Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
 
3.11. Massani o‘lchash asboblari 
Massa (grekcha 

so‘zidan olingan) – skalyar fizik kattalik bo‘lib, 
muhim fizik kattaliklardan biridir. Dastlab (XVII-XIXasrlarda) massa tushunchasi 
fizik obyektdagi “modda miqdori”ni xarakterlagan. Hozirgi zamonaviy fizikada 
“modda miqdori” tushunchasi tamoman boshqa ma’noni anglatadi.
Massani bir qancha ko‘rinishda talqin qilish mumkin: 
1)
Passiv gravitatsion massa – jismning qanday kuch bilan tashqi 
gravitatsion maydon bilan o‘zaro ta’sirlashishini ko‘rsatib beradi. Aslida bu 
massani zamonaviy metrologiyada tarozida tortib o‘lchash mumkin. 
2)
Aktiv gravitatsion massa - bu massa jismning o‘zi qanday gravitatsion 
maydon hosil qilayotganligini xaraterlab beradi va butun olam tortishsish qonunida 
namayon bo‘ladi.
3)
Inert massa - jismning inertligini ifodalaydi va Nyutonning ikkinchi 
qonunida yaqqol namayon bo‘ladi.
Gravitatsion va inert massalar bir-biriga teng va shu ularning qanday 
xarakterdaligini alohida ta’kidlamasdan, umumiy tarzda massa haqida gapiriladi. 


116 
Massaning qanday xarakter kasb etishi zamonaviy fizikada muhim ahamiyatga 
ega. 
Massani o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining bir qancha 
turlari mavjud. Ularning eng qadimgisi – bu tarozilardir.
Tarozi 
– jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha 
aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir.
Tarozilar kishilarning o‘zaro tovar ayirboshlash va savdo-sotiq ishlarini 
amalga oshirishdagi ehtiyoji asosida yaratilgan hamda savdo, ishlab chiqarish va 
fanning rivojlanishiga bog‘liq ravishda takomillashib borgan. Dastlabki tarozilar 
teng yelkali, uchlariga iplar yordamida maxsus o‘lchash idishlari – tarozi pallalari 
osilgan richagdan iborat bo‘lgan (69-rasm) va qadimgi Vavilon (eramizdan 2,5 
ming oldin) hamda Misrda (eramizdan 2 ming yillar oldin) savdo ishlarida keng 
qo‘llanilgan. Keyinchalik bir tomonida harakatlanuvchi toshi bo‘lgan, yelkalari 
teng bo‘lmagan tarozilar paydo bo‘ldi (70 - rasm). Bunday tarozilarning nazariyasi 
eramizdan oldingi IV asrda Aristotel tomonidan ham berilgan edi. XII asrda arab 
olimi al-Xaziniy tortiladigan yuk solinadigan idishli tarozi chizmasini yaratgan, 
bunday tarozilarnining xatoligi 0,1% dan oshmagan va ular turli jismlarning 
zichligini aniqlashda (qimmatbaho toshlarni, soxta tanga pullarni aniqlashda va 
h.k.) qo‘llanilgan. 1586 yilda Galiley zichlikni aniqlashda foydalanish uchun 
maxsus gidrostatik tarozi loyihasini yaratdi. Tarozilarnng umumiy nazariyasi Eyler 
tomonidan takomillashtirildi (1747 yil). 
Ishlab chiqarish va texnikaning rivojlanishi tifayli og‘ir massali jismlarni 
tortishga mo‘ljallangan o‘nlik (tarozi toshi massasining yuk massasiga nisbati 
1:10) tarozilar (Kvintens, 1818 yil) va yuzlik tarozilar (V.Ferbenks, 1831 yil) 
yaratildi. XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida buyumlarni oqim usulida 
ishlab chiqarishning qo‘llanilishi natijasida uzluksiz tortuvchi tarozilar (konveyr, 
dozirovkali va boshq.) yaratildi. Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va 
transportning turli sohalarida mahsulotlarning massalarini aniqlash uchun turli 
konstruksiyali va shaklli tarozilar qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotlar uchun esa aniqligi 
yuqori bo‘lgan tarozilar (analitik tarozi, mikroanalitik tarozi, tekshiruvchi tarozi, 
...) yaratildi.


117 
Tarozilarni qo‘llanilish sohasi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
etalon tarozilar (tarozi toshlarini qiyoslash uchun ishlatiladi); laboratoriya tarozilari 
(shu jumladan analitik tarozilar); umumiy qo‘llaniluvchi tarozilar (fan, texnika va 
xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘laniladigan tarozilar).
Ishlah prinsipiga ko‘ra esa quyidagi turlarga bo‘linadi: richagli tarozilar
prujinali tarozilar; elektrotenzometrik tarozilar; gidrostatik tarozilar va gidravlik 
tarozilar. 
69-rasm. Qadimgi Misr richagli tarozisi. 
70-rasm. Teng yelkali richagli tarozi sxemasi: О — 
tarozi shayini (AB) ning tayanch nuqtasi; С va P
0
— 
strelkali shayinning tortilish markazi va og‘irligi; ОС 
= с — shayinning tayanch nuqtasi bilan tortilish 
markazi orasidagi masofa; Р —jism og‘irligi; р — 
shayinning tortilish markazining siljishini 
muvozanatlashtiruvchi ortiqcha yuk; l — shayin 
yelkasi; r — strelka uzunligi; h — strelkaning 
og‘ishi.
71-rasm. Yelkalari teng bo‘lmagan richagli tarozining sxemasi: P – doimiy o‘zgarmas yuk; N – 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin