Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
2.2. O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari 
O‘lchash jarayonini amalga oshirish uchun o‘lchash asbobini tanlashda eng 
avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berish lozim bo‘ladi. Bu metrologik 
tavsiflarning kiritilishidan ko‘zlangan maqsad aniq o‘lchashlarni ta’minlash, 
o‘lchash vositasining o‘zaro almashinuvchanligiga erishish, o‘lchash vositasini 
solishtirish va kerakli aniqlikdagi o‘lchash vositasini tanlash, o‘lchash tizimlari va 
qurilmalarining xatoliklarini ularning metrologik tavsiflari asosida aniqlashga 
qaratilgan.
Me’yorlangan metrologik tavsiflar hujjatlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda 
o‘lchash vositasining quyidagi metrologik tavsiflari keng tarqalgan: 
O‘zgartirish funksiyasi
– buni analogli o‘lchash asboblarida shkala 
tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish 
funksiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv 
xatoliklarni esa kamaytiradi. 
Sezgirligi.
Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga 
nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash 
vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan 
aniqlanadi: 
;
X
/
Y
X
/
Y
Lim
S
0
X








Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan 
qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi 
bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: 
S = d

 /dx, 
bu yerda d

– asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi. 
Chiziqli statik xarakteristikaga ega bo‘lgan o‘lchash vositasining sezgirligi 
o‘zgarmas, nochiziq xarakteristikaga ega o‘lchash vositasining sezgirligi esa 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Sezgirlik ostonasi
– bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. 
(boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli 
o‘zgarishiga olib keladi. 


34 
S = Х
min

nоm
*100 %, 
bu yerda, 
Х
min
– o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir. 
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi
– o‘lchanayotgan kattalikning biror 
qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil 
bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi (9 – rasm): 

 = (А
0
’ – А
0
”)/А
хmах
*100 %, 
bu yerda,
 
А
O

,
 
А
0

– o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) 
takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga 
o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi. 
9 - rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi. 
 
Asbobning o‘lchash xatoligi.
Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy 
xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar haqida 
keyingi mavzularda batafsil ma’lumotlar berib o‘tiladi. 
O‘lchash diapazoni - 
bu о‘lchanayotgan kattalikning shunday qiymatlar 
sohasidirki, uning uchun о‘lchash vositasi xatoliklarning yо‘l qо‘yiladigan 
chegarasi me’yorlangan bо‘ladi. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. 
Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham 
beriladi. 
Xususiy energiya sarfi. 
Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning
o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini 
baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni 
bajarishda bu juda muhimdir. 


35 
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv 
ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni 
bajarishda juda muhimdir. 
Ishonchliligi (chidamliligi)
– o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash 
sharoitida, belgilangan 
vaqt 
mobaynida 
o‘z metrologik xususiyatlarini 
(ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi 
asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining 
ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va 
taxminan quyidagicha topiladi: 

 = n / n 
um 

bu yerda: 
n – 
ishonchlilikka sinalgan asboblar soni;
n
um
 
– umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni. 
O‘lchash asbobi ko‘rsatishining kechikishi
– uning inertsiyasini, ya’ni 
kattalik o‘zgargan vaqtdan ko‘rsatishining siljishigacha o‘tgan vaqtni ifodalovchi 
xarakteristikasi. 
О‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni 
qiyoslash
va 
kalibrlash
orqali amalga oshiriladi.
О‘lchash vositasining yaroqligini о‘rnatish maqsadida va ularning meyoriy 
hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bо‘yicha amalga oshiriladigan amallar 
majmui 
o‘lchash vositasini qiyoslash
deyiladi. Qiyoslashda metrologik tavsiflarni 
baholashdan tashqari zaruriy hollarda o‘lchash vositasining xavfsizlik tavsiflari 
ham baholanadi. Qiyoshlashda etalondan foydalaniladi va qiyoslash ishlari 
qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga muvofiq, 
maxsus attestatlangan mutaxassislar tomonidan bajariladi.
О‘lchash vositasini qiyoslash davlat metrologik nazoratining zaruriy turi 
bо‘lib, davlat metrologik xizmatining akkreditlangan organlari va yuridik 
shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. О‘lchash vositasini 
qiyoslash bо‘yicha asosiy talablar “Ўз.РСТ8.003-92 ГСИ Уз Поверка СИ. 
Основние положений” standarti asosida belgilanadi. 
Qiyoslashning uchta turi mavjud: 
birlamchi, majburiy davriy va navbatdan 
tashqari



36 
1). Birlamchi qiyoslashga ishlab chiqarishda va ta’mirlashda bо‘lgan, turi 
tasdiqlangan o‘lchash vositasining har bir nusxasi tortiladi. 
2). Majburiy davriy qiyoslashga Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
ta’sir doirasida bо‘lgan o‘lchash vositalari ekspluatatsiya jarayonida tortiladi. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida bо‘lgan o‘lchash 
vositalari qiyoslashga ixtiyoriy asosda tortiladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslashlarning davriyligini О‘zstandart Agentligi 
belgilaydi. 
3). О‘lchash vositasining navbatdan tashqari tekshiruvi inspeksiya 
maqsadlarida о‘tkaziladi. 
Davlat 
metrologiya 
tekshiruvi 
va 
nazorati 
doirasidan 
tashqarida 
qо‘llaniladigan o‘lchash vositasi ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga 
tortiladi.
Kalibrlash
– bu o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tavsiflarini 
aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar 
majmuidir. Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasi ko‘rsatadigan, o‘lchanayotgan 
kattalikning haqiqiy qiymatlarini yoki uning ko‘rsatuvlariga kiritiladigan 
tuzatishlarni aniqlashga yoki bu vositalarning xatoligini baholashga imkon beradi 
(OzDSt 8.010.3:2004 O‘zR O‘BTDT. Metrologiya. Atamalar va ta’tiflar. 3-qism. 
Metrologik xizmat). 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin