Bashoratning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir.
2. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish Basharot – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to`g`risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya`ni kelajak- Ni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko`ra bilish deb ataladi. Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo`lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro`y berayotgan o`z- garishlarni inobatga olgan holda vaqt bo`yicha aniqlanadi va belgi- lanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko`ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo`linadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtiso- diy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashti- rish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy ri- vojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turi- ning soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona faoliyatining yil- lik rejasi deb ataladi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalash- tirishning davomi bo`lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada