Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo’yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo’yicha korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o’stirishni asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o’zaro bog’liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to’la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o’sishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o’z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko’paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o’z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday subyektlarning ko’payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa aholining daromadlarini oshishi va turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi.
2. Mahsulot sifat ko’rsatkichlari va ularni baholash usullari
Sanoat ishlab chiqarishi o’z mahsulotlarining g’oyat turli-tumanligi, ya’ni xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko’ra har xil me’yor va xilma-xil sifat ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Lekin, ma’lum sanoat mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko’rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o’ziga xos ko’rsatkichlar qo’llanilishi mumkin.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo’yicha talabni qondirish ko’rsatkichlari. Bunday ko’rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko’rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishi mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko’rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o’lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo’ljallangan muddatda, o’z xizmat parametrlarini o’zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati - mo’ljallangan vaqtda, o’zining ishlash qobiliyatini o’zgartirmaslik xususiyatidir.
Texnologik ko’rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktortexnologik yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlardir. Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag’lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi.