Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   186
Rekrutment Darslik

 11.4. 
Adaptatsiya 
jarayonida 
shogirtchilikning 
ahamiyati. 
Hodimlarning og’ir adaptatsiya sabablari. 
Shogirdchilik yangi tizim emas. Yirik ish beruvchi kompaniyalar 
tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra bu tizim o‘zini ishga qabul 
qilishda ham, yangi lavozimga o‘tkazishda ham xodimlarni adaptatsiyasi va 
ularni o‘qitishning samarali usuli sifatida namoyon qildi. 
Shogirdchilikning afzalliklari shubhasizdir, chunki yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan tizim ishga qabul qilish paytida stress darajasini pasaytiradi, 
xodimlar kollektivi va tashkilotning korporativ madaniyati bilan tanishish 
jarayonini samaraliroq qiladi va ish vazifalari o‘zlashtirishni tezlashtiradi. 
Bu, ayniqsa, tashkilot xodimlarining aksariyati ish staji minimal bo‘lganda 
yoki umuman bo‘lmaganda (universitet bitiruvchilari) juda muhimdir. 
Murabbiy rahbarligida faoliyat olib borish 
Murabbiy - bu malakali mutaxassis, professional yoki tajribali ishchi, 
undan boshqa ishchilar maslahat, tavsiya olishlari mumkin. 
Adaptatsiya vaqtida xodim murabbiyga biriktiriladi, bu esa asosiy 
faoliyat haqidagi buyruqda rasmiylashtiriladi. 
Xodimning moslashuvi bo‘yicha murabbiyning joriy faoliyati 
korxonada tasdiqlangan adaptatsiya va murabbiylik to‘g'risidagi nizomga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Xodimni o‘qitish jarayoni minimal nazariyani o‘z ichiga olishi kerak, 
e'tibor tashkilotning amaliy faoliyatiga qaratilishi kerak. Bundan tashqari, 
o‘quv jarayonining o‘zi xodimning ish joyida amalga oshiriladi, ya'ni 
mijozlar va hamkasblar bilan haqiqiy hayotiy vaziyatlarga ta'sir qiladi. 
Shunday qilib, xodim moslashish davrida murabbiy rahbarligida: 
• shaxsiy adaptatsiya rejasini ishlab chiqishda qatnashadi; 
• rejaga muvofiq ishlarni bajaradi; 
• ilmiy yoki ishlab chiqarish faoliyatining tanlangan yo‘nalishi 
bo‘yicha ilmiy-texnik adabiyotlarni, me'yoriy-uslubiy hujjatlarni, fan va 
texnika yutuqlarini mustaqil ravishda o‘rganadi; 
• ish bajarish texnikasi va usullarini takomillashtiradi. 
Adaptatsiya paytida rahbarning nazorat tekshiruvlarini o‘tkazishi 
maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat yangi ishchining ishni qanday 
o‘zlashtirayotganini kuzatishni ta’minlabgina qolmay, balki uning ishga 
bo‘lgan munosabatini ham ko‘rish imkonini beradi: u o‘z vazifalariga 
qanchalik 
jiddiy 
yondashishi, 
korxonaga, 
topshiriqlarga 
qanday 
munosabatda bo‘lishini o‘rganish imkonini beradi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin