Sanoatkontexnazorat


VIII bob. Kompressor qurilmalarning portlash xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlash



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə12/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kompressor 222

VIII bob. Kompressor qurilmalarning portlash xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlash
173. Kompressor qurilmalarning portlash xavfi ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisob-kitoblar kompressor uskunalarining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda “Portlash xavfi bo‘lgan kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun umumiy portlash xavfsizligi qoidalari” ga muvofiq bajariladi.
174. Agar mashina zalida bir nechta qurilma joylashgan bo‘lsa, hisob-kitoblar asoslangan holda bir kompressor qurilmada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni hisobga olgan holda bajarilishi mumkin.
175. Hisob-kitoblarda uskuna va quvurlarning germetikligi buzilganda chiqadigan gazlarning eng ko‘p miqdori hisobga olinishi lozim.
176. Kompressor qurilma gazi yuboriladigan kollektorlar, texnologik bloklar (sexlar) va boshqa uskunalardan gazlarning oqib ketishi asoslangan hollarda hisob-kitoblarda hisobga olinmasligi mumkin.
IX bob. Javobgarlik
177. Mazkur Qoidalar portlash xavfi bo‘lgan va zaharli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalarni loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda band bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar, muhandis-texnik xodimlar tomonidan bajarilishi shart.
178. Mazkur Qoidalarni buzgan korxona (tashkilot)larning mansabdor shaxslari, loyihalash va konstruktorlik institutlari va tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlari, bu qoidabuzarlik avariya yoki baxtsiz hodisalarga olib kelgan-kelmaganligidan qat’i nazar, shaxsan javobgardir. Shuningdek, ular qo‘l ostidagilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun ham javob berishadi.
179. Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarning xususiyati va ularning oqibatlariga qarab barcha ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgardir.
180. Kasblari bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga doir yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan xavfsizlik talablarini bajarmagan ishchilar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik xususiyatidan qat’i nazar, o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin