Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Ishga tanlash va yollashning mahalliy xususiyatlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186
Rekrutment Darslik

18.2. Ishga tanlash va yollashning mahalliy xususiyatlari 
 
HRC va ERGO Research and Advisory tadqiqot kompaniyalari 
O‘zbekistonning 100 dan ziyod korxonacida so‘rov o‘tkazdi. Bundan 
ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarga qanday malaka va ko‘nikmalari 
yetishmayotganini hamda kompaniyalar o‘z xodimlaridan qanday bilim va 


232 
malakaga ega bo‘lishni talab qilishini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Bundan 
tashqari, 
tadqiqotchilar 
treninglarda 
nimalar 
o‘qitilayotgani va 
kompaniyalarning xodimlar malakasini oshirish uchun sarmoya kiritishiga 
nimalar to‘sqinlik qilayotgani bilan ham qiziqdi. 
Tahlil natijalarini quyida keltirilmoqda. Ular HRC va ERGO Research 
and Advisory firmalari taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan. 
Kompaniyalarning 2/3 qismi kerakli xodimlarni qidirish va ishga 
olishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning 67 foizi xodimlarni 
ishga olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Asosiy 
qiyinchiliklar nomzodlarning professional va kasbiy malakasi hamda ish 
tajribasi yetishmasligidir. Kompaniyalar ko‘pincha talabgorlarning shaxsiy 
sifatlari to‘g‘ri kelmasligi, nomzodning ma’lumoti, motivatsiyasi va ish 
layoqati kamligi (yoki butkul yo‘qligi) sababli ularga rad javobini beradi.
 
O‘zbekistondagi kompaniyalar xodimlarni qay uslubda qidiradi? 
Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, quyidagilar xodimlarni izlash va saralab 
olishda keng tarqalgan usullaridan sanaladi:
 

malakali kadrlarni “o‘ziga og‘dirib olish” yoki xodimlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qidirish – 19 foiz; 

bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari – 16 foiz; 

ijtimoiy tarmoqlar – 13,5 foiz; 

universitetlar bitiruvchilarini jalb etish – 13,5 foiz. 
Kompaniyalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirishda 
ommabop bo‘lmagan usullar: 

tavsiyanomalar yoki kompaniya veb-sayti orqali – 11 foiz; 

bosma OAV (ommaviy axborot vositalari) orqali – 9,5 foiz; 

rekruting kompaniyalari yordamida – 6,5 foiz. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin