O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
BAXTIYOR ERGASHEVICH TO‘RAYEV
SAODAT TOXIROVNA TOSHALIYEVA
R E K R U T M E N T
DARSLIK
TERMIZ – 2023
UO‘K: 005.953
KBK: 65.290-2
Т 87
To‘rayev B.E., Toshaliyeva S.T. Rekrutment. Darslik -Termiz:
“IRFON-PRINT”
nashriyoti, 2023-у. 272 b.
Xizmatlar sohasi rivojlanishi bilan korxonalarga yuqori malakali xodimlarni
izlash, tanlash, saralash, yollash ham rivojlanib bormoqda. Turli tadqiqotlar natijalari
shuni ko‘rsatadiki, malakali kadrlarning etishmasligi muvaffaqiyatli tadbirkorlik
faoliyatining asosiy to‘siqlaridan biriga aylanmoqda. Hozirgi iqtisodiy sharoitda
tashkilotlar uchun xodimlarni izlash va tanlash sohasidagi faoliyatning barqarorligi va
doimiyligi alohida ahamiyatga ega. Ana shu jihatdan, rekrutment sohasi rivojlanib
bormoqda va uni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kompaniyalarni yuqori
malakali kadrlar bilan doimiy ta’minlashda, xodimlarni saralash, tanlash, yollash,
ularning autpleysmenti masalarida “Rekrutment” fani muhim ahamiyat kasb etdi.
Darslikda “Rekrutment” fanining muhim masalalri, o‘qitishning interfaol va
zamonaviy pedagogik uslublariga asoslangan holda qisqa va tushunarli tilda yoritilgan.
Darslikda rekrutment faoliyatining tashkiliy asoslari, uning asosiy yo‘nalishlari,
rekrutment texnologiyalari va vositalari, klassik rekrutment vositalari, rekrutment
boyicha xorijiy tajriba, global rekrutment kompaniyalari, O‘zbekistonda rekrutmentni
rivojlantirish istiqbollari atroflicha tahlil qilingan. Korxonalarda rekrutment jarayoni
samaradorligini baholashning nazariy va amaliy masalalarining mohiyati ochib
berilgan. Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarininng iqtisodiyot, kadrlar menejmenti, inson
resurslarini boshqarish yo‘nalishlarida o‘qiyotgan bakalavr, magistrantlariga katta
ilmiy xodim, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va Rekrutment bo‘yicha
qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |