Sanoat korxonalarida tovar-moddiy zahiralar hisobini takomillashtirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati kirish



Yüklə 30,01 Kb.
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü30,01 Kb.
#114826
1   2   3
“Korxona iqtisodiyoti” fanidan kurs ishi

T/r

Tovar (xizmat)lar nomi

Tovar (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi

Tovar/ xizmat shtrix kodi

O‘lchov birligi

Miqdori

Narxi

Etkazib berish qiymati

QQS

stavka

summa

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1




























2


































Jami













Rahbar________________________

Tovarni berdim _______________


(yetkazib beruvchi mas’ul shaxsining imzosi)

Oldim ________________
20__ yil “___” ______dagi
_____-son ishonchnoma
bo‘yicha

Haqiqatda kirim qilingan TMZlar va yuborilgan hujjatlar orasidagi tafovut aniqlansa,TMZlarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.(jadvalga qaralsin) Bu dalolatnomamol etkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdorlarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari,ombor mudiri va ta’minot bo’limi vaqilining albatta ishtirokida komissiya tomomnidantuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtiriladi.


Mavjud tovar hujjatlariga muvofiq kelmaganda tuziladigan dalolatnoma Materiallarning ichki bir ombordan boshqa omborga, bir tsexdan boshqa tsexga siljishi ishlab chiqarishda foydalanilmagan TMZlarni chiqindilarini omborga qabul qilish yuk xatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Qaytarilgan chiqindilarni topshirish ishlab chiqarishda foydalanmagan TMZlarni qaytarish, ombordan omborga TMZlarni o’tkazish TMZlarni boshqa tashkilotlarga yoki shaxslarga sotish yuk xatlari nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi. Ombordan TMZlarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli xatlar yoki ( egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar), mansabdor shaxslarning og’zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan TMZlarni berishga ham yo’l qo’yilmaydi.
Kamomadning umumiy summasini aniqlash uchun: 1. Temir yo’l tartibi summasining (8000 so’m) qo’shilgan qiymat solig’isiz (QQS) sotuv narxlari bo’yicha TMZlar qiymatiga foizli nisbatini aniqlash lozim. U 13,3%ni tashkil etadi. (8000 so’m: 60000 so’m x 100%). 2. QQS ni hisobga olgan xolda kamomad summasini aniqlash lozim. U 12236 so’mga teng (9000so’m + 1197 so’m x 1,20).
Yuk schyoti to’langandan sung kelib tushgan bo’lsa quyidagi yoziladi:
1010 schyot debeti – 57803 so’m.
6410 schyot debeti – 11561 so’m.
6210 schyot debeti – 12236 so’m.
6010 schyot krediti – 91600 so’m.
Agar yuk kelib tushgan paytda xo’jalik yurituvchi sub’ekt etkazib beruvchining schyotini to’lamagan bo’lsa, bu yuk haqiqiy etkazib berilishi bo’yicha kirim qilnadi..
1010 schyot debeti – 57803 so’m.
6410 schyot debeti – 11561 so’m.
6010 schyot krediti – 79364 so’m.
Buxgalteriya hisobi schyotlarda faktura qilinmagan va yo’lda kelayotgan TMZlar bo’yicha muomalalarni aks ettirish paytida, ayniksa kip xatolar uchraydi. Mol etkazib beruvchidan TMZlar ularni tilash uchun schyoti kursatilmasdan oldin mol etkazib berilsa, ular faktura qilinmagan hisoblanadi.
Bu holda TMZlar QQS siz xarid narxlari bo’yicha kirim qilinadi. Mol etkazib beruvchining schyoti kelib tushganda xarid narxlari bo’yicha TMZlar qiymatining avvalgi yozuvi stornirovka qilin adi va to’lov uchun kursatilgan schyot summasiga natijali yozuvqilin adi. Masalan, yanvarda 66000 so’mlik yuk faktura qilin masdan etkazildi. Fevralda tulash uchun 83400 so’m taqdim etildi, bunga QQS ham kiradi.
Quyidagi yozuvlar qilinadi:
Yanvarda: 1010 schyot Debeti – 66000 so’m
6010 schyot Krediti (QQS hisobga olinmaydi.)
Fevralda: a) stornirovka yozuvi: 1010 schyot Debeti – 66000 so’m
6010 schyot Krediti - 66000 so’m
b) natijali yozuv: 1010 schyot Debeti – 66000 so’m
6410 schyot Debeti – 17400 so’m.
6010 schyot Krediti – 83400 so’m.
Faktura qilinmagan yuklar oy oxirida moddiy boyliklar va to’lash uchun taqdim etiladigan schyotlarning amaldagi kelib tushishi xaqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Mol etkazib beruvchi o’z vaqtida ogohlantirildi: unga TMZlar qabuli hakida dalolatnoma ilova qilingan xat yuboriladi (M-7 shakl).
Agar haqi to’langan bo’lsayu (6010 schyot Dt, 5110 schyot KT) oy oxirigacha kelib tushmasa TMZlarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi hisobot oyida shartli ravishda (1010,1210 schyot Dt, 6010 schyot Kt) kirim qiladi.Bu TMZlarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt balansida ishlab chiqarish zahiralari tartibida aks ettirish uchun shunday qilinadi. Keyingi oyda TMZlar o’sha korrepondentsiyada stonirovka yozuvi bilan qayd etiladi; bk amalda kelib tushganligiga qarab yana kirim qilinadi.
Materiallar harakatini hisobga olish bo’yicha hujjatlar.
Materiallarning korxonaga o’z vaqtida keltirilishini ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo’yicha shikoyat va da’volar qo’yish, korxonaga o’z vaqtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta’minot bo’limi ekspeditori yetkazib beradi.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi birinchi navbatda idish va tamg’a holati sharoitlarining buzilmaganligiga amin bo’ladi, materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan hodimlar ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo’yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.
Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo’yicha beriladigan Tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Berilgan ishonchnomalar “Ishonchnomalar jurnalida “ro’yxatga olish bilan asmiylashtiradi.
Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning so’ngi varag’ida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda … varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko’rsatiladi. Ishonchnomalar korxona buxgalteriyasi tomonidan ishonchnomalarni hisobga oladigan,raqamlangan va ip bilan tikilgan “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali” da ro’yxatdan o’tkaziladi. Jurnalning so’nggi varag’ida korxona rahbari rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda … varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko’rsatiladi. Ishonchnomalar daftari va berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali ishonchnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun mas’ul bo’lgan shaxsda saqlanishi mumkin Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar bo’yicha tegishli boyliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bog’liq ravishda belgilanadi, biroq u qonun hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. Ishonchli shaxsni unga berilgan, amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar bo’yicha boyliklarni olish huquqidan mahrum qilish chog’ida Tovarmoddiy boyliklarni oluvchi tegishli ishonchnomalarning darhol bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma bo’yicha boyliklarni berish to’xtatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan shartnomalar bo’yicha boyliklarni berganlik uchun yetkazib beruvchi javobgar bo’ladi. Ishonchli shaxs boyliklarni olgandan so’ng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan Tovar-moddiy boyliklar omborga topshirilganligi to’g’risida hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak. Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi to’g’risida ishonchnomalar daftarining tubida va berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ( “Ishonchnoma bo’yicha topshiriqlar bajarilganligi to’g’risida qaydlar” ustunida ) qayd etiladi.
Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan tasdiqlanadi va ularni ro’yxatdan o’tkazish uchun javobgar bo’lgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolotnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo’q qilinadi. Korxona ishonchnomalari bo’yicha tovarmoddiy boyliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
-to’ldirish tartibini buzgan holda yoki to’ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
-tuzatilgan va bo’yalgan joylari mavjud bo’lgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
-ishonchnomada ko’rsatilgan passport taqdim etilmaganda;
-ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
-qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to’g’risida xabar olinganligida;
-uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridek shaxsning faoliyati to’xtatilganda;
-ishonchli shaxs layoqtsiz, cheklangan layoqatli deb tan olinganda.
Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar (schyot-faktura, to’lov talabnomasi, spesifikasiya, tovartransport yukxatlari)ga muvofiqligini tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to’la muvofiq bo’lsa, omorchi kirim orderi tuzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo’yishga ruhsat etiladi.
Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki xolis korxona vakili, ombor mudiri va ta’minot bo’limi vakilining majburiy ishtirokida komissiya tomonidan tuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Materiallarning bir ombordan boshqa omborga ichki harakati yoki ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar, shuningdek chiqindilar topshirilishida yukxat tuziladi, rasmiylashtiriladi. Hisobdor shaxslar tomonidan materiallarni jismoniy shaxslardan xarid qilganlarida ular materiallar naqd pulga xususiy shaxslardan xarid qilishda tuziladigan dalolatnoma yoki ma’lumotnoma bo’yicha boyliklarni topshiradilar.Chiqim hujjatlari materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga (mahsulot tayyorlash), xo’jalik ehtiyojlariga (binolarni ushlab turish, tamirlash ishlari) nolikvid materiallarni sotishga jo’natishni aks ettiradi. Bularga talobnoma cheklab olish xaritalari, yukxatlar kiradi.Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan jo’natilishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar iste’molchilar, yani sex, bo’lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi.Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli xatlar yoki mansabidan qat’iy nazar mansabdor shaxslarning og’zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan materiallarni berishga ham yo’l qo’yilmaydi. Kirim va chiqim hujjatlari operasiya sodir bo’lgan kunida rasmiylashtiriladi.
Ombordagi materiallar hisobi: Omborlarda materiallar hisobi omborchi tomonidan miqdor , turkum va sort bo’yicha ombor hisobi varaqlari bilan olib boriladi.Ombor hisobi varaqlari materiallarning har biri turi, navi, xili bo’yicha buxgalteriya tomonidan alohida ochiladi.Olingan ombor hisobi varaqasida omborchi ushbu materiallar saqlanadigan joyni ( tokcha, yacheyka va x.k.) yozib qo’yadi. Saqlanadigan joyga materiallarning yorlig’I biriktiladi. Har kuni yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatidan materiallarning qoldig’ini hisoblab chiqaradi. Jadvalda belgilangan muddatlarda omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi.
Ro’yxatning birinchi nusxasiga birlamchi hujjatlarni tikib, uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalter bu ro’yxat va unga biriktirilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqadi, keyin tekshirilganligini ro’yxatning ikkinchi nusxasida imzo bilan tasdiqlaydi, tasdiqlangan nusxa omborchida qoladi.Buxgalter ombordagi eng avvalo kamyob, qimmatbaho materiallarning haqiqiy qoldiqlarini tanlab nazoratdan o’tkazib, bu to’g’rida varaqlarga Moddiy javobgar shaxslarning ishida aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilagan holda tekshirish sanasini va imzo qo’yib tasdiqlaydi. Tanlab tekshirish natijalari bo’yicha maxsus ombor daftariga bildirishlar yozilib bosh buxgalterga xabar qilinadi. Har oyning birinchi kuni holati bo’yicha moddiy javobgar shaxs varaqalardagi miqdor qoldiqlarni materiallar qoldig’ini hisobga oluvchi saldo daftariga ko’chiradi. Bu daftar har bir ombor uchun alohida bir yilga ochiladi.
XULOSA
Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarini aniq belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob’ektlarida xam ko’zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi:
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o’rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o’rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil – bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni. Yangi tahrirda 2013 yil 01 mayda 352-son bilan tasdiqlangan.
2. O‘zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuni. 2016 yil 13 aprelda tasdiklangan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chikarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi hakidagi Nizom".
4. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish koidalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i.
Yüklə 30,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin