44
14-rasm. Qarshilikli g‘altakning ekvivalent sxemasi.
Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari
xuddi qarshilik o‘lchovlari kabi ayrim g‘altaklar ko‘rinishida yoki magazinlar
ko‘rinishida
yasalishi
mumkin. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
-
induktivlikning vaqt о‘tishi bilan о‘zgarmasligi, aktiv qarshiligining kichik bo‘lishi
hamda induktivlik qiymatining undan o‘tayotgan tok qiymatiga va atrof-muhit
temperaturaiga bog‘liq emasligidir. Shuning uchun ham chulg‘am izolyatsion
materialdan (odatda, chinnidan) yasalgan karkasga o‘raladi. Induktivlik va o‘zaro
induktivlik o‘lchovlarining sifati g‘altakning aslligi Q ga ko‘p jihatdan bog‘liq
bo‘ladi (Q=
L/R).
Induktivlik o‘lchovlari 0,0001, 0,001, 0,01, 0,1 va 1,0 Gn ga teng bo‘lgan
nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi.
O‘zaro induktivlikning namunaviy o‘lchovlari bitta umumiy karkasda
joylashtirilgan ikkita chulg‘amdan iborat bo‘lib, ikkita juft qismaga ega.
O‘zgaruvchan induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda
ishchi o‘lchovlari sifatida
variometrlar
qo‘llaniladi.
Variometrlar
- har biri
o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan
bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilmadir. O‘zgaruvchan induktivlik –
g‘altaklarning to‘plami ko‘rinishida, shuningdek, induktivlik magazinlar
ko‘rinishida yasalishi ham mumkin.
Induktivlik va o‘zaro induktiv g‘altaklar chastotasi 10 kGs gacha bo‘lgan
o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: