Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


-BOB. REKRUTING KOMPANIYALARNING TURLARI



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186
Rekrutment Darslik

13-BOB. REKRUTING KOMPANIYALARNING TURLARI 
13.1. Rekruting agentliklari tasnifi
Rekrutment infratuzilmasining rivojlanishi bir qator belgilar bo‘yicha 
tasniflanishi mumkin bo‘lgan rekruting agentliklarining ma'lum bir 
tuzilmasining shakllantirishga yordam berdi: 
1) hajmi bo‘yicha: 
- katta; o‘rta; kichik. 
2) faoliyat geografiyasi bo‘yicha: 
- xalqaro; hududlararo; mahalliy. 
3) tarkibi bo‘yicha: 
- keng qamrovli xizmatlarni ko‘rsatadigan agentliklar (xodimlarni 
izlash va saralash, qo‘shimcha xizmatlar); tarmoq agentliklari 
(agentliklarning yagona sherik tarmog'i; mintaqaviy filiallarga ega bosh 
agentlik); saralash agentliklari (filial va bo‘linmalar tarmog'iga ega emas); 
4) xizmatlar uchun to‘lov turlari bo‘yicha: 
- bandlik agentliklari (nomzod tomonidan to‘lanadi); xodimlarni 
qidirish va saralash bo‘yicha agentliklar (buyurtmachi kompaniya 
tomonidan to‘lanadi). 
5) tarmoq ixtisoslashuvi bo‘yicha: 
- keng miqyosdagi agentliklar; ixtisoslashgan agentliklar. 
6) tanlangan xodimlarni yollash turi bo‘yicha: 
- doimiy ish uchun saralash agentliklari; vaqtinchalik ishga saralash 
agentliklari. 
7) xizmat turlari bo‘yicha. 
8) rekrutment texnologiyasi bo‘yicha: 
- standart qidiruv agentliklari (skrining agentliklari va klassik 
rekruting agentliklari); 
- to‘g'ridan-to‘g'ri qidiruv agentliklari. 
9) tanlanadigan xodimlar darajasiga ko‘ra: 
- Yuqori lavozimlarga va eksklyuziv mutaxassislarni tanlashga 
ixtisoslashgan kompaniyalar (Executive Search Agency) 
- O‘rta va past darajadagi personalni tanlashga asoslangan agentliklar. 
 
13.2. Yuqori lavozimlarga va eksklyuziv mutaxassislarni tanlashga 
ixtisoslashgan kompaniyalar (Executive Search Agency) 
Executive Search kompaniayalari 
- top-menejerlar va noyob 
mutaxassislarni izlash va jalb qilish, boshqaruv guruhlarini shakllantirishga 
ixtisoslashgan rekruting kompaniyasidir. 


198 
Bunday kompaniyalar deyarli hech qachon o‘zlarining bo‘sh ish 
joylarini e'lon qilmaydilar, balki to‘g'ridan-to‘g'ri nomzodlarni qidirishadi. 
Qoida tariqasida, faol ish izlamaydigan kuchli nomzodni aniqlash va ularni 
jalb qilish vazifalarini hal qilinadi. 
Executive Search texnologiyasidan asosida xizmat ko‘rsatgan 
birinchi kompaniya 1926 yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan (1998 yilgacha 
mavjud bo‘lgan) Thorndike Deland & Associates kompaniyasi hisoblanadi. 
ES kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyatlari: 
1. 
Izlash ob'ekti.
Haqiqiy ES-kompaniyalar mijoz uchun alohida 
ahamiyatga ega bo‘lgan strategik lavozimlar uchun menejerlarni topishga 
ixtisoslashadi. Agar qidiruv maqsadi kamdan-kam uchraydigan mutaxassis, 
o‘rta menejment, noyob maslahatchi yoki ijodiy ishchiga aylansa - bu, 
albatta, qidirish hisoblanadi, ammo ES emas. Shuningdek qidiruv 
texnologiyasi nafaqat top menejerlarni, balki boshqa mutaxassislarni ham 
topishga imkon beradi.
2. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin