar istaklariga muofiqlik va shu istaklarni oldindan ko ‘ra bilishdir, degan yondashuv hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqorida keltilirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, taniqli mutaxassislarning ko‘pchiligi bu yondoshuvning o‘z ta’riflarida aks etishgan(V. SHuxart , E. Deming , J.Juran, A. Feygenbaum, K. Isikava va boshqalar ). Bu bejiz emas, chunki aynan iste’molchi kompaiyaning bozorda faoliyat ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligini hal qiladi. Aynan shu sababli bunday yondoshuv bir taraflamadir, sifatning kerakli o‘lchamini topish esa iste’molchilarning fikrinini o‘rganish bilan bog ‘liq.
Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko‘pgina o‘xshashliklarga qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to‘g‘ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar konsepsiyalarida mavjud bo‘lgan asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Sifat – bu qadriyat.
2. Sifat – bu ustunlikdir.
3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir.
4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va shu istaklarni oldindan ko‘ra bilishdir.
Shunday qilib, sifatning zamonaviy talqini qay darajada bo ‘lmasin, ana shu yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2010 xalqaro standartining so‘ngi tarixida sifat ta’rifi lo ‘nda qilib berilgan. Unda yuqorida keltirilgan birinchi va to ‘rtinchi yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Unga ko ‘ra “Sifat ob’ekt xarakteristikalarining talabga muvofiqlik darajasidir”. Bunga talab – aniqlangan extiyoj yoki istak sifatida ta’riflangan.
Tovar sifati 4 satxga bo‘linadi:
1-satx –andozaga mosligi. Bu sathda sifat mahsulot ishlab chiqarish andozasi yoki boshqa me’yoriy xujjatlar talablariga mos keladi yoki mos kelmaydi deb baholanadi.
2-satx –foydalanishga mosligi. Bu sathda mahsulot bozorda talabga ega bo‘lishi uchun nafaqat andozalarning majburiy talablariga, balki foydalanish talablariga javob berishi shart.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin