Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

2.5. O‘lchash o‘zgartkichlari 
O‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun 
qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan 
shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi 
o‘lchash o‘zgartkichi
deb 
ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgatkichi signallarini qabul 
qila olmaydi.


46 
O‘zgartirish xarakteri bo‘yicha o‘lchash 
o‘zgartkichlari parametrik
va 
masshtabli o‘zgartkichlar
ga bo‘linadi. 
Parametrik o‘zgartkichlar
da kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladi. 
Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi (termopara). Bunday 
o‘zgartkichning kirish kattaligi temperatura, chiqish kattaligi esa o‘zgarmas tok 
EYUK. 
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
- kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan o‘zgartkich. Masshtabli o‘zgartkichlar kattalikning qiymatini 
berilgan son marta uzgartirish uchun qo‘llaniladi. Masalan, kuchlanish o‘lchash 
transformatori. Bunday o‘zgartkichlarning kirish va chiqish kattaliklari bir xil 
bo‘ladi, faqat ularning o‘lchamlari (miqdor qiymatlari) har xil bo‘ladi.
O‘lchash zanjirida egallagan o‘rniga ko‘ra o‘zgartkichlar birlamchi va oraliq 
o‘zgartkichlarga bulinadi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash o‘zgartkichi ishining birinchi 
bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik 
qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. 
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki 
o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga 
uzatilishi mumkin. 
Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan 
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, o‘lchanayotgan fizik 
kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xillashgan) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan 
o‘zgartkichdir. 
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi
– o‘lchash axboroti signallarini masofadan 
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir. 
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
mexanik 
o‘zgartkichlar, 
elektromexanik 
o‘zgartkichlar, 
issiqlik 
o‘zgartkichlari, 
elektrokimyoviy o‘zgartkichlar, optik o‘zgartkichlar.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin