Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə58/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

3-satx –bozornig amaliy talablariga mosligi. Ideal variantda bu xaridorning tovarning yuqori sifatli va arzon narxli bo‘lishi haqidagi talablarini bajarishdir.
4-satx –xaridorning latent(ichidagi, ochiq oydin ko‘rinmaydigan) talablariga mosligi. Bu sathda xaridorlar o zlari aniq xis qilmagan, noaniq extiyojlarni qondiradigan tovarlarni afzal ko‘radilar.
Har bir davlatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatli bo‘lishi hamda jahon andozalariga javob bergan xolda raqobat qila olishi ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oldida jahon iqtisodiyotiga integrallashuv, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin yegallash, jahon savdosida keng ishtirok etish kabi masalalar, ayniqsa yengil sanoat korxonalarining raqobatbardoshliligini ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi.
Raqobatbardoshlik – mohiyatiga ko‘ra millat iqtisodiy qudratining jamlangan ifodasi, uning ilmiy texnikaviy, ishlab chiqarish, tashkiliy – boshqaruv saloxiyatining yig ‘indisidir. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ko‘p bosqichli shakl ko‘rinishiga ega: tovar raqobatbardoshliligi, ishlab chiqaruvchining ya’ni korxonaning raqobatbardoshligi, mamlakat raqobatbardoshliligi.
Ushbu shakllar ichida mahsulot raqobatbardoshligi muhum ahamiyat kasb etadi. Mahsulot raqobatbardoshligi ikki ko‘rsatkich orqali namoyon bo‘ladi – baho darajasi va mahsulot sifati.
Zamonaviy sharoitlarda sifat omili oldingi o‘ringa chiqdi. Mahsulot sifati korxona faoliyatida muxum ko‘rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot sifatining yaxshilanishi erkin iqtisodiyot sharoitida korxonalar yashovchanligini, texnik taraqqiyot sur’atlarini, innovatsiyalarini joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, korxonada foydalaniladigan barcha turdagi resurslar iqtisodini ta’minlashni belgilaydi. Ya’ni, har qanday mahsulot yeng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik xamda boshqa bir qator talablarga muvofiqligini qobiliyatiga ega bo ‘lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va axolining tovarlarga extiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Sanoat mahsuloti tarmoqning, korxonaning faoliyatini rejalashtirishda qullaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unga mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, xalq farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot sifatini oshirishni muammosining dolzarbligi quyidagi xolatlar bilan asoslanadi:
Birinchidan, ilmiy texnika taraqqiyotining ob’ektiv talablari bilan tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan;
Ikkinchidan, axolining hayot darajasi oshirish vazifasi amalga oshirish bilan. Bozorni tovar bilan to‘ldirish, uning sifati va assortimentiga talabni kuchaytiradi;
Uchinchidan, moddiy raqobatbardoshlikni ahamiyatining oshganligi. Daromadlarning oshishi yuqori sifatli mahsulotga talabning o‘sishiga, aksincha, defitsit. Ushbu tamoyilning ta’sirchanligini pasaytiradi;
To‘rtinchidan, tashqi savdo samaradorligini oshirish vazifasi bilan.
Rivojlangan davlatlarning rivojlanishi amaliyoti. Sifat muammosi milliy g ‘oyaga aylanishi umumiy xarakterga ega bo‘lishi lozimligini tasdiqlamoqda. Mahsulot sifati mehnat buyumlar va vositalaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat buyumlari va vositalaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat buyumlari sifatining yaxshilanishi ularning sarfining kamayishida, xom – ashyo va materiallarni qayta ishlash va mehnat sig ‘imining qisqarishida, yakuniy mahsulot sifatining yaxshilanishida o‘z aksini topadi.
Mehnat vositalari sifatining yaxshilanishi ularning unumdorligining, foydalanish muddatini oshishiga olib keladi. Buning natijasida qo‘shimcha mashina va jihozlarga talab kamayadi, ta’mirlash ishlari xajmi pasayadi va natijada kapital holda ekspluatatsion xarajatlarning iqtisodiga erishiladi.
Mahsulot sifatining yaxshilanishi, ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish vazifasini hal etishda ham muhim ahamiyatga ega. Mahsulot sifati talab tuzilmasiga, shuningdek ularni qondirish imkoniyatlariga ta’sir ko ‘rsatadi.
Mahsulot sifati nafaqat texnik, balki muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida iste’mol qiymati bilan bog‘langan. Agar iste’mol qiymati tovorning foydalilik darajasini ifodalasa, mahsulot sifati – ulardan foydalanganligining aniq sharoitlarida iste’mol qiymatining shakllanishi darajasini ifodalaydi.Iqtisodiy kategoriya sifatida mahsulot sifati korxona faoliyatining tannarx, baho, foyda va rentabellik kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantiradi. Mahsulot sifatini oshirishning ahamiyatining ham makro, ham mikrodarajada ko‘rib chiqish lozim.
Makrodarajada sifatni oshirishni quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • tovar va xizmatlar eksportini oshirish;

  • eksport tuzilmasini yaxshilash;

  • fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni amalga oshirish;

  • ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • xalqning yashash sharoitini yaxshilash.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatli mahsulot ishlab chiqarish korxonalar uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu eng avvalo korxona imidjini shakllantirishidir. Yuqori darajadagi imidj – bu taniqli bo‘lish, xaridorlarning firmaga nisbatan barqaror munosabatidir.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin