INNOVATSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilingandan so‟ng bozorda iste‟mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy , ijtimoiy yoki boshqa turdagi samaralar olinadi,- u yangi toifaga –innovatsiyalarga aylanadi. “Innovatsiya” tushunchasi birinchi bo‟lib fanga Avstriyalik(keyinchalik Amerikalik) olim Yozef SHumpeter XX asrning birinchi o‟n yilligida kiritilgan. U o‟zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida (1911) Y.SHumpeter ilk bora innovatsiya masalalarini ko‟rib chiqdi va innovatsion jarayonga to‟liq tavsif berdi. Y.SHumpeter innovatsiyadagi 5 xil o‟zgarishni ajratib ko‟rsatdi: 1)yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta‟minotidan foydalanish 2)yangi xususiyatlarga ega bo‟lgan mahsulot joriy qilish 3)yangi xomashyodan foydalanish 4)ishlab chiqarishni tahlil qilish va uning moddiy-texnika ta‟minotida o‟zgarishlar 5)yangi sotuv bozorlarining paydo bo‟lishi U iqtisodiyotda innovator markaziy shaxsga aylanishini isbotlab bergan.Y.SHumpeterning fikricha innovatsiya bu – is‟temol tovarlarining yangi turlari , yangi ishlab chiqarish va transport vositalari yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shaklini joriy qilish va faoliyatda foydalanish maqsadidagi o‟zgarishlardir.
Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bo‟gliq qo‟shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo‟naltirilgan jarayondir. 2006 yil 7 avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishning muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va 2007 yil 7 sentyabrdagi “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‟g‟risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‟mitasining, O‟zbekiston Respublikasi moliya vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qarorida quyidagi ta‟rif taklif etiladi: ”Innovatsion faoliyat – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon 16 yaratish, ishlab chiqarishda o‟zlashtirish va amaliy qo‟llash bo‟yicha ishlar bajarish va xizmatlar ko‟rsatish”. Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish mumkin: Amaliyotda qo‟llash uchun mo‟ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo‟yicha ilmiy – tadqiqotchilik, tajriba- konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish; Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash; Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko‟rishni amalga oshirish; Xarajatlar o‟zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo‟llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish; Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‟yicha faoliyat; Innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish; Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy – texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish; Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo‟llash bo‟yicha ekspertiza , maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko‟rsatish; Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish. Innovatsion faoliyat subyektlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Innovatsion faoliyat bilan shug‟ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar; 17 Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar; Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellectual mulk egalari:korxona loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar; Innovatsiyalar amalga oshirishda kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondler, korporatsiyalar, lizing firmalari va b.; Innovatsion jarayonga xizmat ko‟rsatadigan va uning infratuzilmasini ta‟minlaydigan vositachilar:konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va b.; Innovatsion faoliyatni boshqarish , muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‟zini-o‟zi boshqarish organlari. Subyektlar o‟rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munsabatlar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari quyidagilar hisoblanadi: Muayyan innovatsiyalarni o‟zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar; Yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik samarani ta‟minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o‟zlashtirish; Fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar. Innovatsion faoliyat deb ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat sifatini oshirish nomenklaturasini kengatirish va yangilash, ularni tayyorlash texnologiyasini oshirish takomillashtirish va istiqbolda o‟zlashtirish hamda ichki va tashqi bozorlarda samarali realizatsiya etish maqsadida ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarining ishlatilishi va tijoratlashuviga aytiladi.Innovatsion faoliyat o‟zida bir qator ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini qamrab olib, ular bir butunlikda innovatsiyalarga aylanadi. Innovatsion faoliyatning asosiy ko‟rinishlari quyidagilardir: 18 Ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil etish. U o‟z ichiga yangi texnologik jarayonniyaratish uchun zarur bo‟lgan ishlab chiqarish asbob-uskunasi, vositalari hamda ulardagi o‟zgarishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish va sifat nazorati jarayonlari, metodlari va standartlaridagi yangiliklarni qo‟lga kiritishni qamrab oladi. Ishlab chiqarish oldi tadbirlari.Ularga mahsulot yoki texnologik jarayon modifikatsiyasi, yangi texnologiya va asbob – uskunani qo‟llash maqsadida xodimlarni qayta tayyorlash ishlari kiradi. Yangi mahsulotlar markretinggi. U yangi mahsulot sotuvi bilan bog‟liq bo‟lgan bozorni boshlang‟ich o‟rganish , mahsulotlarni turli bozorlarga moslashtirish, reklama kompaniyasini o‟tkazish kabi faoliyat turlarini ifodalaydi. Chetdan nomoddiy texnologiyani qo‟lga kiritish. Ular patent , litsenziya, nou-xau, savdo belgilari, konstruksiya, modellar va texnologik mazmundagi xizmatlar shaklida bo‟lishi mumkin. Moddiy texnalogiyani qo‟lga kiritish. Texnologik mazmuniga ko‟ra innovatsion korxonada mahsulot yoki jarayon innovatsiyalarini tadbiq etish bilan bog‟liq bo‟lgan mashina va asbob-uskunalarni xarid qilishni bildiradi. Ishlab chiqarishni loyihalashtirish. Mazkur faoliyat ishlab chiqarish jarayonlarini va texnologik tadbirlarni aniqlash maqsadida reja va chizmalarni tayyorlashga yo‟naltiriladi. Innovatsion faoliyatning poydevori ilmiy-texnik faoliyat bo‟lib, u fan va texnikaning barcha sohalarida ilmiy-texnik bilimlarni yaratish, rivojlantirish, tarqatish va amalda qo‟llash nazarda tutiladi. Ilmiy-texnik faoliyat tushunchasi YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan bo‟lib, fan va texnika statistikasida xalqaro standartlarning muhim kategoriyasi hisoblanadi. YUNESKO tavsiyalariga muvofiq , ilmiy-texnik faoliyat statistika obyekti sifatida uch ko‟rinishda namoyon bo‟ladi: Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar; Ilmiy-texnik ta‟lim va kadrlar tayyorlash; Ilmiy texnik xizmatlar. 19 Ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirishda ilmiy ishlar mashtabi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi, quyidagilarni mujassamlashtiradi: Ilmiy- texnik yo‟nalish-mustaqil xarakterdagi yirik ilmiy ish bo‟lib, fan va texnikaning muayyan tarmog‟ining muhim vazifalarini yechishga bag‟ishlanadi. Ilmiy yo‟nalishga yechim toppish qator ilmiy tashkilotlar sa‟i – harakatlari bilan amalga oshadi. Ilmiy-texnik muammo – ilmiy-texnik yo‟nalishning bir qismi bo‟lib, yo‟nalish yechimining yo‟llaridan birini bildiradi. Ilmiy ish maqsadli ilmiy texnik dastur ko‟rinishida yechilishi mumkin va unda resurslar, ijrochilar, ijro muddatlari kabilar aks ettiriladi. Ilmiy mavzu – ilmiy tashkilot doirasida hal etilayotgan muammoning bir qirrasi. U qoida bo‟yicha , moliyalashtirish,rejalashtirish va ish hisobotlarida asosiy birlik sifatida ishtirok etadi. Mavzu maqsadi - patent yoki iqtisodiy ishlar tadqiqotlari aniq vazifasini samarali yechishdir. Mavzu murakkabligiga bog‟liq ravishda bosqichlar va ost bosqichlarga bo‟linishi mumkin.