Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186
Rekrutment Darslik

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1.
Rekruting agentliklari qanday belgilar bo‘yicha tasniflanadi? 
2.
Tanlanadigan hodimlarning darajasiga ko‘ra rekruting agentliklari 
qanday turlarga tasniflanadi? 
3.
Lizing agentliklari qandya xizmatlarni ko‘rsatadi? 
4.
Ish bilan ta’minlash agentliklarining rekruting agentliklaridan asosiy 
farqi nimada? 


202 
14-BOB. AUTSORSING REKRUTMENTNING YANGI 
YO‘NALISHI SIFATIDA 
 
14.1. Korporativ autsorsing va bozor autsorsingi 
 
Autsorsing
– bu kompaniyaning ma’lum bir vazifalarini boshqa 
kompaniyalar yoki tashqi ishchilarga topshirishidir. Bu so‘z bizga ingliz 
tilidan kirib kelgan bo‘lib, agar siz uni so‘zma-so‘z tarjima qilsangiz, 
"tashqi manba"
degan ma’noni anglatadi. Bunda siz ba’zi bo‘limlarning 
funksiyalarini rekruting agentliklariga yoki boshqa manbalarga topshiriladi. 
Kompaniya autsorsing yordamida turli xil soliqlardan ham ozod bo‘lishi 
mumkin. 
Autsorsing turlari buyurtmachi kompaniya provayderga qanday 
faoliyat turlarini berib yuborayotganiga qarab farqlanadi: 

minimal autsorsing
- yoki uzoq muddatli kelishuv asosida 
ta’minotchi, yordamchi, xizmat ko‘rsatish ustaxonalari va xizmatlari 
shug’ullanadigan faoliyat turiga oid bo‘lmagan sohalar autsorsingi; Shu 
ma’noda, autsorsingning ushbu turi ishlarni pudrat asosida bajarishdan juda 
kam farq qiladi; 

samarali autsorsing
- yoki faoliyatning intellektual turi autsorsingi 
- yuridik, maslahat, rekruting, informatsion, marketing, buxgalteriya va hk.; 

radikal autsorsing
- yoki qobiq kompaniyasini qayta tuzilish 
natijasida yaratishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish jarayonlarining 
autsorsingi (ishlab chiqarishsiz kompaniya). Masalan, hozirgi vaqtda Nike 
o‘z ishlab chiqarishiga ega emas va birinchi navbatda marketing va dizayn 
tashkilotidir. 
Masalan, Yaponiyada autsorsing kadrlar tayyorlash (so‘rovda 
qatnashgan firmalar umumiy sonining 20%), axborot tizimlarini boshqarish 
(19,7%), ishlab chiqarish jarayonlari (17,4%), buxgalteriya operatsiyalari 
(14%) sohasidagi biznes amaliyotining muhim qismidir. Shunday qilib, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun 
autsorsingdan foydalangan AQSh kompaniyalarining 70% dan ortig'i o‘z 
maqsadlariga erishdilar. SSSRda raketa, aviatsiya, mudofaa sanoatidalarida, 
xorijiy vakolatxonalarda autsorsing texnologiyalari foydalanilgan. Bugungi 
kunda autsorsing binolarni saqlash, qo‘riqlash va tozalashda, buxgalteriya 
hisobi va hisoboti yuritishda, konsaltingda, merchandayzingda, auditda, 
marketing tadqiqotlarida, biznesni o‘qitish va xodimlarni baholashda keng 
qo‘llaniladi.


203 
Autstaffing
. Aytaylik, kompaniya an’anaviy tarzda xodimlarini 
idorasida ishlatmoqchi. Autstaffing bu ishchining kompaniya xodimlari 
jadvalidan qonuniy ravishda chiqib ketishi, soliq yukini kamaytirishi 
mumkin. Hujjatga ko‘ra, ishchilar uchun faqat ish beruvchi o‘zgaradi. Shu 
holat autstaffing bo‘ladi. Ish jarayoni esa o‘zgarmaydi. Bu korxonalar uchun 
soliq yukini kamaytirishning variantlaridan biridir. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin