Nomzodlar qanday malaka, ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lishi
kerak?
O‘tkazilgan tadqiqotlarda nomzodlarning eng ko‘p e’tibor
qaratiladigan muhim malaka va ko‘nikmalari ham aniqlandi. Jamoada
ishlay olish, “kommunikabellik” (kirishimlilik), fikrlash qobiliyati,
professionalizm va texnik malaka shular jumlasidandir.
So‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning qariyb yarmi (49 foiz)
yangi xodimlarga turli stajirovkalar taklif etadi, 32 foizi esa yangi
xodimlarni o‘qitishdan manfaatdor emas.
Mazkur tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kadrlarni o‘qitish (tayyorlash,
qayta tayyorlash), bilimlarni almashish hamda turli tadbirlarni o‘tkazish
233
xususiy sektor va oliy o‘quv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy
usullaridan sanaladi.
Seminarlar va treninglarda nimalar o‘rgatiladi?
«Raqiblardan ko‘ra
tezroq o‘qib-o‘rganish qobiliyatingiz qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan
yagona raqobat afzalligi bo‘lsa ajab emas”, degan edi Global Business
Network asoschisi Are de Geuz (Arie de Geus, Gollandiya)[1]. U 1981 yilda
tuzilgan va ssenariy bo‘yicha rejalashtirish, yirik korporatsiyalarda qarorlar
qabul qilish va o‘zgarishlarni boshqarish xususiyatlari va jarayonlari
bo‘yicha yetakchi guruhga rahbarlik qilgan. Mazkur guruh ayni sohaning
yetakchilaridan edi.
Trening xodimlarni o‘qitishning interaktiv usuli bo‘lib, u qisqa
muddatda nazariy bilimlarni berish hamda ularni amaliyotda qo‘llash
usullarini qamrab oladi. Hozir u qisqa muddat ichida malaka oshirish va
amaliy ishlanmalarni almashishning eng yaxshi usuliga aylandi.
Ishtirokchilar trening davomida nafaqat yangi bilimlar, qolaversa, ularni
amalda qo‘llash imkoniga ham ega bo‘ladi. Albatta, treninglar asosiy o‘rta-
maxsus va oliy ta’lim o‘rnini bosa olmaydi. Ular ishtirokchilar malakasini
qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar bilan boyitadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha olganda, bir yil
davomida so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning 74 foizi xodimlari
ichki va tashqi treninglarda qatnashgan. O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslari bundan mustasno.
Xodimlarni o‘qitish treninglari uchun sarflangan xarajatlarni tashkilotlar
butunlay yoki qisman to‘lab bergan.
Ushbu tadqiqotlar kompaniyalarning amaldagi trening dasturlariga
qo‘shimcha ravishda boshqa turdagi treninglarga ehtiyoji borligini
ko‘rsatdi.
Kompaniyalar
xodimlari
uchun
yetakchilik
sifatlarini
shakllantirishda va ish vaqtini optimal tashkillashtirishda yordam beradigan
hamda tahliliy fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar zarurligi ma’lum bo‘ldi.
So‘rovga ko‘ra, kutilgan natijaning samarasizligi, moliyaviy
cheklovlar va naf beradigan dasturlarni tanlashdagi qiyinchiliklar bu
yo‘ldagi asosiy to‘siqlardan hisoblanadi.
ERGO Research and Advisory O‘zbekiston va Yevroosiyoda
iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan
mustaqil tahliliy kompaniyadir.
HRC kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda
inson
resurslari
bo‘yicha
dastlabki
professional
konsalting
kompaniyalaridan biridir. Kompaniya ko‘rsatadigan asosiy xizmatlar o‘rta
234
va oliy boshqaruvidagi xodimlarni saralab olish, autstaffing[2], xodimlarni
baholash va kadrlar bo‘yicha konsalting hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |