29
vositalariga va boshqalarga bog‘liq. O‘lchashlar oldiga qo‘yilgan maqsadiga,
sohasiga va qo‘llanilish doirasiga, kattalikning xususiyatiga, o‘lchashlar soniga va
boshqalarga bog‘liq ravishda turlarga ajraladi. O‘lchashlarni amalga oshirishda
turli o‘lchash usullaridan, jumladan, bevosita baholash usuli, o‘lchov bilan
solishtirish, mos kelish, kontaktli o‘lchash, kontaktsiz o‘lchash va shu kabi
uslublardan foydalaniladi.
Kattaliklar ham bir qancha turlarga ajraladi. Har bir kattalik, asosan fizik
kattaliklar, o‘z birligiga ega. O‘lchash natijalarini ifodalashda kattaliklar
birliklarining ulushli va karrali, birliklar tizimiga kiruvchi va kirmaydigan
birliklaridan foydalanamiz. O‘lchash natijalarini ifodalashda, albatta, standartlar va
boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: