Is – solishtirma iqtisodiy samaradorlik koyeffitsiyenti.
9
Kqo ‘sh=K2 - K1 Kqo ‘sh= K2 - K1
Kqo ‘sh – qo ‘shimcha kapital qo ‘yilmalar, so ‘m.;
K2, K1 – baza va loyihalashtirilayotgan yildagi variantlar uchun zarur bo ‘lgan umumiy kapital xarajatlari, so ‘m.
Qisqa xulosalar.
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob’ekt va maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta’minlash demakdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni muttasil va optimal ishlashni ta’minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy texnika shart-sharoitlari o ‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat jarayonini to ‘g ‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperasiyasi, mehnatni me’yorlash, mehnat intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi, mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko ‘rsatish uchun kerakli bo ‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta’minlangan maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo ‘lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to ‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi – bu mehnatni ilmiy tashkil etish bo ‘yicha rejalashtirilgan ishlar natijasi, ya’ni erishilgan iqtisodiy samaradorlikning jonli va o ‘tmishdan mehnatga nisbatidir.