Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Bimetall termometrlar
. Ushbu termometrlarning ishlash prinsipi turli 
kengayish koeffitsiyentlariga ega bо‘lgan (bimetall) metallardan tayyorlangan ikki 
plastinalarning temperatura о‘zgarishiga bog‘liq tarzda bukilishiga asoslanadi. 
Bimetall plastinalar ikkita turli о‘lchash elementlari: 1) yassi elementli; 2) 
spiralsimon (yoki vintsimon) prujina asosida quriladi (89-rasm). 
Temperatura 
о‘zgarishi 
bilan 
bimetall 
plastinalarning 
mexanik 
deformatsiyalanadi. Kо‘rsatish diapazoni 1 yoki 2,5 aniqlik sinfi bilan о‘lchaganda 
-70 va 600 °C orasida yotadi.
Bimetall termometrlarning ishlash prinsipini quyidagi 90-rasmda keltirilgan 
sxema orqali tushuntirib berish mumkin. Bunda turli jinsli ikki metalldan 
tayyorlangan bimetall plastinkalar bo‘ylab elektr toki o‘tkazilganda ular issiqlik 
ta’sirida kengayadi. Pastki qora rangli metallning issiqlikdan kengayishi darajasi 
yuqoridagi plastinkaga nisbatan kattaroq bo‘lib, natijada bu plastinkalarning 
tutashish elementi tomonga egilishiga u bilan tutashishga olib keladi. Bu turdagi 
termometrlar signalisatsiya tizimida keng qo‘llaniladi. 
89-rasm. Bimetall termometr sxemasi: a- yassi elementli; b – spiralsimon elementli. 


139 
90-rasm. Bimetall termometrlarning ishlash prinsipi sxemasi. 
91-rasmda bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi ifodalangan.
91-rasm. Bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi. 
 
Termoelektr termometrlar va qarshilik termometrlari. 
Temperaturani 
о‘lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termopara) termoEYUK ni 
temperaturaga bog‘liqligiga asoslangan. Termopara ikkita xar xil metall о‘tkazgich 
(termoelektrod)dan tashkil topgan. Termoparaning ishlash prinsipi ikki xil 
metallar ulangan nuqtadagi temperatura о‘zgarganda, metallarning alohida 
uchlaridagi termoEYUK о‘zgarishiga asoslangan.
Termoparaning ikkita metall uchlari kavsharlangan uchi “issiq” ulanma, erkin 
uchlari “sovuq” ulanma deyiladi (16-rasmga qarang). A va B о‘tkazgichlar 
termoelektrodlar deyiladi. Temoparada hosil bо‘ladigan EYUK ga termoEYUK 
deyiladi. TermoEYUK xosil bо‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi kо‘proq 
metalning erkin elektronlar zichligi kamroq metalga diffuziyasi bilan izohlanadi.
Termoparaning “issiq” ulanmasi elektronlari qiziganda ularning harakat 
tezligi, “sovuq” ulanmaning elektronlari tezligiga nisbatan ortadi. Termoparaning 


140 
“sovuq” ulanma uchlariga manfiy zaryadlar, “issiq” ulanma uchlariga musbat 
zaryadlar tо‘plana boshlaydi. Bu potensiallarning farqi termoparaning 
termoEYUKni tagkil qiladi.
Tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi asosida ishlovchi 
termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan kelib chiqqan holda 
temperaturaning qiymatini kо‘rsatuvchi ikkilamchi asboblarni mujassamlashtirgan 
temperatura о‘lchash komplektiga 
qarshilik termometri
deyiladi. Temperaturani 
о‘lchash uchun qarshilik termoо‘zgartirgichini temperaturai о‘lchanayotgan 
muhitga tushirish va biror bir asbob bilan uning qarshiligini о‘lchash lozim. 
Qarshilik termoо‘zgartirgichi va temperatura о‘rtasidagi ma’lum bog‘liqlikka kо‘ra 
temperaturani qiymatini aniqlash mumkin. Demak, qarshilik termometrining sodda 
komplekti (92-rasm, 
a
)qarshilik termoо‘zgartirgichi (QT), qarshilikni о‘lchovchi 
ikkilamchi asbob (IA) va ularni о‘zaro bog‘lab turuvchi bog‘lash о‘tkazgichi (BО‘) 
dan (bog‘lash о‘tkazgichlari ikki, uch yoki tо‘rt ztkazgichli bо‘lishi mumkin) 
tashkil topadi.
Meyorlashtirilgan chiqish signalli termoо‘zgartirgichlarning sxemasi keng 
qо‘llaniladi (92-rasm, 
b
). 
 
92-rasm. Qarshilik termometrlarining sxemalari: 
a
-ikkilamchi asbobli termoqarshilik; 
b
-meyorlashtiruvchi о‘zgartirgichli termoqarshilik; 
QT – qarshilik termoо‘zgartirgichlari; IA, IA1, IA2 – ikkilamchi asboblar; AL – aloqa liniyalari; 
MО‘ – meyorlashtiruvchi о‘zgartirgich; TB 

tokli signallarni tarqatish bloki. 
Qarshilikli termoо‘zgartirgichlarni tayyorlashda sof metallar yoki 
yarimо‘tkazgichlar ishlatiladi. Sof metallar (masalan, platina, mis) ning elektr 


141 
qarshiligi temperatura ortishi bilan oshib boradi (ularning temperatura koeffisiyenti 
0,0065 K
-1 
ga yetadi, ya’ni temperatura bir gradusga oshganda qarshilik 0,65 % ga 
ortadi). Yarimо‘tkazgichli qarshilikli termoо‘zgartirgichlar 0,15 K
-1 
gacha tushib 
ketuvchi manfiy temperatura koeffisiyentiga ega (ya’ni temperatura ortishi bilan 
qarshilik kamayadi).
Ishnochligi yuqori va о‘lchami (gabariti) kichik bо‘lganligi uchun yarim 
o‘tkazgichli termistorli termometrlardan keng foydalaniladi. Bunda datchik sifatida 
MMT, ДBС va ДАС tipli tormoqarshiliklar – termistorlardan foydalaniladi. Bu 
termistorlarning elektrik qarshilishgi temperaturaning oshishiga bog‘liq holda 
kamayadi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin