Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi


Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish



Yüklə 395,29 Kb.
səhifə6/10
tarix16.03.2023
ölçüsü395,29 Kb.
#88193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7 u19 Radjabov Slide

4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish

  • 4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
  • Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
  • Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo’lib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o’z ichiga oladi.
  • Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi.
  • Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
  • O’zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi iqtisodiyot, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
  • Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo’lishiga imkoniyat yaratadi:
  • yagona texnik til;
  • mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni o’lcham ayirmasi (qo’yish va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar);
  • umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar);
  • texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi;
  • materiallar va moddalar xossalari to’g’risida aniq ma’lumotlar beradigan dalillarni.

Yüklə 395,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin