231
Ma’lumotlarga ko‘ra rekruting kompaniyalari har yili butun jahonda 8 – 10
mln. nafar kishini ish bilan ta’minlar ekan.
Xalqaro standartlarni, rekruting faoliyatini tashkil etish va
rivojlantirishning chet el tajribasini inobatga olgan holda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Rekruting faoliyati – ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bilan bog‘liq rekruting xizmatlarini
shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxs (rekruting
agentlik)larning tadbirkorlik faoliyatidir. Rekruting agentligi esa ushbu
xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
ro‘yxatdan o‘tgan tijorat tashkiloti xisoblanadi.
Rekruting agentliklari xizmatlarining asosiy turlariga:
- ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mos
keladigan ishlarni axtarib topish;
- ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash;
- chet elda ish axtarayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash;
- mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish kiradi.
Qonun loyihasida ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga
joylashtirish bo‘yicha rekruting agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi
normalar alohida moddalarda keltirilgan.
Qonun loyihasida umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish
maqsadida, rekruting agentliklariga qonunchilikda belgilangan tartibda
rekruting agentliklari birlashmasini tuzish huquqini beruvchi norma ham
mavjud.
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi
O‘zbekiston aholisini mamlakatimiz korxonalarida hamda chet elda ham ish
bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmati va xususiy
sektor tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini aniq
tartibga solish, ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar
tartibi va shartlarini, rekruting agentliklari, korxona va ish qidirayotgan
shaxslarning huquq va majburiyatlarini aniqlash imkonini beradi, o‘z
o‘rnida noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: