2.4. O‘lchovlar
O‘lchash vositalarining turlaridan biri o‘lchovlar bo‘lib, ular keng
tarqalgandir.
O‘lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan
o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlarning bir qancha turlari mavjud. Standart
namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna
– modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda
– muayyan tayyorlash sharoitida hosil qilinadigan, aniq
xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza temir”, “toza
suv”, “toza metall” va boshqalar.
Aniqligiga, ishlanilishiga ko‘ra o‘lchovlar
etalon
,
namunaviy
va
ishchi
o‘lchovlar
ga bo‘linadi. Namunaviy o‘lchovlar ishchi o‘lchovlarni va o‘lchash
asboblarini qiyoslash uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o‘lchashlarda namunaviy
o‘lchovlar bevosita qo‘llaniladi. Ishchi o‘lchovlar bir xil kattaliklardagi qator
o‘lchamlarni takror ko‘rsatish uchun hollarda ko‘p qiymatli qilib yasaladi.
O‘lchovlarni bir qiymatli va ko‘p qiymatli o‘lchovlarga ajratiladi.
Bir qiymatli o‘lchovlar
bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni qayta
o‘lchaydigan va kattalikning aniq bir qiymatini o‘zida saqlaydigan o‘lchovlardir.
40
Bir qiymatli o‘lchovlar kattalikning o‘lchash birligini yoki uning karrali
(yoki ulushli) qiymatlarini hosil qiladi.
Masalan, tarozi toshi, normal element, o‘lchash kolbasi, elektr qarshiligining
g‘altagi, doimiy sig‘im kondensatori va h.k.
Bir qiymatli o‘lchovlardan berilan oraliqda birlikning kerakli ulushli va
karrali qiymatlarni olish imkonini beradigan o‘lchovlar to‘plami va magazini hosil
qilinadi.
Bir qiymatli o‘lchovlarning maxsus tanlangan yig‘ilmasi
o‘lchovlar to‘plami
deyiladi. Bunda alohida bir qiymatli o‘lchovlarning to‘plamdagi nominal
qiymatlari aniq qoida bo‘yicha qo‘yiladi. Masalan, qadoq-toshlar to‘plami (11 -
rasm), uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari to‘plami (12 - rasm),
Konstruktiv jihatdan birlashtirilan va o‘lchovning kerakli qiymatlarini olish
uchun qayta ulash qurilmasi bilan ta’minlangan o‘lchovlar to‘plami
o‘lchovlar
magazini
deb ataladi.
O‘lchovlar magazini
- sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta
ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar
to‘plami. Masalan, elektr qarshilik magazini, induktivlik magazini, elektr sig‘im
magazini va sh.k.
Ko‘p qiymatli o‘lchovlar qator bir turdagi (turdosh) kattaliklarning har xil
o‘lchamlarini hosil qiladi. Masalan: ko‘p qiymatli o‘lchovlarga misol qilib,
millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich, elektr qarshiligining magazini va boshqalarni
keltirish mumkin.
Hozirgi paytda avtomatik o‘lchash tizimlarida maxsus boshqariladigan ko‘p
qiymatli o‘lchovlar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchovlar kattalikning talab
etiladigan qiymati qo‘l bilan boshqariladigan yoxud boshqaruvchi blokka
mikroprotsessor yordamida shakllangan maxsus signal (kod) berilishi bilan hosil
qilinadi. Bunga misol qilib, avtomatik bosim datchigi, kuchlanish, tok, chastota
kalibratorlarini ko‘rsatish mumkin.
41
11 - rasm. Tarozi toshlari to‘plami.
12-rasm. Uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari
(t o‘plam КМД №3 кл.0,1,2,3 p o‘lat) .
Dostları ilə paylaş: |