230
18-BOB. O‘ZBEKISTONDA REKRUTMENTNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
18.1. O‘zbekistonda rekrutmentni amalga oshirishning huquqiy
asoslari
O‘zbekistonda rekruting faoliyatini tartibga solish maqsadida Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi «Rekruting faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni
loyihasini 2018 yil 6 sentyabrdagi 1977-III-son qaror bilan qabul qildi.
Mazkur qonun loyihasi yuzasidan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi
mas’ul etib belgilandi.
Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 14 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‘nalishi
bo‘yicha
harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoyishi bilan tasdiqlangan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”ning 207 – bandiga muvofiq, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Bandlik
va
mehnat
munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qaroriga asosan ishlab chiqilgan.
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston
qonunchiligi amaliyotida ilk bor ishlab chiqilgan bo‘lib, u 5 bob, 24 ta
moddadan iborat.
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada
takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samardorligini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 24
maydagi Farmonida
belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni bozor sharoitlariga
muvofiq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bandlikka
ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida
raqobatbardosh muhitni
yaratishdan, noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishdan iboratdir.
Hozirgi kunda xususiy tashkilotlar tomonidan fuqarolarni O‘zbekiston
Respublikasida va chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga
oshirayotgan faoliyati qonunchilik bilan tartibga solinmagan.
Chet elda bandlik sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy (rekruting)
bandlik agentliklari davlatdan mustaqil sub’ekt bo‘lgani holda korxonalarga
(ish beruvchilarga) va ish qidirayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.
231
Ma’lumotlarga ko‘ra rekruting kompaniyalari har yili butun jahonda 8 – 10
mln. nafar kishini ish bilan ta’minlar ekan.
Xalqaro standartlarni, rekruting faoliyatini tashkil etish va
rivojlantirishning chet el tajribasini inobatga olgan holda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Rekruting faoliyati – ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bilan bog‘liq
rekruting xizmatlarini
shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxs (rekruting
agentlik)larning tadbirkorlik faoliyatidir. Rekruting agentligi esa ushbu
xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
ro‘yxatdan o‘tgan tijorat tashkiloti xisoblanadi.
Rekruting agentliklari xizmatlarining asosiy turlariga:
- ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mos
keladigan ishlarni axtarib topish;
- ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash;
- chet elda ish axtarayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash;
- mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish kiradi.
Qonun loyihasida ish qidirayotgan
shaxslarni chet elda ishga
joylashtirish bo‘yicha rekruting agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi
normalar alohida moddalarda keltirilgan.
Qonun loyihasida umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish
maqsadida, rekruting agentliklariga qonunchilikda belgilangan tartibda
rekruting agentliklari birlashmasini tuzish
huquqini beruvchi norma ham
mavjud.
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi
O‘zbekiston aholisini mamlakatimiz korxonalarida hamda chet elda ham ish
bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmati va xususiy
sektor tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini aniq
tartibga solish, ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan
xizmatlar
tartibi va shartlarini, rekruting agentliklari, korxona va ish qidirayotgan
shaxslarning huquq va majburiyatlarini
aniqlash imkonini beradi, o‘z
o‘rnida noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: