Tayanch so ‘z va iboralar: Iqtisodiy o ‘sish iqtisodiy rivojlanish, himoyalanuvchi strategiya, xujumkor strategiya, missiya, maqsad, strategiyani shakllantirish bosqichlari.
12.1.Korxona strstegiyasi va uning turlari Har qanday korxonaning uzoq muddatli samarali faoliyati, uning iqtisodiy o ‘sishi va rivojlanishi, potensial inson kapitali va boshqa resurslardan eng qulay va oqilona tarzda foydalanish imkonini beruvchi strategik yo ‘nalishlarni tanlash bilan belgilanadi. Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o ‘sishi va rivojlanishini, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog ‘i lozim. Shu o ‘rinda “o ‘sish” va “rivojlanish” tushunchalarining mohiyat va mazmuni turlicha ekanligiga e’tibor qaratish lozim.
“O ‘sish” – korxona o ‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o ‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo ‘jalik tizimining sifat jihatidan o ‘zgarish va yangilanishi, barcha bo ‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko ‘zda tutadi.
Nazariya va amaliyotda iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishning 3 asosiy konsepsiyasi ajratiladi.
Ideal – tadbirkorlik obektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan o ‘zgarishlar kiritish.
Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi bilan korxonada qisman reforma (qayta o ‘zgarishlar) ni amalga oshirish.
Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy natijalarni yaxshilashga yo ‘naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish.
Rivojlanishdan farqli ravishda korxonada ishlab chiqarishning o ‘sishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish hajmlarini ko ‘paytirish orqali (geografik ekspansiya);
Vertikal – texnologik jihatdan o ‘zaro bog ‘langan ishlab chiqarishni tashkil etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish:
Diversifikatsiyalangan – turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga birlashtirish.
O ‘sish korxona iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo ‘lib, o ‘z ichiga shakllanish, o ‘sish, yetuklik, pasayish, barqarorlashuv kabi davrlarni oladi. Amaliyotda rivojlanish va o ‘sish o ‘zaro aloqadorlikda, bir – birini to ‘ldirgan holda maydonga chiqadi.
Biznes sohasida strategiya quyidagilar tarzida namoyon bo ‘ladi:
– korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga erishish bo ‘yicha tashkiliy–iqtisodiy choralar tizimi;
– maqsad, imkoniyat va xodimlar imkoniyatlarini ta’minlaydigan yo ‘nalishlar sifatida;
– asosiy maqsadga erishish uchun muammolarni va resursni belgilayligan harakat dasturi;
– korxonaning raqobat ustunligiga erishishini ta’minlaydigan samarali ishchan konsepsiya;
– maqsadga erishish vositasi;
– istiqbolni tadqiq etish;
– korxona faoliyatini boshqarish uslublari tizimi;
– korxona faoliyati uchun istiqbol yo ‘nalishlar majmui.
Korxona miqyosida iqtisodiy strategiya mohiyati 4 ta muhim savolga javobda namoyon bo ‘ladi:
korxona hozir qanday iqtisodiy–moliyaviy holatda?
uning istiqboldagi istalgan va real holati qanday?
kuchli va zaif tomonlarni, xatar va imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda rivojlanishning qanday muqobil yo ‘nalishlari mavjud?
tanlangan strategiyani qanday harakatlar, uslub va vositalar bilan amalga oshirish mumkin?
Mazmuniga ko ‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni ko ‘zda tutadi.
Korxonada strategik yechimlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
– korxona joylashadigan joyni tanlash;
– ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash;
– ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o ‘zgartirish;
– innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o ‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish;
– korxonalarni qo ‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o ‘tkazilishi.
Strategiyalarni shakllantirishda tadbirkorlikning quyidagi tamoyillariga rioya qilish lozim:
– ijodiy yondashuv – yuzaga keladigan muammolarni ko ‘ra olish qobiliyati;
– innovatsiya – texnika va texnologiyalardagi, mehnatni tashkil etish, tovar va bozor siyosatidagi o ‘zgarish va yangilanishlarga tayyorlik;
– moslashuvchanlik;
– korxona faoliyatining barcha sohasini e’tiborga olish;
– o ‘zining kuchli tomonlarini rivojlantirish;
– strategiyani amalga oshirilish qobiliyati;
– samaradorlik;
– ichki ustunliklarni hisobga olish va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish.