Qisqa xulosalar. Sifat ob’ekt xarakteristikalarining talabga muvofiqlik darajasidir. Bunga talab – aniqlangan extiyoj yoki istak sifatida ta’riflangan.
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.
Amalga oshirish usuliga ko ‘ra texnik nazoratning vizual (tashqi kuzatish), geometrik (o ‘lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy, mexanik, metallografik (tarkibi chidamliligi, tuzilmasini tekshirish) turlari ajratiladi.
Nazoratda qo ‘llaniladigan texnik vositalarga ko ‘ra texnik nazorat qo ‘l, mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo ‘linadi. Nazorat qilinadigan ob’yektlarning qamranish darajasiga ko ‘ra umumiy va tanlama nazorat bo ‘lishi mumkin.
Tugallangandan so ‘ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operasiyalar xarakteriga ko ‘ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turli bosqichlarida) va yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operasiyalaridan so ‘ng) nazoratlarni ajratish mumkin.
Nazorat operasiyalarning ijrochilari bo ‘yicha maxsus nazorat xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga bo ‘linadi.
Mahsulot sifatini boshqarish uning sifatini zaruriy darajada ta’minlashmaqsadida loyihalashtirish. tayyorlash, ishlab chiqarish va ishlatish jarayonlarida amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir.
Nazorat uchun savollar. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar haqida nimani bilasiz?
Mehnat tashkil etish, ishlab chiqarish madaniyati qanday omillar qatoriga kiradi?
Iqtisodiy omillar sifatga qanday ta’sir ko ‘rsatadi?
Mahsulot sifatiga qanday omillar ta’sir ko ‘rsatadi?
5. Mahsulot hayot sikliga bog ‘liq holda sifat hosil qiluvchi omillar qanday tavsiflanadi?
6. Mahsulot sifatini boshqarish moxiyati nimada?
7. Sifat xalqasi nimani ifodalaydi?
8. Sifatni boshqarish jarayoni qanday operasiyalardan tashkil topadi?
9. Mahsulot sifatini texnik nazorat qilishning qanday shakllari mavjud?
10. Mahsulot sifatini baholash usullarini ayting.