222
17-BOB. TARMOQLI, ELEKTRON REKRUTING
17.1. Internetning rivojlanishi va elektron rekrutment
Elektron
rekrutment
bu
xodimlarni
yoki
frilanserlar-
subpudratchilarni jalb qilish, baholash va yollash uchun elektron
vositalardan, birinchi navbatda Internetdan foydalanish holda faoliyat olib
borishdir.
Elektron ishga yollashda qo‘llaniladigan
uslub oddiy ish tizimlarini
o‘z ichiga oladi. Masalan, veb-saytga nomzodlardan elektron pochta orqali
rezyumelarini yuborishni so‘rab reklama joylash. Yanada rivojlangan
tizimlar esa nomzodlarni tanlash, baholash
va ishga qabul qilish
jarayonlarini veb-ilovalarga yo‘llaydi. Potentsial xodimlar rezyumelarni
yuklashlari, mahorat va qobiliyatlarni baholashlari,
hattoki kadrlar bilan
bog'liq hujjatlarni uzoq joydan elektron ishga qabul qilish vositalaridan
foydalangan holda to‘ldirishlari mumkin.
Elektron rekruting nomzodlarni qidirishning quyidagi usullarini o‘z
ichiga oladi:
Ish saytlarida rezyume qidirish;
Bo‘sh ish o‘rinlarini haqida e’lonlar osish;
Ixtisoslashgan
forumlarda qidirish;
Ijtimoiy tarmoqlarda qidirish;
Ixtisoslashtirilgan pochta jo‘natmalari.
E-rekrutmentning afzalliklari:
Axborotni keng auditoriyaga etkazish imkoniyati;
Ishga qabul qilish uchun vaqtni sezilarli darajada tejash;
Xarajatlarni tejash
Ish beruvchi kompaniyaning o‘zini reklama qilish uchun qo‘shimcha
imkoniyat. Internetda e'lonlarni joylashtirish orqali rekruter ish
beruvchi kompaniyaning ijobiy imidjini
saqlashga yordam beradi,
chunki foydalanuvchilarning ish uchun eng ko‘p tashrif buyuradigan
manbalarida kompaniya nomi va uning faoliyati to‘g'risidagi
ma'lumotlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun, bo‘sh ish o‘rinlari
to‘g'risida e'lonni joylashtirayotganda,
potentsial ish izlovchiga
kompaniyaning o‘zi haqida taassurot qoldirishini unutmaslik kerak.
Matnlarni orfografik xatolar, tavsifdagi noaniqliklar va boshqalarni
diqqat bilan tekshirilishi lozim.
223
Ijtimoiy
tarmoqlarning
(facebook.com,
vkontakte.ru,
odnoklassniki.ru, moikrug.ru) tobora ortib
borayotgan mashhurligi ham
elektron rekrutmentga yordam berdi. Ularning yordami bilan rekruterlar
tolishi qiyin bo‘lgan nomzodlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda.
Elektron rekrutmentning salbiy tomonini cheklangan kasbiy soha va
kadrlar agentliklarini keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish xodimlari,
sotuvchilar, uy xodimlari hali ham ommaviy axborot vositalari,
ixtisoslashgan muassasalar va tavsiyalar orqali qidirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: