Sanoat marketingini tashkiliy tuzilishi quyidagi yo’nalishlardan biriga mos kelishi mumkin:
funksiyalar bo’yicha
tovarlar bo’yicha
bozorlar va xaridorlar bo’yicha
mintaqalar bo’yicha
funksiyalar va tovarlar bo’yicha
funksiyalar va mintaqalar bo’yicha
Funksionaltipdagi tuzilish
tovarlari va bozorlari soni kam bo’lgan korxonalar uchun mos keladi.
Bu holatda bozorlar va ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
Ishlab chiqarish va sotishning maxsus sharoitlarini talab qiladigan ko’plab miqdordagi har xil tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun marketingni tovarlar prinsipi bo’yicha tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Konkret tovar marketingi keyingi vaqtlarda katta ahamiyat kasb etmoqda, chunki bozori rivojlangan mamlakatlarda tovar differensiatsiyasi (tabaqalashganligi) raqobat kurashining asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan tovar bo’yicha boshqaruvchining faoliyati muhimdir. Uning majburiyatlari doirasi turli firmalar(korxonalar)da har xil.
U bir qator ustunliklarga ega. Ma’lum bir tovar bo’yicha boshqaruvchi ushbu tovar bo’yicha butun marketing kompleksini muvofiqlashtiradi va bozorda yuzaga kelayotgan muammolarga tezroq aks ta’sir ko’rsatadi.
Bozor bo’yicha boshqaruvchi lavozimining kiritilishi xaridorlarning talablarini diqqat markaziga qo’yadi. Har bir bozor uchun o’z marketing strategiyasi ishlab chiqilish zarur.
Biror sanoat tarmog’i yoki bir turdagi xaridorlar segmenti bozor o’rnini bosishi mumkin. Bozor bo’yicha boshqaruvchi lavozimining kiritilishi xaridorlarning talablarini diqqat markaziga qo’yadi. Har bir bozor uchun o’z marketing strategiyasi ishlab chiqilish zarur.
Tovarlar maxsus xizmat ko’rsatishni talab qiladigan turli bozorlarda o’z mahsulotini sotuvchi korxonalar uchun marketingni bozorlar bo’yicha tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Ko’plab mintaqalar tomonidan sotib olinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing tuzilishi mintaqalar bo’yicha tashkil qilinishi mumkin.
Bunda har bir mintaqada mazkur tovarni iste’mol qilish xususiyatlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Mintaqalar prinsipi bo’yicha marketingni tashkil qilishda savdo agentlari xizmat ko’rsatilayotgan hudud doirasida yashashi va borib-kelishlarga mablag’ hamda vaqtni eng kam sarf qilgan holda ishlashi mumkin.
Xuddi tovarlar va bozorlarga mo’ljallangan tuzilishlar kabi bunday marketing tuzilishida ham uchraydigan kamchilik bir ishning takroran bajarilishi, ushiningdek faoliyatni muvofiqlashtirishdagi muammolar bo’lishi mumkin.
Korxonaning marketing tuzilishini tashkil qilishda uni tashkil qilishning quyidagi prinsiplariga rioya qilish zarur.
Maqsadlar birligi. Quyidagilar bazaviy maqsadlardir:
foydaning sotuv hajmiga nisbati,
kapital tuzilishi (ya’ni subsidiyalashgan kapital hissassi).
sotuvlar hajmi, foyda, bir aksiya daromadi, korxonaning bozordagi ulushi,
Bunda maqsadlar bir-birini inkor qilmasligi zarur.