221
soni - 52 ta. Ko‘rib chiqilayotgan arizalar soni - 1 ta. Shundan: ishchi
organda 1 ta. Arizasi rad etilgan tashkilotlar soni - 2 ta.
Fuqarolarni xorijda ishlashga yuborish vakolati shu paytgacha faqat
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida mavjud edi.
Endilikda mazkur vazifani Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari
agentligidan tashqari respublikaning turli hududlarida joylashgan
litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ham erkin amalga oshirishlari
mumkin.
Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorida yuqori samaradorlik
bilan faoliyat ko‘rsatayotgan rekruting firmalarining taklif etayotgan
xizmatlari tarkibi va sifati mamlakatimizdagi idoralardan jiddiy farq qiladi.
Ularning ta’sis hujjatlarida qonunchilikda cheklanmagan quyidagi faoliyat
turlari ham amalga oshiriladi:
korxonadagi xodimlarning ish hujjatlarini yuritish va tartibga keltirish;
xodimlarning mehnat muhofazasi va tibbiy ko‘rigini tashkillashtirish;
ishchi-xodimlarga mehnat haqi hisoblash;
korxona ehtiyojidan kelib chiqib chetdan zarur bo‘lgan xorijiy
mutaxassislarni jalb etish;
soliq, statistika va buxgalteriya hisobini yuritish;
xodimlarni boshqarish, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishini
tashkil etish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: