Sanoat korxonalarining uzoq muddatli aktivlari va amortizatsiya siyosati”



Yüklə 94,87 Kb.
səhifə4/7
tarix25.04.2023
ölçüsü94,87 Kb.
#102343
1   2   3   4   5   6   7
Sanoat korxonalarining uzoq muddatli aktivlari va amortizatsiya

Inshootlar – texnikaviy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O`simlikchilikda unga suv minorasi, silos va senaj saqlash inshootlari, issiqxonalar, mahsulotlarni qisqa muddatda saqlash va tozalash maydonlari, sug`orish va quritish tarmoqlari kiradi. Chorvachilikda go`ng saqlash qurilmalari, suv chiqarish minorasi va qudug`i inshshoatlar turkumiga kiradi. Bulardan tashqari unga ichki xo`jalik foydalanishida bo`lgan yo`l va ko`priklar ham kiradi. O`tkazuvchi moslamalar fermer xo`jaligining gaz o`tkazish quvurlari, elektr va telefon tarmoqlarini o`z ichiga oladi.
Mashina va asbob-uskunalarga traktorlar, o`rim-yig`im kombaynlari, kuchlantirish mashinalari, turli dvigatel va transformatorlar, generatorlar, ish mashinalari va asbob-uskunalar, shu jumladan, ekish agregatlari, hosilni tozalash va quritish mashinalari, ekinlarga o`g`it solish, qishloq xo`jaligi ekinlarining kasalligi va turli zararkunandalariga qarshi kurashish uskunalari, traktor va mashinalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha garaj asbob-uskunalari, o`lchov va tartibga soluvchi uskunalar, moslamalar, hisoblash texnikasi hamda boshqa xil mashina va asbob-uskunalar kiradi. Chorvachilikda bu turkumga sut sog`ish uskunalari, muzlatkichlar, inkubatorlar, qo`ylarning junini qirqish agregatlari, ozuqa tayyorlash va tarqatish mashinalari ham kiradi.
Transport vositalari odamlar va yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga xizmat qiluvchi avtomashinalar, ot-aravalar, traktor pritseplari va boshqa vositalardan iborat bo`ladi.
Mahsuldor va ishchi hayvonlar voyaga etgan barcha turdagi mahsuldor chorva mollari va qishloq xo`jaligi ishlariga jalb etiladigan ish hayvonlarini o`z ichiga oladi.
Ko`p yillik daraxtlar ishlab chiqarishga taalluqli mevali, dekorativ va ihota daraxtlaridan tashkil topadi.
Ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladigan xo`jalik va idora inventarlari, jihozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, dastgohlar, suyuq va sochiladigan qimmatliklarni saqlashga mo`ljallangan idishlar (baklar, sandiqlar, qutilar) va boshqa buyumlardan iborat.

Yüklə 94,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin