Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray
3.14. Moddalar sarfini va miqdorini o‘lchash asboblari Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini va nazoratni samaradorligini
oshirish moddalar sarfi va miqdori bilan ham bog‘liq. Sanoatda asosiy texnologik
jarayonlar xomashyoning turli komponentlari va tashkil etuvchilarini yuqori sifatli
mahsulot olish maqsadida aralashtirish bilan ifodalanadi. Sarfni o‘lchash
tizimlarining qo‘llanilishi sarflanayotgan energiya tashuvchilarni (suv, bug‘, gaz,
yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha texnik masalalarning hal
qilinishini soddalashtiradi, jarayonlarni optimal rejimini ishlab chiqarishni shart
sharoitlarga bog‘liq holda tez aniqlash imkonini beradi.
Suyuqlik va gaz oqimi son jihatdan tezlik va sarf orqali ifodalanadi.
Sarf deb, bir birlik vaqt ichida truboprovod kesimidan o‘tayotgan gaz yoki
suyuqlik miqdoriga aytiladi.
Sarf Q hajm yoki M massa ifodalanishi mumkin. Moddaning hajmiy sarfi l/s,
m
3
/s, m
3
/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi.
Sarfni o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblarga
sarf o‘lchagichlar deyiladi.
Sarf o‘lchagichlar oniy sarfni o‘lchaydi.
Modda
miqdorini
o‘lchaydigan
asboblar
hisoblagichlar deyiladi.
Hisoblagichlar modda miqdorini istalgan vaqt maboynida (sutka, oy, yil)
o‘lchaydi. Modda miqdori hajm (litr, m
3
) yoki massa (kg, t) kabi birliklarda
ifodalanadi.
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va
tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik,
bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
1.
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar - o‘lchanayotgan muxit
oqimida joylashgan siquvchi qurilma-diafragmada bosim
farqini
o‘lchashga asoslangan;
2.
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar - o‘lchanayotgan muhit
oqimidagi gidrodinamik bosimni poplavka (ishchi yuza) orqali o‘lchashga
asoslangan;
160
3.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar;
4.
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar;
5.
Ultratovushli, issiqlik (kalorimetrik) va ionli sarf o‘lchagichlar;
6.
Taxometrik o‘lchash asboblari – o‘lchanayotgan muxit oqimida joylashgan
o‘lchash asbobining aylanuvchi qismini aylanishlar chastotasini o‘lchashga
asoslangan.
7.
Tezlik bosimi sarf o‘lchagichlar;
Bosimlar farqi orqali sarfni o‘lchash. Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar – quvurlardagi bug‘, gaz va suyuqliklarni sarfini o‘lchash uchun har
xil tipdagi bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlardan foydalaniladi. Sarfni
bunday o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq –
diafragma yoki soplo o‘rnatish natijasida xosil bo‘ladigan modda potensial
energiyasi (statik bosimi)ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan(109-rasm).
109-rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi:
a – diafragma (dumaloq teshikli yupqa disk); b – soplo (kirish qismi ravon toraygan,
chiqish qismi esa silindrdan iborat), c – Venturi soplosi, d – Venturi quvuri.
Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga
o‘rnatilib, sun’iy torayish hosil qilinadi. Modda quvurni torayish joyidan
o‘tayotganda uning tezligi (kinetik energiyasi) oshadi. Tezlikning ortishi oqimning
kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Natijada
161
to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi.
Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi
2
1