129
fazalaridagi muvozanat nuqtasi bо‘lgan suvning
uchlik nuqtasi muz erish
nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi.
O‘lchov va vaznlar bo‘yicha 1960-yilda o‘tkazilgan XI xalqaro konferensiya
qarorlarida ikki temperatura shkalasi: Kelvin gradusi (°K) o‘lchov birligi bilan
o‘lchanadigan termodinamik shkala va Selsiy gradusi (°C) o‘lchov birligi bilan
o‘lchanadigan xalqaro amaliy shkalalarning qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.
Kelvin
termodinamik shkalasidagi pastki nuqta - mutlaq nol nuqta (K) bo‘lib, yagona
eksperimental asosiy nuqta esa suvning uchlik nuqtasidir. Bu nuqtaning son
qiymati 273,15 °K. Suvning muz, suyuq, gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi
bo‘lgan suvning uchlik nuqtasi muzning erish nuqtasidan 0,01 К yuqoriroq turadi.
Termodinamik temperatura T harfi bilan, son qiymatlari esa °K bilan ifodalanadi.
Selsiy va Kelvin shkalalari bо‘yicha temperatura qо‘yidagicha munosabatda:
TK = t
o
C + 273.15.
Bu yerda TK-absolyut termodinamik shkaladagi K temperatura, t
o
S-xalqaro
amaliy shkaladagi
o
S temperatura.
Amaliy o‘lchashlarda ishlatiladigan xalqaro
amaliy temperatura shkalasi
termodinamik shkala ko‘rinishida ishlangan. Bu shkala kimyoviy toza
moddalarning bir qadar oson tiklanadigan o‘zgarmas qaynash va erish nuqtalari
asosida tuzilgan. Ularning sonli qiymati gazli termometrlar
orqali aniqlangan
bo‘lib, xalqaro amaliy temperatura shkalasi o‘lchov va vaznlar bo‘yicha
o‘tkazilgan XI umumiy konferensiyada qabul qilingan.
Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha o‘lchanadigan temperatura
t
harfi bilan,
sonli qiymati esa °C belgisi bilan ifodalanadi. Mutlaq termodinamik shkala
bo‘yicha ifodalangan temperatura bilan shu temperaturaning
xalqaro shkala
bo‘yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
T
Dostları ilə paylaş: