11.3. Mehnatni ilmiy tashkil etish bo ‘yicha tadbirlarning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
MITQ tadbirlarini ish joyiga qo ‘llash tadbirining to ‘la-to ‘kis joriy etilganidan dalolat bermaydi. Vaqt mobaynida har bir ishchini, injenerni xodimni yangi texnik ko ‘lamiga, yangi ochilgan imkoniyatlaridan keng foydalanish siru-asrorlarini ommaviy tarzda o ‘qituv-tanishtiruv ishlarini olib borish kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil etish bo ‘yicha tadbirlarni joriy qilishdan maqsad avval ishchilar mehnatini yangilashtirish, ularning ish qobiliyatini samarali bo ‘lib, shuningdek mahsulot mehnat sig ‘imini kamaytirish asosida yuqori mehnat unumdorligiga erishishdan iboratdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi – bu mehnatni ilmiy tashkil etish bo ‘yicha rejalashtirilgan ishlar natijasi, ya’ni erishilgan iqtisodiy samaradorlikning jonli va o ‘tmishdan mehnatga nisbatidir.
Ishchi kuchidan samarali, oqilona foydalanish hamda mehnat unumdorligini oshirish asosida mehnatni ilmiy tashkil qilishning tadbirlarini joriy qilish bo ‘yicha erishilgan iqtisodiy samaradorlikni uch bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda joriy qilingan turli tadbirlar natijasida sarflanadigan mehnat sig ‘imi bo ‘yicha iqtisod hisoblanadi va ushbu iqtisod hisobiga ishchilar soni bo ‘yicha tejash imkoniyati hisoblanadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:
Is=
Bu yerda:
Is – rejalashtirilayotgan yilda, joriy qilingan mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari natijasida, ishchilar soni bo ‘yicha tejash imkoniyati, kishi;
Tn – mahsulot mehnat sig ‘imining tejalishi, norma, soat;
f – rejalashtirilayotgan yildagi bir ishchining samarali ish vaqti fondi, soat;
k – rejalashtirilayotgan yilda ishchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish jarazonlarini bajarish koeffitsiyenti.
Har bir tadbir bo ‘yicha ishchilar soni iqtisodi (tejami) quyidagi tartiblarda, formulalardan foydalanish mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini bajarish foizining hamda xizmat ko ‘rsatish zonalarining kengayishi hisobiga ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod quyidagicha aniqlanadi:
Is=
Bu yerda:
M – jihozlar soni;
Kd va Kk – tadbirlardan oldingi va keyingi xizmat ko ‘rsatish zonasi koyeffitsiyenti.
Tadbirlar natijasida ishga chiqmaslik kunlarining kengayishi, ya’ni mehnat intizomini yaxshilanishi natijasida ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod, tejam quyidagicha aniqlanishi mumkin:
Is= Is
yoki
Is= IAs i
Bu yerda:
F va F1 – bir ishchining tadbirgacha va tadbirdan keyingi bir ishchining samarali ish vaqti fondi, soat;
Is – ishchilar soni, kishi;
I1 – rejalashtirilayotgan yilda asosiy ishchilar soni, kishi;
As i – umumiy ishlovchilar sonidagi ishchilar sonini ulushi, foiz.
Ishchilar malakasini oshirish natijasida ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod quyidagicha aniqlanadi
Is= Bu yerda:
R1, R2 ... Rn – ishlab chiqarish me’yorlarini bajarmagan ishchilar soni (bunda me’yorlarni bajarish darajasiga kura umumiy tarzda guruhlanadi);
N1, N2 ... Nn – har bir guruhda ishlab chiqarish me’yorlarini qanchagacha bajarmaslik foizi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarni joriy qilish ishlab chiqarish korxonalarida ish o ‘rinlariga xizmat ko ‘rsatish, ularni takomillashtirish bilan chambarchas bog ‘liqdir. Hozirgi sharoitlarda ishlab chiqarish korxonalari tashqaridan xom-ashyo materiallarini jalb qilgan xolda mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirmoqdalar. Bu esa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun aynan ushbu korxonada xom-ashyo, materiallar tayyorlovchi ishchilar sonini qisqarishiga olib keladi. Buni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin.
Is=Is
Bu yerda:
u1 va u2 – tadbirlar oldingi va keyingi yalpi mahsulot tannarxidagi tashqaridan jalb qilinadigan xom-ashyo materiallar ulushi, foizda.
Mehnat taqsimoti va kooperasiyani takomillashtirish bo ‘yicha taklif etilgan hamda joriy qilingan Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari mahsulot mehnat sig ‘imini kamaytirishga olib kelib bu o ‘z navbatida ishchilar soni bo ‘yicha iqtisodni kiritib chiqaradi. Buni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:
Is = Q(T1-T2)/Fk
Bu yerda:
Q – tadbirdan keyingi, reja ishida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi, naturada;
T1 va T2 – bir mahsulotni ishlab chiqarish sarflanadigan vaqt, soat.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarinng iqtisodiy samaradorligi ko ‘rsakichlarini aniqlashning ikkinchi bosqichida aniqlashning ikkinchi bosqichida har bir tadbir asosida erishgan ishchilar soni bo ‘yicha iqtisodni aniqlagan, bilgan holda mehnat unumdorligining o ‘sish suratini aniqlaymiz. Buni quyidagi formulani qo ‘llash asosida aniqlash mumkin:
Mu=(Is 100)/( Is-Ic)
Bu yerda:
Is – mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini joriy etishda ishchilar soni bo ‘yicha erishilgan iqtisod, kishi;
Is – umumiy ishchilar soni, kishi.
Agar mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari kompleks tarzda joriy qilinganda barcha tadbirlar natijasida erishilgan ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod asosida umumiy tarzda mehnat unumdorligining o ‘sishi aniqlanadi:
Mu.unum=(Is 100)/(Is-Ic)
Ishchilar soni bo ‘yicha umumiy iqtisodni hamda korxonada umumiy mahsulot hajmining o ‘sish suratini bilgan holda (rejalashtirilayotgan ish uchun) tadbirlarni qo ‘llash natijasida mahsulot xajmining o ‘sishini ham hisoblash mumkin:
Q=Mu.unum/Qumum100
Bu yerda:
Q – mahsulot hajmining o ‘sishi;
Qumum – rejalashtirilayotgan ish uchun yangi mahsulot hajmining umumiy o ‘sish surati, %.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash ko ‘rsatkichlarini uslubiyatini faqatgina rejalashtirishda emas, balki korxona faoliyatini tahlil qilishda ham qo ‘llash mumkin. Bunda faqatgina reja ko ‘rsatkichlarini, hisobot ko ‘rsatkichlari bilan almashtirish kifoya qilinadi. Hosil bo ‘lgan hisoblarni quyidagi shakllarga qiritish kerak bo ‘ladi.
11.1-jadval
Ushbu shakllar esa jadvalda ko ‘rsatib o ‘tiladi
№
|
Hisob formulasi
|
Shartli belgilar
|
1
|
P%=U100/(Ub–U)
|
P% - mehnat unumdorligi o ‘sishi (%);
U – tadbirlarni tadbiq etishdagi ishchilar nisbiy iqtisodi, kishi;
Ub – bazis i/ch unumidagi dastlabki ishchilar soni, kishi.
|
2
|
P%=(100T)/(100 – T)
P%=(T1/T2–1)100
|
T – tadbirlarni qo ‘llaguncha tadbirlarni qo ‘llash natijasida mehnat sig ‘imining kamayishi (%);
T1 -T2 – va undan keyingi to ‘la mehnat sig ‘imi, norma-soat.
|
3
|
Tn=(t1–t2)Q2
|
Tn – mehnat sig ‘imining kamayishi;
t1–t2 – tadbirlarni tadbiq etguncha va tadbiq etilgandan so ‘ng mahsulot mehnat sig ‘imi birligi, norma/soat;
Q2 – tadbirlarni qo ‘llashdan keyingi i/ch hajmi, natura shaklda.
|
4
|
Im=(t1–t2)Q/(Foko)
|
Fo – tadbirlarni qo ‘llashgacha bo ‘lgan bir ishchining ish vaqti fondi, soat;
ko – bazis yildagi ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilish koyeffitsiyenti;
Im – mehnat sig ‘imining kamayishi hisobiga ishchi kuchidan iqtisodi, kishi.
|
5
|
Ey=(F1/Fo – 1)Is1
|
Ey – ish vaqtidan yo ‘qotishlarning qisqarishi, ish vaqtidan umumsiz foydalashining kamayishi hisobiga ish kuchidan iqtisod, kishi;
F1-Fo – tadbirgacha va undan keyin har bir ishchiga to ‘g ‘ri keluvchi ish vaqti fondi, soat;
Is1 – tadbirlarni qo ‘llaguncha bo ‘lgan ishchilar soni, kishi.
|
6
|
I=(A1–A2)/(100 – A2)Is2
|
A1–A2 – tadbirgacha va undan so ‘ng mos keluvchi ish vaqtidan yo ‘qotishlar;
E – mehnat sharoitining yaxshilanishi munosabati bilan vaqtinchalik ish vaqtidagi yo ‘qotishlarning qisqarishi hisobiga ish kuchidan iqtisod, kishi.
|
7
|
Ih=Is1(1+Q/100)Is2
|
Ih – ishlab chiqarish hajmining o ‘sishi hisobiga ishlovchilarning bo ‘shatilishi, kishi;
Is2 – tadbirni qo ‘llashdan keyingi ishchilar soni, kishi;
Q – tadbirni tadbiq etish tufayli i/ch hajmining o ‘sishi, %.
|
8
|
Im.o=(Is3 - NBh)/100
NB=(NB2–NB1)/NB1
|
Im.o – ishchilar malakasining oshishi natijasida ishchilarning nisbiy bo ‘shatilishi, kishi;
Is3 – ishchilar malakasining oshishi natijasida i/ch me’yorlari ning bajarilishi oshirgan ishchilar soni, kishi;
NB – ishlab chiqarish me’yorlari bajarilishining o ‘sish surati, %;
NB2 va NB1 – ishchilar malakasini oshishigacha va undan keyin i/ch me’yorlari ning bajarilishi, %.
|
9
|
I1=BIsF
|
I1 – yo ‘qotish lar va ish vaqtidan unumsiz foydalanishning qisqarishi tufayli ish vaqtidan iqtisod, kishi/soat;
B – smena davomida har bir ishchiga to ‘g ‘ri keluvchi yo ‘qotishlarning va ish vaqtidan foydalanishning qisqarishi, soat;
Is – ish vaqtidan unumsiz foydalanish vaqtining va yo ‘qotishlarning qisqarish mavjud bo ‘lgan ishchilar soni, kishi;
F – bir ishchining yillik ish vaqti fondi, kun.
|
10
|
O ‘Q=(Q2–Q1)/Q1100
O ‘Q=(Tn+I1)/Q100
|
O ‘Q – mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini qo ‘llash natijasida ishlab chiqarish hajmining o ‘sishi, %;
Q1– tadbirgacha va undan keyingi ishlab chiqarish hajmi;
Q2 – yillik sig ‘imining kamayishi, kishi/soat;
I1 – ish vaqtidan unumsiz foydalanishning qisqarish tufayli yillik ish vaqtidan iqtisod;
Tn – ish vaqtidan yo ‘qotishlarining kamayishi tufayli ish vaqtidan yillik iqtisod.
|
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari bo ‘yicha yillik iqtisodiy samaradorlik esa quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Iy1= (T1-T2)Q2-Ekx
Bu yerda:
Iy – yillik iqtisodiy samaradorlik;
T1 va T2 – mahsulot (ish) birligi uchun sarflangan xarajatlar (tadbirgacha va tadbirdan so ‘ng), sum;
Q2 – tadbirdan keyingi ishlab chiqarishning natura shaklidagi hajmi;
E – iqtisodiy samaradorlikni solishtirma normativ koyeffiysiyenti;
kx – tadbirlarni ishlab chiqish va joriy qilish bilan bo ‘lgan xarajatlar.
Agar shartli o ‘zgaruvchi va shartli doimiy xarajatlarni ajratish imkoniyati bo ‘lsa unda, yillik iqtisodiy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi shaklni egallaydi:
Iy=[(A1-A2)+ Q2]-Ekx
Bu yerda:
A1 va A2 – tadbirgacha tadbirdan keyingi mahsulot tannarxi tarkibidagi, shartli o ‘zgaruvchi xarajatlar qilishdagi mahsulot birligi uchun sarflangan joriy xarajatlar, so ‘m;
V – bazis davri mahsulot tannarxi tarkibidagi shartli, doimiy xarajatlarni summasi, so ‘m;
Q1 va Q2 – tadbirgacha va tadbirdan keyingi yillik mahsulot hajmi.
Agar bir xil yoki ikki xil variantdagi tadbirlar joriy etilayotgan bo ‘lsa, bunda kapital xarajatlar miqdori hamda yillik mahsulot hajmining to ‘la tannarxi miqdori barcha variantlarni solishtirish asosida ko ‘rib chiqiladi. Ikkinchi variantdan biri mahsulot tannarxini minimal miqdoriga erishish imkoniyatini berishi bilan birga vaqtning o ‘zida katta miqdordagi kapital xarajatlarning o ‘z-o ‘zini qoplash muddati ham aniqlanadi:
T=
Bu yerda:
T – kapital xarajatlarning o ‘z-o ‘zini qoplash muddati, yil.
Samaradorlik koyeffitsentini esa quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E=
Hisoblangan ko ‘rsatkichlar har bir korxonaning tutgan o ‘rni asosida ishlab chiqilgan normativ ko ‘rsatkichlarga solishtiriladi.
Agar kapital xarajatlar o ‘z-o ‘zini oz (kam), minimal moddalarda qoplama yoki samaradorlik koyeffitsiyenti normativdan yuqori bo ‘lsa, katta xarajatlarni talab qiluvchi variantni joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblanishi mumkin.
Ikki variantdan ko ‘p bo ‘lgan variantlar (Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari bo ‘yicha) solishtirilganda T+EK har miqdori minimal bo ‘lgan variant optimal hisoblanadi. Shu bilan sarflangan xarajatlarni o ‘zi-o ‘zini qoplash muddati belgilangan, o ‘rnatilgan normativdan katta bo ‘lmasa unda tadbirlar samarali deb topilishi mumkin.
Tadbirlarni qo ‘lash natijasida mahsulot tannarxi bo ‘yicha iqtisodni quyidagi hisoblashlarini qo ‘llash asosida aniqlash mumkin.
1. Mahsulot mehnat sig ‘imini kamayishi hisobiga Bu maqsadda ish haqi bo ‘yicha yillik iqtisod aniqlanadi:
Ik1=(Z1*Z2)(1+ )
Ik2=(R1*R2)(1+ )Q2
Bu yerda:
Z1 va Z2 – tadbirgacha va tadbirdan keyingi vaqtbay ishlovchi ishchilarning yillik ish haqi summasi, so ‘m;
D – qo ‘shimcha ish haqi foizi
R1 va R2 – tadbirgacha va tadbirdan keyingi mahsulot birligi uchun rassenka, so ‘m
2. Ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod hisobi:
Ikz=IsZo ‘r-Z
Bu yerda:
Is – mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini joriy etish natijasida erishgan ishchilar soni bo ‘yicha iqtisod, kishi;
Zo ‘r – tadbirgacha bo ‘lgan bir ishchining o ‘rtacha yillik ish haqi, so ‘m;
Z – tadbirlarni joriy etish natijasida ish haqining o ‘sishi, so ‘m.
3. Material va xom-ashyo xarajatlarining kamayishi hisobi:
Ikch=(M1-M2)Q2B
Bu yerda:
M1 va M2 – tadbirgacha va tadbirdan keyingi bir mahsulot uchun sarflanadigan material, xom-ashyo xarajatlarining me’yori (natura shaklida);
B – material bahosi, so ‘m.
4. Ishlab chiqarish travmasi va kasallik kunlarining kamayishi hisobi:
Iq5=(N1-N2)Rm
Bu yerda:
N1 va N2 – ta dbirgacha va tadbirdan keiyngi yil davomida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo ‘qotilganligi sababli ish vaqtidan yo ‘qotishlar, kun;
Rm – o ‘rtacha kamomad miqdori, so ‘m.
O ‘rtacha kamomad miqdori quyidagilardan iborat:
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo ‘qotlanligi uchun to ‘lanadigan to ‘lov summasidan;
ishlab chiqarish jarayonlarida tasodifan ro ‘y bergan avariyalar oqibatida nogiron bo ‘lib qolgan, invalidlik asosida nafaqaga chiqarilgan ishchilarga to ‘lanadigan summasidan.
kadrlarni qayta tayyorlash bilan bog ‘liq bo ‘lgan xarajatlar summasidan.
Quyidagi 2-jadvalda yillik iqtisodiy samaradorlikni aniqlash ko ‘sartkichlari berilgan bo ‘lib, ushbu hisob formulalaridan foydalanish mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini joriy etish bo ‘yicha iqtisodiy samaradorlik darajasini aniq hisoblash imkonini beradi.
11.2-javdal
№
|
Hisob formulasi
|
Shartli belgilar
|
1
|
Ixv=(Ix1-Ix2)(1+ )
Ixi=(R1-R2)(1+ )Q2
|
Ix1, Ix2 – vaqtbay ishlovchi ishchilarning yillik ish haqi summasi. U-qo ‘shimcha ish haqi %;
R1, R2 – tadbirlarni qo ‘llaguncha bir birlik mahsulot to ‘g ‘ri keluvchi ishbay rassenka, so ‘m.;
a – ijtimoiz to ‘lov uchun chegirma, %;
Q2 – tadbirlan o ‘ng yillik mahsulot hajmi.
|
2
|
Ixk=E*IX-F
|
Ixk – ishchilar sonini kamayishi hisobiga ish haqidan yillik iqtisod, so ‘m.;
E – ishlovchilar sonidan absolyut bo ‘shatilishi, kishi;
IX – tadbirlarni tadbiq etishgacha ishlovchilarni o ‘rtacha yillik ish haqi (asosiy va qo ‘shimcha), so ‘m.
|
3
|
In=(1+ )FurKl
|
In – ishlab chiqarishning va o ‘rtacha ish haqining o ‘sishi tufayli o ‘rtacha yillik ish haqi fondidan nisbiy iqtisod, so ‘m.;
IX – tadbirdan so ‘ng ishchi (ishlovchi) larningo ‘rtachaishhaqiningo ‘sishi, %;
Us – tadbirlarni qo ‘llash natijasida ishchi (ishlovchi) lar ishlab chiqarishning o ‘sishi, %;
Fur – tadbirlarni qo ‘llaguncha ishlovchi (ishchi) larning o ‘rtacha yillik ish haqi foizi, so ‘m.;
K1 – tadbirlarni tadbiq etgandan so ‘ng ishlab chiqarish hajmining ortish koyeffitsiyenti.
|
4
|
Ia=(M1-M2)Q2N
Ib=
Ib=
|
Ia, Ib – xom-ashyo, materiallar va yaroqsiz mahsulot me’yorlarini kamayishi hisobiga mahsulot tannarxining xarajatlardan iqtisod, so ‘m.;
M1, M2 – tadbirlarni qo ‘llaguncha va qo ‘llashdan keyingi bir birlik mahsulot uchun sarf qilinadigan metarial me’yorlari , natural shaklda;
Q2 – tadbirdan keyingi yillik ishlab chiqarish xajmi, natural shaklda;
N – mos keluvchi materialni o ‘lchash birlik narxi, so ‘m;
B1, B2 – tadbirgacha va undan keyingi yaroqli miqdorga nisbatan yaroqsiz mahsulot miqdori, %;
T – tadbirlarni qo ‘llashdan keyingi va birlik mahsulot tannarxi (amortizatsiya ajratmalarisiz), so ‘m.;
N1 – yaroqli mahsulot birligi, so ‘m.;
N2 – yaroqsiz mahsulot birlik narxi, so ‘m.
|
5
|
Is=Tik(1- )
|
Is – ishchi kuchi qo ‘nimsizligi qisqarishiga erishiladigan iqtisodiy samara, so ‘m.;
Tik – korxonadagi ishchi kuchining qo ‘nimsizligi tufayli yuzaga keladigan o ‘rtacha yillik kamomad, so ‘m.;
K1, K2 – haqiqatdagi va erishish mumkin bo ‘lgan ishchi kuchini qo ‘nimsizligining koyeffitsiyenti, %.
|
6
|
Is=(T1-T2)Kam
|
Is – ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklar va travmalarning qisqarishidan yuzaga keluvchi iqtisodiy samara;
T1, T2 – tadbirgacha va uni qo ‘llashdan keyingi yil davomidagi vaqtinchalik mehnat unumdorligini yo ‘qotishlar, kuch;
Kam – ishlab chiqarishdagi kasalliklar va travmalar munosabati bilan yuzaga keluvchi yillik o ‘rtacha kamomat o ‘lchami, so ‘m.
|
7.
|
Isy=(T1-T2)Q-IsiX
Isi=[(a1-a2)+ ]Q2-IsiH
|
Isy – mahsulot tannarxining kamayishi sababli erishilgan yillik iqtisodiy smara, so ‘m ;
T1, T2 – tadbirgacha va undan keyingi bir birlik mahsulot tannarxi, so ‘m (joriy xarajatlar).
Q2 – tadbirdan so ‘ng yillik ishlab chiqarish hajmi, natural shaklda ;
a1, a2 – tadbirgacha va uni qo ‘llashdan so ‘ng tannarxdagi shartli-doimiy xarajatlar qismlar bo ‘yicha bir birlik mahsulot uchun sarflanadigan xarajatlar, so ‘m ;
U – bazis davridagi mahsulot tannarxidagi shartli-doimiy sarflarning yillik summasi, so ‘m ;
Q1 – tadbirgacha bo ‘lgan yillik ishlab chiqarish hajmi, natural shaklda ;
Isi – solishtirma iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsiyenti ;
H – tadbirlarni qo ‘llash bilan bog ‘liq bo ‘lgan kapital xarajatlar so ‘m.
|
8.
|
|
Dostları ilə paylaş: |