187
xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va
konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz
aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz
analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan
muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish
signalini unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga
ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilishda, tahlil qilinayotgan aralashma
tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi.
Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish
imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy
usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik
xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish
Dostları ilə paylaş: