Sanoat korxonalarini statistik rejalashtirish


Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi



Yüklə 251,9 Kb.
səhifə4/4
tarix09.06.2023
ölçüsü251,9 Kb.
#127337
1   2   3   4
SANOAT KORXONALARINI STATISTIK REJALASHTIRISH

4. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi
Tadbirkorlik – korxonalar xo`jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo`lib, foyda (daromad) olish va uni ko`paytirishga qaratilgan bo`ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg`amlikka berilish, turg`unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lmasa, demak, u bo`sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o`tkazib o`tiruvchi shaxs hisoblanadi.
«Bozor tadqiqoti va tahlili» bo`limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko`rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag`batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko`rsatib o`tish mumkin.
«Tavakalchilik va sug`urtalashni baholash» bo`limi ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong`in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug`urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo`limi bo`lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
  • savdo hajmining bashorati;
  • pul daromadlari va xarajatlari balansi;
  • foyda va zarar bo`yicha reja.
  • Mazkur rejaning ko`rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish

  • mumkin:
  • tovarlarni sotishdan tushgan daromad;
  • ishlab chiqarish xarajatlari;
  • savdodan tushgan umumiy foyda;
  • sof foyda;
  • korxona aktiv va passivining solishtirma balansi;
  • zararsizlikka erishish grafigi.

34-11 MNDT guruh
Soyibov
Sunnat
E’tiboringiz uchun raxmat !
Yüklə 251,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin