162
rasm) vertikal tik joylashgan konussimon naycha 1 va pukak (qalqovich) 2 dan
iborat.
Laboratoriya va sanoatda shisha (sarfni joyida o‘lchaydigan) va metalldan
yasalgan (ko‘rsatishlarni masofaga uzatadigan) rotametrlar foydalaniladi.
111-rasmda shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi ko‘satilgan. Bu
asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida o‘rnatilgan konussimon shisha naycha 2
dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi
ta’sirida tik harakat qiluvchi pukak 1 bor. Acbobning shkalasi 3
bevosita naycha
ustiga (chizish yo‘li bilan) darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki
gorizontal tekisligi bo‘yicha olib boriladi.
112-rasmda ko‘rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator orqali
uzatadigan rotametr sxemasi keltirilgan. Rotametrning o‘lchash qismi diafragma 2
va silindrik metall korpus 1 dan iborat. Diafragma 2 teshigida shtok 4 ga
o‘rnatilgan konussimon pukak 3 harakat qiladi. Shtokning ustki qismida
differensial transformatorli o‘zgartgich-ning o‘zagi 5 o‘rnatilgan. O‘zak naycha 6
ichida joylashgan, naycha tashqarisida esa o‘zgartgichning g‘altagi 7 bor.
Shkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi
ikkilamchi differensial-
transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi
ta’siridagi muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 mPa) chiqariladi.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar.
O‘zgaruvchan sathli sarf
o‘lchagichlarning ishlash prinsipi
suyuqlikning idish
tubidagi yoki uning yon
devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o‘lchashga
asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar
sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va
suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar
barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu
asboblarning ishlatilishi cheklangan.
163
111-rasm. Shisha naychali rotametr
112-rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga elektr
differensial transformator yordamida
uzatadigan rotametr sxemasi.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish)
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi.
Sath balandligi
o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin.
Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli
silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi
uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon
devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi
u oqib chiqadigan teshikdan
yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida
joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki
chetidan baland bo‘lmasligi lozim.
164
113-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2
dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni
kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi
uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan.
Idishdagi suyuqlik
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli Pezometrik naycha 1
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining
zichligi va balandligi bilan, demak,
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pezometrik naychadagi gidrodinamik
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 113-rasmda keltirilgan sarf
o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari
tengligidadir.
113 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.
Dostları ilə paylaş: