Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Kichik ta’mirlash (малый ремонт)



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə82/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Kichik ta’mirlash (малый ремонт) – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni almashtirish, kichik nosozliklarni tugatish, jihozlarning mexanizmlarini regulirovka qilishdan iborat.
Kapital ta’mirlash ( капитальный ремонт) – rejali ta’mirlashning eng katta turi bo ‘lib, bunda jihozlarni turligicha qismlarga ajratib, undagi barcha nosozliklarni yo ‘qotish, yog ‘lash va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi


Korxona yuk aylanishi (грузовой оборот)- rejalashtirilgan davrda korxona miqyosida transport hamma turlarida uzatilgan, ko ‘chirilgan va korxonadan qabul qilingan yuklar miqdori.
Korxona yuk oqimi (грузовой поток)- rejalashtirilgan davrda uzatish va qabul qilish alohida punktlari orasida aniq turdagi transport vositalari yordamida ko ‘chirilgan yuklar miqdori.
Mehnat buyumlari (предметы труда) - bu inson mehnati yo ‘naltirilgan, ular ustida inson ishlaydigan narsalarning hammasidir (xom ashyo, materillar va h.k.).
Mehnat vositalari (средства труда) - stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, shuningdek binolar, inshootlar, yo ‘llar va boshqalar.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish (производства материальных благ) -insonni o ‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan mehnat faoliyatlarining yig ‘indisi.
Metodologiya (методология) - bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo ‘li, voqealikni amaliy yoki nazariy o ‘zlashtirish usullarining majmuasidir.
Motivatsiya(мотивация) — bu kishini faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlar yig ‘indisi, faoliyatga chegara, shakl beradi, bu faoliyatga yo ‘nalish ko ‘rsatadi, ma’lum maqsadlarga erishish yo ‘lini mo ‘ljallaydi.
Me’yorlashtirish funktsiyasi (функция нормирования) – boshqarish va ishlab chiqarish jarayonida turli elementlarning sifatiy va miqdoriy baholanishini ilmiy asoslangan hisobli kattaliklarni ishlab chiqish jarayoni.
Mashina va ish joylarida mehnat predmetlariga yoki ularning partiyasiga ishlov berish davomiyligi (время обработки предметов труда или партии деталей на рабочих местах) – bu mashinada bir mehnat jarayoni bajariladigan yoki mehnat predmetlari va ularning partiyasiga ishlov berish tugallaniladigan davr, qo ‘l va mashina operasiyalar vaqtini o ‘z ichiga oladigan davr.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin