221
148-rasm. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi.
Ferrodinamik o‘lchash asboblari.
Ferrodinamik
asboblar Elektrodinamik
asboblarning bir turi bo‘lib, ularda magnit maydonini kuchaytirish uchun
qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amlari elektrotexnik po‘lat plastinkalar tarzida yig‘ilgan
magnit o‘tkazgichda joylashtiriladi. 149-rasmda ferrodinamik o‘lchash
mexanizimining konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan.
Ferrodinamik asboblarning afzalliklari: aylantiruvchi momentning kattaligi;
tashqi magnit maydoni ta’sirining va quvvat iste’molining kamligi.
Ferrodinamik asboblarning kamchiliklari: magnit o‘tkazgich mavjudligi
tufayli
aniqligi nisbatan past; chastota va temperatura o‘zgarishiga sezgirligi
nisbatan yuqori.
149-rasm. Ferrodinamik o‘lchash mexanizimi: 1- qo‘zg‘almas g‘altaklar; 2- qo‘zg‘aluchan
g‘altak; 3- magnit o‘tkazgich.
222
Ferrodinamik asboblar aylantiruvchi momenti katta bo‘lganligi sababli ular
o‘ziyozar asboblarda keng qo‘llaniladi. Chunki bunday asboblarda yozuvchi
peroning qog‘ozga ishqalanishini yengish uchun
ancha katta moment talab
qilinadi. Ferrodinamik asboblar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida va ko‘chama
ampermetr, voltmetr va vattmetrlar sifatida ishlatiladi. Elektrodinamik va
ferrodinamik logometrlar amaliyot faza siljishi,
chastota, sig‘im, induktivlik va
ko‘pgina noelektrik kattaliklarni o‘lchashda keng foydalaniladi.
Induksion o‘lchash asboblari.
Induksion o‘lchash mexanizimlarining
ishlash prinsipi bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchan magnit oqimlari mexanizmining
qo‘zg‘aluvchan qismida hosil qilingan toklari bilan o‘zaro ta’siri
natijasida
aylantiruvchi moment hosil bo‘lishi hodisasiga asoslangan. Ishlash prinsipiga ko‘ra
induksion o‘lchash mexanizimlari faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi
mumkin. Xususan, ular elektr energiya hisoblagichi (schotchiklar) sifatida
ishlatiladi.
Induksion o‘lchash asboblarida (150-rasm) qo‘zg‘almas
ikkita elektrmagnit
1 va 2 larning o‘zgaruvchan oqimlari o‘q 5 ga o‘rnatilgan aluminiy disk 4da tok
induksiyalanadi, bu toklar elektromagnitlarning magnit oqimlari bilan o‘zaro
ta’sirlashishi natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Schotchik kichik
o‘zgaruvchan tok dvigateli hisoblanadi, unda ikkita o‘zgaruvchan oqim aylanuvchi
magnit maydoni hosil qiladi. Schotchikning elektromagnitlarida biri ko‘p o‘ramli
chulg‘am 2 ga ega, unda induktiv qarshilik katta bo‘ladi va u yuklama qismlariga
voltmetr kabi parallel ulanadi.
150-rasm. Induksion o‘lchash mexanizmining tuzilishi.
223
Induksion o‘lchash mexanizimlarining asosiy afzaliklari: o‘z
maydonining
kuchliligi va buning natijasida magnit maydonlarning ta’siri sezilmasligi hamda
ortiqcha yuklamaga bardosh bera olishining ancha yuqoriligidir.
Bu asboblaning kamchiliklari: faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun
yaroqliligi; chastotaning o‘zgarishiga sezgirligi va aniqligining ancha pastligidir.
Dostları ilə paylaş: