Texnologik tarozilar.
Texnoloik tarozilar asosan kimyo-texnologiy
sohasida qo‘llaniladi. Ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: umumiy turdagi tarozilar
(platformali, siferblatli, vagon tarozilari, avtomobil tarozilari); maxsus tarozilar –
diskret (porsion) va uzluksiz totuvchi (konveyer) tarozilar; elektron tortish
qurilmalari; dozatorlar.
Porsion tarozilar tarasiz tarozilar, qadoqlash tarozilari va upakovkalash
tarozilariga bo‘linadi.
126
Porsion tarozilar moddalar va jismlarning bir bo‘lagi (porsiyasi) ning
massasini tortishda qo‘llaniladi, ular massasi grammning ulushlaridan bir necha
tonnagacha massali buyumlarni tortishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu tarozilarning
nisbiy xatoligi 01,-2,0% ga teng bo‘ladi. Quyidagi 83-rasmda porsion tarozining
porsion tarozining sxemasi berilgan.
83-rasm. Avtomatik porsiyalash tarozisi: 1-qo‘sh tarozi shayini; 2-cho‘mich (kovsh); 3-tarozi
toshini tutqich; 4-gravitatsion ta’minlagich; 5-qopqoq; 6-taglik; 7-tambalash (qulflash)
mexanizmi; 8-posangi.
3.12. Temperaturani o‘lchash asboblari
Temperatura
- (lotincha “temperature – meyoriy holatdan siljish” degan
ma’noni anglatadi) tizimlarning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi
fizik kattalik bо‘lib, jismlarning isiganlik darajasini bildiradi.
Deyarli barcha
texnologik jarayonlar va moddalarning turli xossalari temperaturaga bog‘liq.
Temperatura bosim va hajm bilan bir qatorda modda holatini tavsiflovchi
uchta kattalikdan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan
о‘lchashlarning 80% ini temperaturani о‘lchash tashkil qiladi, chunki
127
temperaturaning qiymati ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini, texnologik
jarayonlarni amalga oshish samarasini, texnologik jihozlarning xavfsiz ishlashini
belgilaydi. Temperatura moddaning issiqlik holatini tavsiflaydi va u modda
molekulalarining о‘rtacha kinetik energiyasiga proporsionaldir.
Temperatura jadal (faol, dinamik) kattalik (uzunlik, massa va boshqa ekstensiv
kattaliklardan farqli tarzda) hisoblanadi. Agar bir jinsli jismni teng ikkiga bо‘linsa,
unda uning massasi ham ikkiga ajraladi. Temperatura intensiv kattalik bо‘lib,
bunday additiv xossaga ega emas, ya’ni termik muvozanatga kiruvchi tizimning
ixtiyoriy mikroskopik qismi bir xil temperaturaga ega bо‘ladi. Shuning uchun ham
ekstensiv kattaliklarniki kabi temperaturaning etalonini yaratib bо‘lmaydi.
Temperaturani faqatgina bilvosita о‘lchash mumkin bо‘lib, bu jismlarning fizik
xossalarini temperaturani о‘zgarishiga bog‘liqligiga asoslanadi. Jismlarning bunday
xossalari
termometrik xossalar
deb ataladi. Ushbu xossalarga zichlik, uzunlik, hajm,
elektr qarshilik va boshqalar kiradi.
Turli xil usullar asosida turli vositalar bilan olingan о‘lchash natijalarini
unifikatsiyalash (bir xillashtirish) uchun xalqaro temperatura shkalasi qо‘llaniladi.
Temperaturani о‘lchash texnikasining taraqqiyotiga kо‘ra turlicha temperatura
shkalalari qо‘llanilgan: Xalqaro amaliy harorat shkalasi - XAHSH-27, XAHSH-68,
XAHSH-90 (raqamlar shkalalarning xalqaro miqiyosda qabul qilingan yilini
bildiradi).
Metrologik
jihatdan
qaraganda
temperatura
additivlik
qonuniga
bо‘ysunmaydigan kattalik hisoblanadi (
additivlik
– biror bir butun jismni
tavsiflovchi kattalikning qiymati shu jismni qay tarzda qismlarga ajratilganligidan
qat’iy nazar ajratilgan qismlarni tavsiflovchi kattaliklarni yig‘indisidan tashkil
topuvchi kattalikning xossasi). Shuning uchun ham temperaturani о‘lchash uchun
nafaqat о‘lchov birligi, balki temperatura funksional bog‘liq bо‘lgan, additivlik
qonuniga bо‘ysunuvchi biror bir kattalik (maslan, EYUK, qarshilik va shu kabi)
shkalasi ham kerak bо‘lib, shu katalik orqali temperatura aniqlanadi.
Temperatura o‘lchaydigan asbobni, ya’ni termometrni 1598-yilda Galiley
birinchi bo‘lib kashf etgan. Unda termometrik modda, ya’ni qizitilganda
128
kengayadigan modda sifatida suvdan foydalanilgan. So‘ngra M.V. Lomonosov,
Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan.
Dostları ilə paylaş: |