Sanoatda innovatsion faoliyat va boshqaruvda innovatsiya jarayonlarini vazifalari


O’ZBEKISTON SANOAT TARMOG’IDA INNOVATSIYA STRATEGIYASINI QO’LLASH VA UNI AMALGA OSHIRISH



Yüklə 25,37 Kb.
səhifə4/4
tarix12.04.2023
ölçüsü25,37 Kb.
#96846
1   2   3   4
Sanoatda innovatsion faoliyat va boshqaruvda innovatsiya jarayon

O’ZBEKISTON SANOAT TARMOG’IDA INNOVATSIYA STRATEGIYASINI QO’LLASH VA UNI AMALGA OSHIRISH
Har qanday iqtisodiyotni, ayniqsa, uning muhim tarmog„i bo„lgan sanoat sohasini taraqqiy toptirish yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo qiladi. Chunki, bu mahsulot yoki xizmatning ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta'minlovchi omildir. Shu bois hozirgi vaqtda ilmiy ishlanmalardan foydalanishning samaradorlik darajasini oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish masalasining dolzarbligi yanada kuchaymoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq milliy qonunchilikni yaratishda aynan shu jarayonning huquqiy asoslariga bo„lgan e'tibor alohida o„rin tutdi. Zero, o„sha kezlarda qabul qilingan Fuqarolik, Jinoyat, Soliq kodekslarining intellektual mulkka oid normalari, shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to„g„risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko„rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to„g„risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to„g„risida”gi, “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to„g„risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to„g„risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to„g„risida”gi qonunlar ushbu sohaning ravnaqiga munosib hissa qo„shib kelmoqda. Pirovardida, ro„yxatga olingan ilmiy-texnikaviy yutuqlar soni yil sayin oshib bormoqda. Shunday ilmiy-texnikaviy yutuqlar sirasiga dunyoda birinchi bo„lib yarim nodir minerallarga atom reaktorining neytron va kobalt-60 izotopining gamma nurlari orqali ishlov berib, minerallarni to„la nodirlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilganligini mamnuniyat bilan misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi natijalar fuqarolarimizning Konstitutsiyamizda belgilab qo„yilgan ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan keng foydalanishi mahsuli bo„lib, ayni vaqtda mamlakatimizning 23 iqtisodiy qudratini yuksaltirishga, jahon hamjamiyati oldidagi mavqyeini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ham e'tirofga molikdir. Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko„p jihatdan innovatsion faoliyatga bog„liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Alohida qayd etish lozimki, fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar natijasida davlat ilmiy-texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining eng dolzarb masalalarini yechishga yo„naltirish, ilmiytexnika loyihalarini ekspertizadan o„tkazishni boshqa davlatlarda mavjud bo„lmagan - ochiq muhokama tarzida o„tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini manfaatdor korxonalarning mablag„larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi mexanizmlar joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi bilimlarni shakllantirishga yo„naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o„rta muddatli (3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa muddatli (2 yilgacha) innovatsion ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida shakllantirilmoqda. Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya ishlari” zanjiri bo„yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab chiqilib, undan samarali foydalanilmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash joizki, mamlakatimiz Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarga asoslangan fan va texnologiyalar taraqqiyotining 2012-2020 yillarga mo„ljallangan ustuvor yo„nalishlari respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlaridagi yechimini kutayotgan mavjud muammolarni hal qilishni, iqtisodiy rivojlanishda fan va ishlab chiqarish o„rtasidagi mutanosiblikni va innovatsiya faoliyatini ustuvor rivojlantirishni nazarda tutgan holda shakllantirildi. 24 Bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimizda innovatsiya sohasining o„ziga xos tarzda rivojlanib borishini ta'minlamoqda. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo„lsak, 2003-2006 yillar davomida 7 mingga yaqin ilmiy-texnikaviy yutuqlar ro„yxatga olingan bo„lsa, keyingi 5 yil oralig„ida ulardan yana 10 mingdan ziyodi ro„yxatlarda qayd etildi. Dunyoda birinchi bo„lib fizika sohasida - soliton va soliton komplekslarining paydo bo„lish mexanizmi aniqlanib, optik solitonlar nazariyasi hamda turli muhitlarda nochiziqli to„lqinlarning tarqalishi va evolyutsiyasi nazariyasi, matematika sohasida - kvant ehtimollar nazariyasi muammolarini yechish uchun yangi usullar yaratildi. Innovatsiya jarayonining iqtisodiyotdagi mavqyeini belgilashda Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag„batlantirish borasidagi qo„shimcha choratadbirlar to„g„risida”gi Qarorining ahamiyati alohida e'tirofga molikdir. Mazkur tarixiy hujjatga asosan ishlab chiqarishni o„rta va qisqa muddatlarda innovatsion rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Ayni paytda innovatsiya sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog„ini oshirishga, ushbu sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat to„g„risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bejizga ilgari surilmagan. Darhaqiqat, innovatsiya faoliyatini, ya'ni ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyati, yangicha qurilma, yangi usul, yangi moddalarni yaratish va ulardan foydalanish, mavjud qurilmalar, usullarni yangicha yo„sinda qo„llash maqsadida intellektual faoliyatning e'tirof etilgan natijalari (patent, guvohnoma, nou-xau)ni yaratish va foydalanishga yo„naltirish bilan bog„liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini yaratish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi. Shu o„rinda innovatsiya faoliyatini huquqiy tartibga solishning bugungi kundagi zarurati xususida ayrim fikrlarni bildirish joiz. Bular mahalliy ishlab 25 chiqaruvchilar, ilmiy-texnik muassasalar tomonidan yaratilgan innovatsiyalar va innovatsion loyihalarning shartnomaviy tartibini qonuniy jihatdan mustahkamlash, yaratilgan yangi innovatsiyalar, yangi texnologiyalar, yangi usullarning huquqiy maqomini belgilash, ilg„or innovatsion fikrlashni tarbiyalaydigan ta'lim tizimini ham huquqiy jihatdan mustahkamlab qo„yishdir. Shuningdek, chet eldan yangi texnologiyalarni, innovatsion ishlanmalarning olib kirilishiga keng imkoniyatlar yaratish va bunda xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish mamlakat iqtisodiy rivojlanishida alohida o„rin tutishidan kelib chiqib, innovatsiyalarni chet eldan jalb etishga nisbatan huquqiy talablarni yaratish, bundan tashqari, innovatsiya faoliyati sub'yektlarining huquqiy maqomini belgilash va ular faoliyati hamda huquqlari kafolatining asoslarini o„rnatish, innovatsiya dasturlariga homiylik qilish va davlat tomonidan ko„mak berishning huquqiy vositalarini ishlab chiqish kabilardir. Ishlab chiqilayotgan “Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat to„g„risida”gi qonun loyihasi mamlakatimiz manfaatlariga mos ravishda innovatsiyalar va innovatsion faoliyat tushunchalarini, innovatsiya faoliyati ob'yektlari va sub'yektlarini, ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini, faoliyat turlarini, bu boradagi davlat siyosatining asosiy yo„nalishlarini, innovatsion tashkilot va infratuzulmalarni, innovatsiyalar va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish kabi normalarni o„z ichiga olishi zarur, deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, innovatsiya loyihalarni amalga oshirishda davlat tomonidan beriladigan kreditlar, grantlar, ko„maklarning huquqiy asoslarini yaratish ham dolzarb hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, innovatsiya faoliyatini yo„lga qo„yishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. YUqorida qayd qilingan vazifalarni amalga oshirish va milliy innovatsion tizimni rivojlantirish huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mazkur qonunning qabul qilinishi milliy innovatsion tizimning strategik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi va kelgusida mamlakatimizda innovatsiyalar va innovatsion faoliyatni qo„llab-quvvatlashning huquqiy asoslari 26 yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini bundanda yuksaltirish istiqbollarini belgilab beradi, degan fikrdamiz.
Bank tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini keng ko„lamda tadbiq etish mamlakatimizda qisqa muddatda milliy to„lov tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. Xo„jalik yurituvchi sub'yektlar o„rtasida hisob-kitoblarni aniq vaqt rejimida amalga oshiruvchi bu tizim mamlakatimiz moliya bozori barqarorligini ta'minlamoqda. Bundan tashqari u davlatimiz pul-kredit siyosatini samarali yuritish, milliy va xalqaro to„lovlarni o„z vaqtida amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarishga sezilarli ta'sir ko„rsatmoqda. Hozirgi kunda milliy to„lov tizimi negizida Markaziy bankning yagona banklararo to„lov tizimi, 29 ta tijorat bankining ichki to„lov tizimlari, shuningdek, bank kartalari bo„yicha barcha tijorat banklarini qamrab olgan “Uz-Kart” banklararo chakana to„lov tizimi, aholidan uyali aloqa xizmati, kommunal va boshqa to„lovlarni qabul qilish bo„yicha “Uz-Paynet” to„lov agentlik tarmog„i hamda “SMS-TO‟LOV” chakana to„lov tizimlari faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari kuchli, ishonchli va yuqori samaradorlikka ega bo„lgan platformalar asosida axborot texnologiyalari yutuqlarini bank faoliyatiga dadillik bilan tadbiq qilib, ular asosida mukammal dasturlar yaratib, axborot tizimlari infrastrukturasini rivojlantirmoqda. Bu o„z navbatida, mamlakatimiz banklari o„rtasida sog„lom raqobat muhitini kuchaytirish, an'anaviy bank xizmatlari sifatini oshirish, yangi xizmatlarni joriy etishga yo„naltirilgan ishlarni muttasil davom ettirishga da'vat etmoqda. Mijozlar safini kengaytirish uchun taqdim etayotgan xizmatlari ro„yxati muntazam ravishda kengaytirilib, tijorat banklari turli moliyaviy xizmatlarni ko„rsatuvchi, ta'bir joiz bo„lsa, o„ziga xos “supermarket”larga aylanib bormoqda. 27 Mazkur ishlarning samarasi o„laroq, 2014 yil 1 may holatiga respublikamiz bo„yicha qariyb 44 mingdan ziyod xo„jalik yurituvchi sub'yektlar “Bank-Mijoz” va Internet-banking dasturiy majmualari xizmatlaridan foydalanib kelmoqda. Mijozlar masofadan turib, kompyuter va elektron aloqa tizimi orqali bank operatsiyalarini amalga oshirmoqdalar. Zamonaviy axborot texnologiyalari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy etilishi mamlakatimiz bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangan sari tijorat banklari ham chakana operatsiyalar, mijozlarga taqdim etadigan xizmatlar turlarini oshirish orqali o„z faoliyatini diversifikatsiya qila bormoqdalar. Masofaviy bank xizmatlari ko„rsatishni bankomat va infokiosklarsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Foydalanishi sodda bo„lgan ushbu uskunalar bugungi kunda mijoz va kassir o„rtasidagi an'anaviy muomalaga chek qo„yib, o„ziga xos minibank-ofis vazifasini o„tamoqda. Hozirgi paytda bankomatlardan nafaqat naqd pul yechib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo„yicha turli to„lovlarni amalga oshirish mumkin. Shuni qayd etish o„rinliki, mijozlar istalgan bank bankomat va infokiosklaridan foydalana oladilar. Ayni paytda respublikamiz bo„yicha “SmartVista” on-line va “DUET” tizimidagi kartochkalarga xizmat ko„rsatadigan bankomat va infokiosklar soni 1466 tani tashkil etib, ular yagona tarmoqqa ulangan. 2013 yilda respublikamizda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 9,7 mln. donani tashkil etdi. Plastik kartochkalar soni ko„payishiga mos ravishda terminallar soni ham oshib bordt. Aholi gavjum bo„lgan joylar va savdo do„konlari, xizmat ko„rsatish ob'yektlariga o„rnatilgan terminallar soni shu yil boshiga kelib salkam 116 mingtani tashkil etdi. Plastik kartochkalar yordamida amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi va soni ham sezilarli darajada o„sib bormoqda. O„tgan yili plastik kartochkalar vositasida salkam 8,7 trln. so„m hajmida har xil naqd pulsiz to„lovlar o„tkazildi yoki ushbu ko„rsatkichning yil davomida 50 foiz o„sishi ta'minlandi. 28 Naqd pulsiz to„lovlar hajmining o„sish dinamikasi birinchi navbatda, tovar va xizmatlar uchun to„lovlarning bankomatlar orqali amalga oshirilishi, plastik kartalar vositasida ko„rsatilayotgan xizmatlar ko„lami va infrastrukturasining kengayishi bilan chambarchas bog„liqdir. To„lovlarni naqd pulsiz amalga oshirishning innovatsion shakllariga bo„lgan ehtiyoj muttasil ortib bormoqda. Tadbirkorlik sub'yektlari va aholi tejamli, kam vaqt va harakat sarflagan, yuqori axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, ma'lumot olishga ko„proq ishtiyoq bildirmoqda. Mana shu ehtiyojni inobatga olib, tijorat banklari masofaviy bank xizmatlari ko„rsatish ko„lamini kengaytirishga, bunda global Internet tarmog„i imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralarini ko„rib bormoqdalar. Aytib o„tish o„rinliki, ayni yo„nalish jahon bank tizimi va uning ajralmas tarkibiy qismi bo„lgan milliy bank tizimining ustivor yo„nalishilaridan biriga aylandi. Ayni paytda barcha tijorat banklari Internet tarmog„ida o„zlarining websaytlarini ochib, ular bank faoliyati, yangi xizmat turlari va shartlari, mijozlar manfaatiga tegishli ma'lumotlar bilan muntazam boyitib borilmoqda. Markaziy bank veb-sayti orqali esa davlat interaktiv xizmatlari ko„rsatish yo„lga qo„yilgan. Aholi o„rtasida mobil telefonlardan foydalanishning kengayib borishi banklar tomonidan mobil-banking (wap-banking) va sms-banking xizmatlari yo„lga qo„yilishiga olib keldi. Hozirgi paytda 107 mingta mijoz ayni xizmat turlaridan foydalanmoqda. Aytish o„rinliki, shu yilning birinchi choragida banklarning ayni xizmat turlaridan foydalanuvchilar soni 50 foiz o„sishiga erishildi. Ma'lumot uchun aytib o„tamiz, hozirgi kunda “Uz-Paynet” to„lov agentligi tarmog„i orqali bir kunda o„rtacha 2,5-3 mln. tranzaksiyalar o„tkazilmoqda. Shuningdek, 2011 yilda o„z faoliyatini boshlagan “SMS-TO‟LOV” chakana to„lov tizimi orqali 20 dan ortiq to„lovlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tizimga tijorat banklari to„lov tizimi a'zosi sifatida ulangan. 29 Matbuot anjumani chog„ida jurnalistlarga elektron tijorat, kredit va debet kartalar, depozitlar va boshqa qulayliklar, zamonaviy bank xizmatlari ko„rsatishni takomillashtirish borasida olib borilayotgan izlanishlar bo„yicha axborotlar berildi. Xulosa o„rnida qayd etish joizki, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari (bank-mijoz, internet-banking, mobil-banking, sms-banking va boshqalar)ni respublika miqyosida doimiy kengaytirib borish bo„yicha ishlar barcha banklar tomonidan tizimli amalga oshirilishi milliy bank tizimining rivojlanish tendensiyalaridan guvohlik beradi va respublika iqtisodiyotida bozor mexanizmlarining mustahkamlanishiga sharoit yaratadi.
XULOSA
O‟zbekiston iqtisodiyotidamilliy servis sohasining roli va ahamyati salmoqli bo‟lib , davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin bu sohada tub xo‟jalik- iqtisodiy , tashkiliy- institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Har qanday iqtisodiyotni, ayniqsa, uning muhim tarmog„i bo„lgan sanoat sohasini taraqqiy toptirish yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo qiladi. Chunki, bu mahsulot yoki xizmatning ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta'minlovchi omildir. Shu bois hozirgi vaqtda ilmiy ishlanmalardan foydalanishning samaradorlik darajasini oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish masalasining dolzarbligi yanada kuchaymoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq milliy qonunchilikni yaratishda aynan shu jarayonning huquqiy asoslariga bo„lgan e'tibor alohida o„rin tutdi. Zero, o„sha kezlarda qabul qilingan Fuqarolik, Jinoyat, Soliq kodekslarining intellektual mulkka oid normalari, shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to„g„risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko„rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to„g„risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to„g„risida”gi, “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to„g„risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to„g„risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to„g„risida”gi qonunlar ushbu sohaning ravnaqiga munosib hissa qo„shib kelmoqda. Pirovardida, ro„yxatga olingan ilmiy-texnikaviy yutuqlar soni yil sayin oshib bormoqda. Shunday ilmiy-texnikaviy yutuqlar sirasiga dunyoda birinchi bo„lib yarim nodir minerallarga atom reaktorining neytron va kobalt-60 izotopining gamma nurlari orqali ishlov berib, minerallarni to„la nodirlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilganligini mamnuniyat bilan misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi natijalar fuqarolarimizning Konstitutsiyamizda belgilab qo„yilgan ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan keng foydalanishi mahsuli bo„lib, ayni vaqtda mamlakatimizning 40 iqtisodiy qudratini yuksaltirishga, jahon hamjamiyati oldidagi mavqyeini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ham e'tirofga molikdir. Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko„p jihatdan innovatsion faoliyatga bog„liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Yüklə 25,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin