Sanoatkontexnazorat


VII bob. Kompressor qurilmalardan foydalanish va ularni ta’mirlash



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə11/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kompressor 222

VII bob. Kompressor qurilmalardan foydalanish va ularni ta’mirlash
152. Kompressor qurilmadan ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan berilgan hujjatlar talablariga rioya qilgan holda foydalanish lozim.
Foydalanuvchi tashkilot quyidagilarni ta’minlaydi:
a) uskunadan foydalanish, uni ta’mirlash va xavfsiz xizmat ko‘rsatish;
b) texnik nazorat;
v) kompressor qurilmalarga xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni o‘qitish va ularni ishga qo‘yish;
g) uskunani taftish qilish va texnik diagnostikalash.
153. Belgilangan xizmat muddatini ishlab bo‘lgan kompressor qurilmadan xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
154. Kompressor qurilmalari mashinistlarining ish joylari foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, avariyalarni lokallashtirish rejalari va odamlarni evakuatsiya qilish sxemalari bilan ta’minlanadi. Xavfsiz ishlash parametrlari, blokirovka va signalizatsiyalarning belgilangan qiymatlari stendda osib qo‘yiladi.
Kompressor qurilmalar o‘rnatilgan tartibda foydalanish hujjatlari bilan ta’minlanadi.
155. Kompressor qurilmaga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘yilgan xodimlar o‘rnatilgan tartibda tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishadi.
156. Kompressor qurilma uskunalarini ularga xizmat ko‘rsatadigan xodimlarning nazoratisiz qoldirish ruxsat etilmaydi.
157. Kompressor qurilmalar joylashgan xonalarga begonalar kiritilmaydi.
158. Kompressor qurilma obyektning texnologik bog‘langan sexlari va bo‘linmalari bilan ishonchli aloqa va signalizatsiya bilan ta’minlanadi.
159. Qurilmalarning konstruksiyalarida ko‘zda tutilgan avtomatika, nazorat vositalari va blokirovka bo‘lmaganda yoki ular nosoz holatda bo‘lganda kompressor qurilmalardan foydalanish ruxsat etilmaydi.
160. Bevosita korroziyaviy-agressiv muhitlarda ishlaydigan detallar va uzellarning holati muntazam tekshirilishi, ta’mirlash paytida ularning dastlabki qalinliklariga nisbatan o‘zgarish darajasi va yedirilishi miqdori aniqlanishi kerak. Detallar, uzellar va apparatlarning holatini tekshirish natijalari maxsus jurnalga yoki ta’mirlash xaritasiga qayd etilishi lozim. Nazorat davomiyligi va nazorat qilinadigan uzellar va detallarning ro‘yxati foydalanish hujjatlarida ko‘rsatilishi lozim.
161. Kompressor qurilmaning ishlashini hisobga olish uchun foydalanish jurnali yuritiladi. Jurnalda quyidagilar qayd etiladi:
o‘lchovlar o‘tkazilgan sana va vaqt;
gaz sarfi;
bosqichlar bo‘yicha gazning bosimi va harorati;
bosqichlar bo‘yicha sovutish suvining harorati;
moyning bosimi va harorati;
bir smenada moyning sarfi;
uzatma (masalan, elektr dvigateli) ishini nazorat qilish asboblarining ko‘rsatkichlari, bir smenada ishlangan soatlar soni;
detallar, uzellar, armatura, apparatlar, yordamchi uskunalar, quvurlar, flanetsli ulanmalar, mahkamlash moslamalari ishida aniqlangan barcha kamchiliklar, germetiklikning buzilishi, vibratsiya hosil bo‘lishi, shovqin chiqishi, ortiqcha qizish va h. lar to‘g‘risida ma’lumotlar;
aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan choralar va kompressor qurilmaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar (produvka, presslash, tekshirish, detallar va uzellarni almashtirish va o‘rnatish va h.) to‘g‘risida ma’lumotlar.
162. Bosim ostida ishlaydigan apparatlar va tizimlarda bosimni ko‘tarish (ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishda), shuningdek bosimni pasaytirish (ularni o‘chirishda va produvka qilishda) belgilangan reglament bo‘yicha va kompressor qurilmadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmada ko‘zda tutilgan ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim.
163. Portlash xavfi bo‘lgan gazlarda ishlaydigan kompressor qurilmalar:
a) ta’mirlangandan keyin;
b) portlash xavfi bo‘lgan gaz muhitida ishlaydigan hatto birorta uzeli ko‘rikdan o‘tkazish, texnik diagnostikalash va ta’mirlash uchun ochilgandan keyin;
v) uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan keyin ishga tushirishdan oldin inert gaz bilan produvka qilinishi kerak.
164. Kompressor qurilmani ta’mirlash uchun yoki uzoq vaqtga to‘xtatish uning uskunalarini, agar qurilma portlash xavfi bo‘lgan gazda ishlasa, inert gaz bilan, keyin havo bilan, agar portlash xavfi bo‘lmagan zararli gazda ishlasa, havo bilan produvka qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
165. Kompressorni ishga tushirishdan oldin texnologik liniya, ogohlantiruvchi signalizatsiya va avariyaga qarshi himoya vositalarining tayyorligi tekshiriladi.
166. Avariyaviy to‘xtatish kompressorni yukdan bo‘shatmasdan zudlik bilan amalga oshiriladi. Kompressor avariyaviy to‘xtatilgandan keyin qurilmani sex kollektorlari bilan bog‘laydigan liniyalardagi qulf organlari zudlik bilan bekitilishi va qurilmaning butun gaz tizimi bo‘ylab bosim tushirilishi lozim.
167. Kompressor uzoq vaqtga to‘xtatilganda uning quvurlari sex kollektorlaridan ikkita qulf organlari yordamida uzib qo‘yilishi va ularning o‘rtasidagi havo ventillari ochilishi kerak.
Ta’mirlash uchun to‘xtatilganda ishlab turgan quvurlardan tiqinlarni o‘rnatish sxemasiga muvofiq tiqinlar o‘rnatish yo‘li bilan uzib qo‘yiladi.
168. Kompressor quyidagi holatlarda zudlik bilan to‘xtatilishi kerak:
a) ishchi parametrlar chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan qiymatlardan chetga chiqqanda va bunda avtomatika tizimlarining blokirovkalari ishlamaganda;
b) gaz zichlanishi va chiqishi buzilganda;
v) kompressor yoki dvigatelda begona tovush va zarblar paydo bo‘lganda yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar aniqlanganda;
g) dvigatel zo‘riqqanda (dvigatel sim o‘ramining yuqori haroratlarda qizishi);
d) kompressor qurilmaning nazorat-o‘lchov asboblari ishdan chiqqanda va ularni ishlab turgan qurilmada almashtirish imkoni bo‘lmaganda;
e) kompressorni himoya vositalari (blokirovkalar) va NO‘AvaA vositalari ishlamay qolganda;
j) yoritish bo‘lmaganda;
z) yong‘in xavfi paydo bo‘lganda.
169. Asosiy podshipniklar, harakatlarning guruhi uzellari detallari, shtoklar, silindrlarning qizib ketishi natijasida, kuchli mexanik va gidravlik zarblardan keyin, kutilmaganda kuchli zo‘riqish tufayli, shatun boltlar uzilishi bilan bog‘liq avariyalarda va boshqa nosozliklarda kompressor to‘xtaganda uni zo‘riqqan tegishli uzel va detallarining holatini tekshirmasdan ishga tushirish taqiqlanadi.
170. Saqlovchi klapanlar va (yoki) membranali saqlovchi qurilmalarni taftish qilish, qismlarga ajratish, tekshirish va tozalash texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
171. Bosim ostidagi ishlab turgan uskunada uni to‘liq to‘xtatib, bo‘shliqlarini produvka qilmasdan nosozliklarni tuzatish taqiqlanadi.
172. Kompressor qurilma uskunalarini ta’mirlash, konservatsiya qilish (konservatsiyadan bo‘shatish) ishlari o‘rnatilgan tartibda “Texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimi” ga muvofiq bajariladi.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin