Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Elektr va magnit kattaliklarning o‘lchovlari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Elektr va magnit kattaliklarning o‘lchovlari.
Elektr kattaliklarning o‘lchovi 
sifatida elektr yurituvchi kuch (EYUK) o‘lchovi, elektr qarshiligi o‘lchovi, elekrt 
induktivligi va o‘zaro induktivligi o‘lchovi, sig‘im o‘lchovi qo‘llaniladi.
Magnit kattaliklarning o‘lchovi sifatida esa magnit oqimi, magnit maydon 
kuchlanganligi va magnit induksiya o‘lchovlaridan foydalaniladi. 
EYUK ning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida normal elementlar 
xizmat qiladi, u juda barqaror qiymatli EYUK hosil qiluvchi galvanik elementdan 
iborat. Normal elementlar to‘yingan va to‘yinmagan holda yasaladi, ular bir-
biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi EYUKning barqarorligi darajasi bilan farq 
qiladi. To‘yingan normal element (13- rasm) H simon idishning bitta shisha 
trubkasiga musbat elektrod vazifasini o‘tovchi simob (2) quyilgan. Ikkinchi 


42 
trubkaning tagida manfiy elektrod (3) vazifasini o‘tovchi kadmiyning simobdagi 
eritmasi bor. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat aralashmasidan 
iborat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2) sulfat oksidi depolyarizator, 
ya‘ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‘taydi. Idishning yuqori qismiga 
kadmiy sulfatning to‘yingan eritmasi (5) quyiladi. Eritmaning to‘yinishini 
ta’minlash uchun elektrodlar ustidan kadmiy sulfatning kristallari (4) 
joylashtirilgan. Bu tirsaklarning pastki qismini normal elementni o‘lchash zanjiriga 
ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlangan. Shisha idish yaxshi 
izolyatsiyalangan quti ichiga joylashtiriladi, unda termometr uchun teshik bor 
(rasmda ko‘rsatilmagan). 
To‘yingan normal elementning temperaturai 20 °C bo‘lganda, EYUK 
1,0185 

1,087 V oraliqda bo‘lishi va bir yil vaqt ichida 5 mkV dan o‘zgarmasligi 
lozim. Bu elementlar 0,0005; 0,0012; 0,002 va 0,005 aniqlik sinflari bo‘yicha 
ishlab chiqariladi. To‘yingan normal elementlarning ichki qarshiligi 500 - 1000 
Оm ni tashkil etadi. 
To‘yingan elementlarning aniqlik sinfi 0,002 dan oshmaydi, 20 
0

temperaturadagi EYUK 1.0186

1.0194 V oralig‘ida ichki qarshiligi 600 Om gacha 
bo‘ladi. Bir yil vaqt mobaynida elementning EYUKi 20 mkV gacha o‘zgarishi 
mumkin. To‘yinmagan elementlarning aniqlik sinfi yuqori bo‘lmasa-da, ularda 
EYUK ning temperaturaga bog‘liqligi juda kam. Bu turdagi normal elementlar 
ko‘chma o‘lchash qurilmalarida ishlatiladi. 
13-rasm. To‘yingan normal 
element.
Elementlarni silkinish, to‘ntarilish, quyosh 
nuri, isituvchi va boshqa qurilmalar ta’siridan 
saqlash lozim. Ulardan o‘tayotgan ishchi tok 
miqdori 1mkA dan ortmasligi kerak. Bu kabi 
omillar elementning EYUK ini o‘zgartirishi yoki 
uni ishdan chiqarishi mumkin.
So‘nggi 
yillarda 
e.yu.k. 
ning 
ishchi 
o‘lchovlari 
sifatida 
o‘zgarmas 
kuchlanish 
kompensatsion 
mo‘tadillagichlari 
keng 
ishlatilmoqda. Bu qurilmalarda mo‘tadillovchi 


43 
element sifatida kremniy stabilitron – diod qo‘llaniladi.
Kompensatsion mo‘tadillagichlar 0,001%
0
C ga teng bo‘lgan temperatura 
koeffitsiyenti bilan katta yuklama toklarida ham kuchlanish mo‘tadilligini 
ta’minlash imkonini beradi. 
Elektr tokining o‘lchovi bo‘lib, massa o‘lchovi bilan tokli o‘tkazgichlarning 
o‘zaro ta’sir kuchi muvozanatlashadigan tokli tarozi xizmat qiladi. 
Ma’lumki, tok kuchining birligi amper bo‘lib, bu tok vakuumda joylashgan 
va cheksiz uzunlikka ega hamda bir-biridan o‘zaro 1 metr nasofada bo‘lgan ikkita 
ingichka o‘tkazgichdan o‘tganda, ular o‘rtasida har metr uzunlikda 2·10
-7
N kuch 
hosil bo‘ladi.
Elektr qarshiligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari g‘altaklar birgalikda 
qarshiliklar magazinini hosil qiladi. G‘altaklar, asosan, manganin (mis, marganes, 
nikel, aluminiyva teller qorishmasidan tayyorlangan sim yoki tasmasidan o‘ralgan) 
bo‘lib, u katta solishtirma qarshilikka (0,45 Om·mm
2
/m), kichik temperatura 
koeffitsiyentiga (10
-5
0
C) ga ega va mis bilan bargalikda juda oz (1 
0
C da 2 mkV) 
termo EYUK yuzaga keladi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin