Shovqin darajasini me’yorlashtirish va o‘lchash
Shovqin darajasini me’yorlashtirish – shovqinni insonga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Shovqinning inson sog‘1ig‘iga ta’siri uning chastotasiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. Shovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, past ruxsat etilgan darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo‘lib, u o‘rtacha geometrik chastota 8000 Gs bo‘lganda 30 dB deb qabul qilingan. Eng yuqori tovush bosimi esa doimiy ish
joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun belgilangan bo‘lib, и o‘rtacha geometrik chastota 63 Gs bo‘lganda 99 dB ga tengdir. Tonal va impulsli shovqinlarda ruxsat etilgan shovqin darajasi keng polosali shovqinga nisbatan 5dB ka-maytiriladi.
Shovqin darajasini aniqlash uchun «Shum-1», «ISHV-1» rusumli shovqin o‘lchagichlardan foydalaniladi. Shovqinni spektr chastotasi bo‘yicha baholash uchun ASH-2М, AS-3 rusumli chastotali analizatorlar ishlatiladi. Ushbu analizatorlar o‘tkazish kengligi bo‘yicha oktavali, yarim oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali bo‘ladi. Tovush spektrlarini viziual kuzatish (ko‘z bilan kuzatish) va rasmga tushirish maqsadida S-34 va SP-1 spektrometrlari hamda N-110, N-327-3 rusumli o‘zi yozar jihozlar ishlatiladi.
Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, и birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘lig‘iga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shov-qinni o‘z manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish уo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va maydonlarining joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish уo‘lida kamaytirish. Ushbu usullar ichida shovqinni o‘z manbasida kamaytirish eng samarali hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi material-lardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, ishdan chiqqan detallarni o‘z
vaqtida almashtirish va shu kabi уo‘llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarni ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10...15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish - 10...12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish - 10...15 dB ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish - 5...10 dB ga kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi detallarni balansirlash ham muhim rol o‘ynaydi.
Мa’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar shamollat-kichlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi. Shu sababli, bunday shovqinlar darajasi shovqin уo‘liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.
Shovqinga qarshi quloqchinlar:
а - 2М quloqchini; b-4М quloqchini.
Dostları ilə paylaş: |