Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

ba
yelka bo‘ylab harakatlanuvchi tarozi toshi; 
b
va 
c
– prizmalar. 


118 
Ancha keng tarqalgan richagli tarozilarning ishlash prinsipi richaglarning 
muvozanat qonuniga asoslangan. Richagning tayanch nuqtasi markazda (tang 
yelkali richaglarda) yoki markazga nisbatan siljigan holatda (bir yelkali va 
yelkalari teng bo‘lmagan richaglarda) bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina richagli tarozilar 
turli xildagi richaglarning uyg‘unlashuvidan tashkil topgan. Richag tayanchi 
sifatida odatda prizma va maxsus po‘latdan yoki qattiq toshlar (agat, korund) dan 
tayyorlangan yostiqchalar xizmat qiladi. Teng yelkali richagli tarozilarda 
tortiluvchi yuk massasi tarozi toshlari massasi bilan tenglashtiriladi. 70-rasmda 
teng yelkali richagli tarozining sxemasi ifodalangan. 71-rasmda esa yelkalari teng 
bo‘lmagan richagli tarozi sxemasi berilgan. 
Richagli tarozilarda shkala bo‘linmasi qiymati 
s
quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
s = k (P
0
c / lg) 
bu yerda: 
P
0
– tarozi shayini massasi (strelka bilan birgalikda); 
c
tarozi shayini 
og‘irlik markazi bilan uning aylanish o‘qi orasidagi masofa; 
l
– tarozi shayini 
yelkasi uzunligi; 
g
– erkin tushish tezlanishi; 
k
– sanoq qurilmasida ro‘xsat etilgan 
usulga bog‘liq koeffisent. 
72-rasmda savdo sohasida ko‘p ishlatiladigan, stol ustiga qo‘yishga 
mo‘ljallangan richagli tarozining umumiy ko‘rinishi va sxemasi ko‘rsatilgan. 
a)
b)
72 - rasm. Stolga o‘rnatiluvchi siferblatli mexanik savdo tarozisi: 
a
– umumiy ko‘rinishi; 
b
– 
sxemasi: 1-asosiy teng yelkali richag; 2-tayanch prizma; 3 - 4 – yuk qabul qiluvchi prizmalar;
5–6 – tarozi pallalarini ag‘darilib ketishini oldini olish uchun ustun
; 7 – kvadrant (og‘ish 
burchagini o‘lchash qurilmasi); 8 – strelka; 9 – shkala.


119 
Prujinali va elektrotenzometrik tarozilarning ishlashi prinsipi Guk qonuniga 
asoslangan.
Prujinali tarozilarning sezgir elementi yassi spiralsimon prujina yoki 
silindrik shakldagi prujina bo‘lib, u yuk massasi ta’sirada deformatsiyalanadi. 
Tarozining ko‘rsatishi shkaladan prujinaga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich siljishiga 
qarab aniqlanadi. Yuklanish olinganda ko‘rsatkich yana boshlang‘ich holatiga 
qaytadi, demak prujinada qoldiq deformatsiya ko‘zatilmaydi. 
Aylanuvchi (torzion) tarozilarda sezgir element sifatida egiluvchan tola yoki 
spiral prujina xizmat qiladi (73-rasm). Yuk qiymati aylanish momentini hosil 
qiluvchi yuklanishga bo‘g‘liq ravishda prujina tolasining aylanish burchagi 
bo‘yicha aniqlanadi. 
Elkktrotenzometrik tarozilarning ishlash prinsipi elektr qarshiligining 
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda yuklanishning ta’sir kuchini qabul qilib oluvchi 
egiluvchan elementlarning deformatsiyalanishiga asoslangan. O‘zgartkich sifatida 
yuqori sezgirlikdagi simdan qilingan, egiluvhcan elementga biriktirilgan 
tenzometrlar qo‘llaniladi. Elektrotenzometrik tarozilar og‘ir yuklarni tortishda 
ishlatiladi, masalan, vagonlarning va avtomobillarning massasini aniqlashda. 74-
rsmda avtomobillarning massasini aniqllashda qo‘llaniladiga mexanik tarozining 
sxemasi keltirilgan.
73-rasm. Aylanuvchi (torzion) tarozi sxemasi: 1 – spiral prujinalar; 2- yukni siljitish uchun 
richag; 3- magnit tezlashtirgich; 4 – strelka; 5 – shkala. 


120 
74-rasm. Avtomobil tarozisining sxemasi. 
Rasmdan to‘rt sharnirli taroz platformasi 1 to‘rtta bo‘ylama richag 
2,14,17,18 larga tayanib turadi, bu richaglar avtomobil yurish yo‘nalishi bo‘ylab 
joylashgan. 17 va 18 richaglar 11 qutida joylashgan oraliq mexanizm bilan 15 va 
16 uzatuvchi richaglar hamda chiquvchi richag 3 va tyaga 4 yordamida 
bog‘langan. 2 va 14 richaglar chiquvchi richag bilan bevosita bog‘langan. Shunday 
qilib platformaning richagli mexanizmi richaglar yelkalari bilan bir xil bog‘liqlikda 
bo‘lgan kuch uzatish zanjiriga ega. Oraliq mexanizm ikkita bir-biri bilan 
bog‘langan 5 va 10 richaglardan tashkil topgan. Bu richaglar yana siferblatli 
ko‘rsatkichga tiyaga 9 orqali bog‘langan. Richag 10 ning yelkasiga ilgak 12 orqali 
tarozi toshlari 13 osilgan bo‘lib, ular tarozi platformasiga ta’sir etuvchi yuklanish 
qismini tenglashtiradi. Qolgan yuklanish qismi esa siferblatli ko‘rsatkichdagi 
kvadrant 7 orqali tenglashtiriladi.


121 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin