Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


GLOSSARIY Asosiy jarayonlar (основные процессы) -



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə80/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

GLOSSARIY


Asosiy jarayonlar (основные процессы) - ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlarini sifatiy o ‘zgarishlariga olib keladigan jarayonlar (sifatiy o ‘zgarishlar mehnat predmetlarining ichki xususiyatlari, tashqi ko ‘rinishi, shakli, hajmi va boshqalar).
Aylanma zadellar ( оборотный задел) - ish o ‘rinlarining unumdorligi turlicha bo ‘lganligi sababli xizmat ko ‘rsatish davri davomida ikki ketma-ket operasiya orasida to ‘planib qoladigan mahsulotlar miqdori.
Bosh yoki asosiy jihoz (ведущее оборудование) – unumdorligi butun oqimli tizim ishlab chiqarishini belgilab beradigan va eng ko ‘p maydonni egallaydigan, eng ko ‘p qiymatga ega bo ‘lgan, hamda jarayonning eng og ‘ir asosiy operasiyasini bajaradigan jihoz.
Dialektika (диалектика) - tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyotining eng muhim qonunlari haqidagi fan bo ‘lib, u bir vaqtda mantiq (logika), tafakkur, bilish qonunlari hamdir.
Jarayon takti (такт процесса) - mahsulot ishlab chiqarish orasidagi vaqt intervali.
Yordamchi jarayonlar( вспомогательные процессы) - asosiy jarayonlarni amalga oshirishda kerakli shart sharoitlar yaratadi.
Ish o ‘rni (рабочее место)- ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim operasiyalar bajariladigan qismi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi ( производственная структура)- ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o ‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog ‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o ‘rinlarining tarkibida o ‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarish bosqichi(производственный этап) - mehnat predmetining bir sifatiy holatdan ikkinchi sifatiy holatga o ‘tishida katnashadigan bir yoki bir nechta operasiyalarning birlashmasi .
Ish davri (время работы) - asosiy texnologik operasiyalar, tabiiy jarayonlar, ko ‘chiruvchi, xizmat ko ‘rsatuvchi va nazorat operasiyalari davomiyligi.
Ishlab chiqarish davri (поизводственный цикл) - xom-ashyoning ishlab chiqarishga uzatilishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning kalendar vaqtida ifodalangan jarayonlar to ‘plami.
Ishlab chiqarish jarayoni (производственный процесс) - mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari va ishlab chiqarish vositalari harakatlarining majmuidir.
Ishlab chiqarishda jarayonlarning parallelligi (параллельность производственного процесса) - mahsulot ishlab chiqarish bo ‘yicha alohida operasiyalarning bir vaqtda bajarilishi .
Ishlab chiqarish jarayonlarining ritmliligi (ритмичность производственного процесса) - har bir ish joyida, bir xil vaqt oralig ‘ida, bir xil hajmda ish bajarish .
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi (непрерывность производственного процесса) mehnat predmetla­rining harakatida jihozlar va ishchilarning ishida tanaffuslar bo ‘lmasligini taqozo qiladi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash (конструкторская подготовка производства) - korxonani rekonstruktsiya qilish va qayta jihozlash, mahsulot yangi turlarini yaratish loyihalarini o ‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish operasiyasi (производственная операция) -bir yoki bir nechta ishchilar tomonidan bir ish joyida bir xil mehnat predmetlari ustida va bir xil mehnat qurollari bilan bajarilgan ishlab chiqarish jarayonining qismi
Ishlab chiqarishni oqimli asosida tashkil qilish metodi ( поточный метод организации производства) -texnologik jarayon buyicha joylashgan ish joylarida asosiy, yordamchi, xizmat ko ‘rsatuvchi ishlab chiqarish operasiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilib, vaqt va fazo bo ‘yicha ritm asosida ishlab chiqarish takrorlanishiga asoslangan metod.
Ishlab chiqarishni partiyali tashkil qilish metodi ( партионный метод организации производства) - davriy ravishda chegaralanmagan nomenklatura asosida ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish metodi.
Ishlab chiqarishning proportsionallik darajasi ( пропорциональность производства) mahsulot ishlab chiqarish bo ‘yicha har bir ish joyining ishlab chiqarish topshirig ‘i va o ‘tkazish qobiliyati kattaligi orasidagi farq.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin