Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Elektrodinamik
 
o‘lchash mexanizimi 
(148-rasm) qo‘zg‘almas g‘altak 4 va qo‘zg‘aluvchan g‘altak 3, porshen 2 va 
kamera 1 dan tashkil topgan. Bu asbobda aks ta’sir etuvchi moment tok 
o‘tkazuvchi spiral purjinalar 5 yordamida hosil qilinadi. Ko‘rsatgich esa o‘q 2 ga 
o‘rnatiladi. Elektrodinamik o‘lchash mexanizimlarida aylantiruvchi moment 
qo‘zg‘almas g‘altak magnit maydoni bilan qo‘zg‘aluvchan g‘altakdagi tokning 
o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘qqa yoki 
tortqilarga mahkamlangan bo‘ladi.
Elektrodinamik mexanizmlar asosida nafaqat ampermitr va voltmetrlar, balki 
bohqa kattaliklarni, masalan, aktiv quvvatni, o‘lchashda ham foydalaniladi. 
Elektrodinamik asboblarning afzalkillari: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan 
toklarda ko‘rsatishinining bir xilligi (g‘altaklar ketma-ket ulanganda) va 
ko‘rsatishning vaqt bo‘yicha mo‘tadilligidir. 
Elektrodinamik asboblarining kamchiliklari: sezgirligi pastligi; quvvat 
iste’molining kattaligi; asbob ko‘rsatishiga tashqi magnit maydon, temperatura, 
chastota o‘zgarishlari hamda mexanik zarba va vibratsiyaning ta’siri 
sezilarliligidir. Yuqorida keltirilgan afzaliklarga ko‘ra elektrodinamik o‘lchash 
mexanizmlar asosida aniqlik klassi 0,5, 0,2, 0,1 bo‘lgan ko‘p chegarali ko‘chma 
asboblar ishlab chiqarilgan. 


221 
148-rasm. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi. 
Ferrodinamik o‘lchash asboblari.
Ferrodinamik asboblar Elektrodinamik 
asboblarning bir turi bo‘lib, ularda magnit maydonini kuchaytirish uchun 
qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amlari elektrotexnik po‘lat plastinkalar tarzida yig‘ilgan 
magnit o‘tkazgichda joylashtiriladi. 149-rasmda ferrodinamik o‘lchash 
mexanizimining konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. 
Ferrodinamik asboblarning afzalliklari: aylantiruvchi momentning kattaligi; 
tashqi magnit maydoni ta’sirining va quvvat iste’molining kamligi. 
Ferrodinamik asboblarning kamchiliklari: magnit o‘tkazgich mavjudligi 
tufayli aniqligi nisbatan past; chastota va temperatura o‘zgarishiga sezgirligi 
nisbatan yuqori. 
149-rasm. Ferrodinamik o‘lchash mexanizimi: 1- qo‘zg‘almas g‘altaklar; 2- qo‘zg‘aluchan 
g‘altak; 3- magnit o‘tkazgich.


222 
Ferrodinamik asboblar aylantiruvchi momenti katta bo‘lganligi sababli ular 
o‘ziyozar asboblarda keng qo‘llaniladi. Chunki bunday asboblarda yozuvchi 
peroning qog‘ozga ishqalanishini yengish uchun ancha katta moment talab 
qilinadi. Ferrodinamik asboblar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida va ko‘chama 
ampermetr, voltmetr va vattmetrlar sifatida ishlatiladi. Elektrodinamik va 
ferrodinamik logometrlar amaliyot faza siljishi, chastota, sig‘im, induktivlik va 
ko‘pgina noelektrik kattaliklarni o‘lchashda keng foydalaniladi. 
Induksion o‘lchash asboblari.
Induksion o‘lchash mexanizimlarining
ishlash prinsipi bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchan magnit oqimlari mexanizmining 
qo‘zg‘aluvchan qismida hosil qilingan toklari bilan o‘zaro ta’siri natijasida 
aylantiruvchi moment hosil bo‘lishi hodisasiga asoslangan. Ishlash prinsipiga ko‘ra 
induksion o‘lchash mexanizimlari faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi 
mumkin. Xususan, ular elektr energiya hisoblagichi (schotchiklar) sifatida 
ishlatiladi.
Induksion o‘lchash asboblarida (150-rasm) qo‘zg‘almas ikkita elektrmagnit 
1 va 2 larning o‘zgaruvchan oqimlari o‘q 5 ga o‘rnatilgan aluminiy disk 4da tok 
induksiyalanadi, bu toklar elektromagnitlarning magnit oqimlari bilan o‘zaro 
ta’sirlashishi natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Schotchik kichik 
o‘zgaruvchan tok dvigateli hisoblanadi, unda ikkita o‘zgaruvchan oqim aylanuvchi 
magnit maydoni hosil qiladi. Schotchikning elektromagnitlarida biri ko‘p o‘ramli 
chulg‘am 2 ga ega, unda induktiv qarshilik katta bo‘ladi va u yuklama qismlariga 
voltmetr kabi parallel ulanadi. 
150-rasm. Induksion o‘lchash mexanizmining tuzilishi. 


223 
Induksion o‘lchash mexanizimlarining asosiy afzaliklari: o‘z maydonining 
kuchliligi va buning natijasida magnit maydonlarning ta’siri sezilmasligi hamda 
ortiqcha yuklamaga bardosh bera olishining ancha yuqoriligidir.
Bu asboblaning kamchiliklari: faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun 
yaroqliligi; chastotaning o‘zgarishiga sezgirligi va aniqligining ancha pastligidir.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin